J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 3.38 Mb.
bet92/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Ijtimoiy soliq to‘lovchilari bo‘lib kimlar hisoblanishadi?
2. Ijtimoiy soliq mablag‘lari qanday tartibda jamg‘armalarga taqsimlanadi?
3. Ijtimoiy soliq obyekti va bazasi qanday aniqlanadi?
4. Ijtimoiy soliqdan qanday chegirmalar nazarda tutilgan?
5. Ijtimoiy soliq qanday tartibda hisoblab chiqariladi?
6. Mikrofirma va kichik korxonalar ijtimoiy soliqni qaysi muddatda to‘lashadi?
7. Respublika Yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarning to‘lovchilari bo‘lib kimlar hisoblanadi?
8. Respublika Yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarning obyekti va bazasi qanday topiladi?


Topshiriqlar
1. Respublika Yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar tashkil topish manbalarini o‘rganib chiqish.
2. Ijtimoiy soliqni to‘lash tartibini o‘rganish.

13-bob. ELEKTRON HISOBOT VA UNI JO‘NATISh TARTIBI




Reja
13.1. Hisobotlarni elektron ko‘rinishda topshirishning zarurligi, joriy etilishi va me’yoriy-huquqiy asoslari. Elektron raqamli imzo
13.2. “Soliq to‘lovchilarga interaktiv xizmatlar” tizimi (“Shaxsiy kabinet”)ga kirish paytida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar oynasi
13.3. Hisobotning o‘z vaqtida topshirilganligi va soliq inspektori tomonidan imzolanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olish tartibi


Tayanch so‘z va iboralar
Soliq to‘lovchi, soliq hisoboti, moliyaviy hisobot, elektron raqamli imzo, shaxsiy kabinet.


13.1. Hisobotlarni elektron ko‘rinishda topshirishning zarurligi, joriy etilishi va me’yoriy-huquqiy asoslari. Elektron raqamli imzo


Bugungi kunda respublika Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini boshqarish ishlarini muvofiqlashtirishda soliq obyektlari va soliq to‘lovchi subyektlarni to‘liq ro‘yxatga olish, barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar hisob-kitobini haqqoniy ma’lumotlar asosida yuritilishini ta’minlash, soliq to‘lovi jarayonlarini soddalashtirish, soliq qonunchiligining buzilishini oldini olish xamda soliq va tushumlarning yig‘uvchanligini oshirish asosiy masalalardan biri bo‘lib, bu o‘z navbatida sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va uni boshqarishni to‘g‘ri tashkil etish, shu asosda soliq yukini aniqlashning ilmiy asoslangan va har tomonlama samarali bo‘lgan usullarini ishlab chiqish hamda davlat soliq idoralari tomonidan o‘rnatilgan nazorat ishlari­ni imkon qadar mukammallashtirishni talab qiladi.
Hukumatimiz tomonidan sohani har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari ma’lumotlarni ishlash yagona kompyuter tizimini yaratish tugrisida»gi 388-sonli qarori bilan soliq xizmati organlarini kompyuterlashtirish vazifasi belgilangan bo‘lsa, 1995 yil 14 sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va xodimlarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 359-sonli qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi tasarrufida «Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi» tashkil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri soliq xizmati organlari uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va ma’lumotlarga ishlov beradigan yagona kompyuter tizimini yaratishdan iborat ekanligi belgilab berildi.
Soliq xizmati organlarida keyingi o‘n yillik davrda soliq to‘lovchi jismoniy va yuridik shaxslarni soliq idoralarida ro‘yxatga olish, hisobini yuritish va ma’lumotlarga avtomat ishlov beradigan yagona axborot - hisobga olish tizimi yaratildi. Tizimni samarali ishlashini ta’minlash maksadida soliq to‘lovlarini banklardan avtomat ravishda olish va ularni soliq to‘lovchining shaxsiy hisob varaqalarida yuritilishini ta’minlash bo‘yicha banklar bilan va chet ellardan tijorat maqsadida tovar moddiy boyliklarini olib keluvchi tadbirkor subyektlar to‘g‘risida ma’lumot olish bo‘yicha Davlat bojxona qo‘mitasi bilan ma’lumot ayriboshlash yo‘lga qo‘yilgan.
Soliq idoralarida har bir soliq to‘lovchi uchun elektron hisob varaqalari ochilib, unda soliq to‘lovchilar tug‘risida ma’lumotlar jamlanib, ular asosida ma’lumotlar bazasi tashkil etilgan.
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini joriy etish va uni yanada takomillashtirish maksadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi «Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida»gi va Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 26 sentabrdagi «Elektron rakamli imzodan foydalanish sohasida normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 215-sonli qarorlar qabul qilindi.
Bugungi kunda soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi yuridik shaxslardan moliya va soliq hisobotlarni Internet tarmog‘i orqali qabul qilish tizimi ishga tushirildi. Tizimning ishlash printsipi sodda yaratilgan bo‘lib, hisobotlarni elektron shaklda topshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan elektron rakamli imzo­dan foydalaniladi.
Tizimda soliq organlariga taqdim etiladigan soliq va moliya hisobotlariga qo‘yilgan elektron rakamli imzoning maxsus dasturiy ta’minot yordamida haqqoniyligi tekshirib ko‘riladi va tasdig‘ini topgandan so‘ng ma’lumotlar subyektlarning shaxsiy hisob varaqalariga kiritiladi, aks holda hisobotlar qabul kilinmaydi va korxonaga bu haqda ma’lumot yuboriladi.
Ushbu tizimning ishga tushirilishi:

  • soliq ma’murchiligi tizimini takomillashtirish, soddalashtirish va shunigdek barqarorligini ta’minlash;

  • soliq konunchiligining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uni oldini olish va nazorat o‘rnatish;

  • tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliya va soliq hisobotlarini hisob- kitob qilishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatoliklarni oldini olish;

  • hisobot shakllarini harid qilish xarajatlarini, soliq inspektsiyasiga kelish-ketish va navbat kutish uchun ketadigan vaqtni iqtisod qilish;

  • taqdim etiladigan soliq va moliya hisobotlarini avtomat tarzda tahlil etib, ularning shaxsiy hisob varaqalariga o‘tkazish;

  • tadbirkorlik subyektlariga sifatli xizmat ko‘rsatish va soliq xizmati organlari xodimlarining ishini engillashtirish va boshqa shu kabi masalalarni hal etishda ijobiy natija beradi.

Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq va moliyaviy hisobotlarni elektron shaklda topshirish uchun yaratilgan dasturiy maxsulni Internet tarmogidan www.soliq.uz saytiga kirib, ko‘chirib olish imkoniyati yaratilgan. Agar soliq konunchiligi yoki amaldagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsa, unga mos holda dasturiy mahsulot yordamida topshiriladigan hisobot shakllariga xam kerakli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, navbatdagi raqamlangan yangi varianti ishlab chiqiladi. Ushbu sayt orqali dasturiy mahsulotning yangilangan variantini hech bir qiyinchiliksiz yangilash imkoni yaratilgan.
Yuqorida qayd etilgan jarayonlarning aniq mohiyatini tushunish uchun bir necha yangi tushunchalarni kiritildi.
Elektron raqamli imzo (ERI) - elektron ma’lumotning aslligini aniqlash maqsadida ma’lumot bilan birga qabul qilinadigan, elektron vositalar orqali yaratilgan o‘ziga xos identifikator, boshqacha kilib aytganda subyekt to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni kriptografiya usullaridan foydalanib kodlashtirish.
ERI quyidagi masalalarni hal qilishda yordam beradi:

  • Ma’lumotning muallifini aniqlash (identifikatsiya);

  • Ma’lumotning aslligini aniqlash (autentifikatsiya);

  • Uzatilgan ma’lumotning yaxlitligini ta’minlash.

Bulardan tashqari, ERI quyidagilar xaqida guvohlik berishi shart:

  • Imzo faqat olgan shaxs tomonidan qo‘yilishi mumkin;

  • Faqat shu hujjat imzolangan, boshqa hujjat bo‘lishi mumkin emas;

  • hujjatni imzolagan shaxs, imzolagani xaqidagi faktni bekor qila olmaydi.

Tizimdan foydalanishning yana bir qulayligi shundan iboratki, u soliq xizmati organlarida ishlaydigan xodimlar ishini engillashtirish va soliq to‘lovchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish bilan birga soliq to‘lovchi subyektlardan qabul qilib olingan ma’lumotlar asosida ularning moliyaviy holatini baholash va o‘z navbatida soliq organlari tashkiliy strukturasini va ishlash mexanizimini takomillashuviga olib keladi.
Bu o‘ziga xos murakkab jarayon hisoblanib, uning ijobiy hal qilinishi to‘rtta printsipga asoslanadi:

  • unikal ma’lumotlar bazasini yaratish va unga asoslangan axborot-kommunikatsiya tizimini boshqarish;

  • texnika va texnologiya ta’minoti;

  • dasturiy ta’minot;

  • malakali kadrlarni tayyorlash.

Bugungi kunda soliqlarni hisoblash, yig‘ish va ularni tahlil qilishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish texnologiyalarini va shu bilan birga, soliq to‘lovchilar bilan davlat soliq xizmati organlari o‘rtasida soliq majburiyatlari bo‘yicha o‘zaro munosabatlar jarayonini yanada takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdeq DSQ bilan boshqa aloqador davlat idoralari o‘rtasida soliq to‘lovchi subyektlar ma’lumotlari bo‘yicha elektron hujjat aylanishini yo‘lga qo‘yish va shu asosda soliq obyektlari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlar to‘plash bo‘yicha bir necha loyihalar ishlab chiqilib, ularni tizimga tadbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Quyida uning ustunliklarini ko‘ramiz: 
1. Soliq va moliyaviy hisobotni elektron ko‘rinishda shakllantirish hisob-kitoblarni tezkor tuzatish va aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, buxgalterlar uchun soliq inspektsiyalarida navbatda turib, vaqt yo‘qotishlarning oldini olish hamda soliq hisobotini topshirish muddatining oxirgi kun soat 24 gacha uzaytirilgani, shubhasiz, katta afzallik hisoblanadi.
2. Elektron ko‘rinishdagi soliq va moliyaviy hisobotni qabul qilish va qayta ishlash ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar shaxsiy kartochkalariga avtomatik tarzda kiritish imkonini beradi, natijada ma’lumotlarni qo‘lda kiritish vaqtidagi xato qilish ehtimoli oldi olinadi.
3. Soliq to‘lovchilarning byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan o‘zaro hisob-kitoblardagi xabardorligi oshadi.
4. Soliq va moliyaviy hisobot shakllarining dolzarbligi ta’minlanadi, chunki tasdiqlangan shakllar o‘zgartirilgan taqdirda, elektron shakllar darhol yangilanadi.
5. Mazkur tizimda elektron raqamli imzo va shifrlash kabi sertifikatlashtirilgan kriptografik vositalardan foydalanish axborotning muhofaza qilinishi va maxfiyligini ta’minlaydi.
Ular elektron ko‘rinishdagi soliq va moliyaviy hisobotni qog‘ozda nusxasini chiqarmasdan turib jo‘natishlari, byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar haqida axborot – solishtirma dalolatnomani olishlari, Elektron raqamli imzolar ro‘yxatida o‘zlarining elektron raqamli imzolari faolligini kuzatishlari mumkin. Eng ko‘p talab qilinayotgan katta xizmatlardan biri – xo‘jalik yurituvchi subyektlar tekshirishlari reja-jadvalidan ko‘chirma olish hisoblanadi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling