J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Proportsional soliqqa tortish


Download 3.38 Mb.
bet107/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Proportsional soliqqa tortish - soliqning stavkasi soliq to‘lovchi daromadlarning hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda uning daromaliga nisbatanfoizda urnatiladi.
Pul mablag‘lari - kassadagi, valyuta mablag‘lar, kiska muddatli quyilmalar, kayta sotib olingan o‘z aksiyalari.
Pul okimi taxlilining asosiy vazifasi - moliyaviy ma’lumotlarni chukur urganish asosida imkoniyatlardan foydalanish darajasiga iqtisodiy tashxis quyishdan iboratdir.
Pulli kapital daromadlaridan olinadigan soliq - dividentlar, aksiyalarning foizlari, bankdagi omonatlar bo‘yicha foizlar,zayomlar bo‘yicha yutuklar va boshqa shunga uxshash bir necha daromadlardan olinadi. Avstriya, Kanada, Ispaniya, Frantsiya kabi mamlakatlarda amal qiladi. Pulli kapitalning egasiga daromad berilayotgan paytda soliq ushlab kolinadi. Soliqning stavkasi 20% dan 40% gachatebranadi.
Real soliq - soliq to‘lovchilarining ayrim mulklarini soliqqa tortiladigan to‘g‘ri soliqlardan iboratdir.
Realizatsiya qilish - sotish, ayirboshlash, beg‘araz berish maqsadida tovarlarni jo‘natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek garovga qo‘yilgan tovarlarga bo‘lgan mulk huquqini garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish. Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo‘natilganligini (topshirilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi kvitantsiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlardir;
Regressiv soliq - soliqqa tortiladigan daromadning oshishi bilan soliq stavkasining pasayishi xarakterlidir. Bunday soliqlar toifasiga, xususan, egri (bilvosita) soliqlarni kiritish mumkin. Regressiv soliqlarning yuki (ogirligi) boylarga nisbatan kambagal katlamlar uchun ogirrok deb sanaladi. Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini tulash uchun kambagallar boylarga nisbatuz daromadlarining ko‘proq qismini (hissasini) sarflaydilar. Proportsional soliq ham regressiv bulishi mumkin.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling