J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 3.38 Mb.
bet89/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Mahalliy yig‘imlarni to‘lovchilari kimlar?
2. Mahalliy yig‘imlar qaysi davlat organi tomonidan belgilanadi?
3. Mahalliy yig‘imlar stavkalari qaysi mezonlar asosida o‘rnatilgan?
4. Mahalliy yig‘imlar qaysi muddatlarda mahalliy byudjetga o‘tkaziladi?
5. Nima uchun mahalliy byudjetda mahalliy yig‘imlar salmog‘i past?
6. Respublikamizda mahalliy yig‘imlar salmog‘ini oshirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim?


Topshiriqlar
1. Mahalliy yig‘imlar to‘lovchilar tarkibini o‘rganib chiqish.
2. Respublikamizda mahalliy yig‘imlar salmog‘ini oshirish borasida takliflar ishlab chiqish.

12-bob. DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARIGA MAJBURIY TO‘LOVLAR




Reja
12.1. Yagona ijtimoiy to‘lov (Ijtimoiy soliq).
12.2. Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar

Tayanch so‘z va iboralar


Yuridik shaxs, yagona ijtimoiy to‘lov, ijtimoiy soliq, Yo‘l jamg‘armasi, ajratma.


12.1. Yagona ijtimoiy to‘lov (Ijtimoiy soliq)


2020 yilgacha yagona ijtimoiy to‘lov har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilar edi. 2020 yildan boshlab soliq amaliyotida u soliqqa tenglashtirildi va ijtimoiy soliq deb ataldi.


Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish obyektidir.
Ijtimoiy soliqni soliq to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;

  • O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;

  • ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.

Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:

  • ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast etganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;

  • paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar.

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning O‘zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq to‘lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar bo‘yicha soliqni to‘lash majburiyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Soliq hisoboti soliq hisobida turilgan joydagi soliq organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yil yakunlari bo‘yicha soliqning hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etiladi.
Soliqni to‘lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
12.1-jadval

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling