J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 3.38 Mb.
bet95/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Hisobotlarni elektron ko‘rinishda topshirishning zarurligini qanday asoslash mumkin?
2. Elektron raqamli imzo nima va u qanday ishlaydi?
3. “Soliq to‘lovchilarga interaktiv xizmatlar” tizimi (“Shaxsiy kabinet”)ga kirish qanday amalga oshiriladi?
4. Hisobotning o‘z vaqtida topshirilganligi va soliq inspektori tomonidan imzolanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qanday olish mumkin?
5. Hisobotlarni elektron ko‘rinishda topshirishning me’yoriy-huquqiy asoslari nimalardan iborat?
6. my.soliq.uz sayti orqali qanday interaktiv xizmatlar amalga oshiriladi?
7. Jismoniy va yuridik shaxslar elektron raqamli imzo orqali qanday qulayliklarga ega bo‘ladi?


Topshiriqlar
1. Biror korxona misolida elektron raqamli imzo orqali soliq hisobotlarini jo‘natish tartibini o‘rganib chiqish.
2. Hisobotning o‘z vaqtida topshirilganligi va soliq inspektori tomonidan imzolanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olish tartibini o‘rganish.


GLOSSARIY


Avtomobil vositalarini sotib olish solig‘i - ularni sotib oluvchi, almashtiruvchi,lizingga oluvchi va ustav fondiga badal sifatida kirituvchi yuridik shaxslar va alohida tadbirkorlar tomonidan tulanadi. Soliqni hisoblash sotish bahosi (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlar chegirilgan)asosida amalga oshiriladi. Engil avtomobillarni shaxsiy foydalanish maqsadida sotib oluvchi fuqarolar bu soliqni tulashdan ozod qilinadi.
Avtomobil yullari foydalanuvchilaridan olinadigan soliq - korxona va tadbirkorlikning mahsulot (ish,xizmat)ni sotishdan olgan tushumlari hisobidan tulanadi. Soliqqa tortiladigan baza (asos)dan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar va boshqa soliqlarning summasi chegiriladi. Umumiy foydalanishga muljallangan, yullarni saqlashga xizmat qiladigan ixtisoslashtirilgan yul korxonalari bu to‘lovni tulashdan ozod qilinadi.
Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlikni taxlil qilish - uning umumiy summasi va turlari bo‘yicha haqiqiy miqdorini belgilangan me’yorlar bilan takkoslashdan boshlanadi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling