J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet105/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Maxsus boj poshlinalari - boj poshlinalarining kurinishlaridan biri bo‘lib, agar mamlakatga olib kirilaetgan tovarlar shunga uxshash tovarlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatning o‘zidagilarga zarar etkazadigan bo‘lsa, himoya vositasi bo‘lib xizmat kaladi. Boshqa mamlakatlarning diskriminatsion harakatlariga nisbatan javob tarikasida ham qo‘llanishi mumkin.
Mahsulot sotishdan olingan foyda yalpi foyda - bu sotishdan olingan sof tushumdan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini olish bilan aniqlanadi.
Moliyaviy barqaror korxona - aktivlar (asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar, aylanma mablag‘lar)ga quyilgan mablag‘larni o‘z mablag‘lari hisobiga koplaydigan, nourin debitorlik karzlariga yul kuymaydigan hamda o‘z majburiyatlariga o‘z vaqtida tulaydigan karxona.
Moliyaviy barqarorlik - o‘z va qarz mablag‘lari nisbati bilan aniqlanadi.
Moliyaviy qaramlik koeffitsienti - moliyaviy karamlik va moliyaviy kiyinchiliklar xavfining ko‘payishi yoki kamayishini ko‘rsatadi.
Moliyaviy faoliyatda pul okimlari harakati - xususiy kapital va majburiyatlar moddalarini kiritib, aksionerlardan moliyalashtirishni olish va ular tomonidan quyilgan investitsiyalarni kaytarib olish va kreditorlardan karz olish va keyinchalik majburiyatlarni koplashdan iborat.
Mol-mulk - egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish predmetlari bo‘la oladigan moddiy obyektlar, shu jumladan pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar hamda nomoddiy obyektlar. Ob’ektlarni mol-mulk jumlasiga kiritish fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Muddati o‘tgan debitorlik karzi koeffitsienti - debitorlik karzida uning muddati o‘tgan qismi kanday ulushga egaligini ko‘rsatadi.
Mulk solig‘i (mulkiy soliq) - o‘z takibiga ko‘chmas mulk (er, binolar) solig‘ini va shaxsiy mulk (asbob uskunalar, zaxiralar) solig‘int oladi. Mahalliy hokimiyat organlari foydasiga hisoblanib, ko‘pgina mamlakatlarda ular daromadlarning asosiy banbai hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda bu soliq yuridik shaxslarning mol-mulkiga va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarga bo‘lgan.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling