J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Regressiv soliqqa tortish


Download 3.38 Mb.
bet108/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Regressiv soliqqa tortish - soliq asosi (bazasi) ning usib borishi bilan soliq stavkasining pasayishini takoza etadi. Soliq undirish ogirligi daromadga teskari proportsionaldir: daromad kancha kam bo‘lsa, soliq to‘lovchi uchun soliqning ogirligi shuncha ogirdir. Hozirgi paytda qo‘shilgan qiymat solig‘ining joriy etilishi bilan egri (bilvosita) soliqlarning regressivligi kuchayib bormoqda.
Rezidentlar - kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo‘lmagan muddatda yashagan, O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va bo‘lmagan soliq to‘lovchilardan iborat. Shu mamlakat rezidentlarining daromadlari (shu mamlakat hududida va undan tashkarida olinganlari ham) shu mamlakatda soliqqa tortilishi shart.
Rentabellik - foyda olish darajasi, sarflangan xarajat yoki kapital hisobiga to‘g‘ri keladigan foyda hajmini belgilaydi.
Royalti - quyidagilar uchun har qanday turdagi to‘lovlar: a) fan, adabiyot va san’at asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, audiovizual asarlardan hamda turdosh huquqlar obyektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik uchun; b) sanoat mulki obyektiga, savdo markasiga, dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy formula yoki jarayonga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi patentdan (guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborotdan (nou-xaudan) foydalanganlik uchun.
Savdo faoliyati - qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir faoliyat.
Sarmoya quyilmalari - xo‘jalik yoki pudrat usulida amalga oshirilayotgan tugallanmagan qurilish qiymati, shuningdek, asosiy podani tashkil etish, geologiya-kidiruv ishlariga sarflar vakorxonalarga bunak.
Sarmoyani immobilizatsiyalash koeffitsienti - xo‘jalik mablag‘lari umumiy summasida debitorlik karzining ulushini ko‘rsatadi.
Soliq asosi (bazasi) - umumiy holda belgilangan soliqqa tortish davri mobaynida ma’lum hududdagi soliq to‘lovchilar va soliqqa tortish obyektlarining yigindisi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling