J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish


Download 3.38 Mb.
bet103/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish - ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) joyidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish;
Kasb solig‘i (kasbiy soliq) - mahalliy hokimiyat organlari tomonilan tadbirkorlik faoliyatining barcha turlaridan har yili olinadigan to‘g‘ri (bevosita) soliqlardan biri. Masalan, Frantsiyada kasb solig‘i (kasbiy soliq)ning stavkasini hisoblashda baza sifatida ko‘chmas mulk ijarasining qiymati, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan barcha asbob-uskunalarning qiymati (subyektning o‘z mulkimi yoki ijaraga olganma va bundan qat’iy nazar), ish haqi fondining qiymati va boshqalar xizmat qiladi.
Kvotativ soliqlar - daromad yoki mulk qiymatining puldagi ifodasiga nisbatan urnatiladigan va sung ma’muriy birliklardan tortib to alohida soliq to‘lovchilar urtasida taqsimlanadigan soliqlar.
Korporatsiyalarning daromadidan olinadigan soliq - daromad solig‘i va foyda solig‘ining (ayrim mamlakatlarda) urniga barcha kompaniyalarning foydasidan olinadigan qat’iy foiz. Barcha korporativ organ va nokorporativ assotsiatsiyalarga summalaridan ham soliq olishni takozo etadi.
Korxonaning aylanma mablag‘lari - uning aylanma fondlarda, muomala fondlarida va boshqa harakatdagi aktivlarda turgan pul mablag‘laridir.
Korxonaning rentabelligi nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib - korxona faoliyati samaradorlik darajasini ifodalaydi.
Kredit tashkilotlari - tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari;
Kreditorlik va debitorlik karzlari nisbatining koeffitsienti - kreditorlik karzining debitorlik karzidagi ulushini ko‘rsatadi
Kurs bo‘yicha farq - milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining o‘zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq;

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling