J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallar


Download 3.38 Mb.
bet104/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallar - buyurtmachiga tegishli xomashyo va materiallar bo‘lib, buyurtmachi ularni mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa shaxsga sanoat asosida qayta ishlashga beradi hamda tuzilgan shartnomaga muvofiq mahsulot keyinchalik buyurtmachiga qaytariladi;
Qo‘shilgan qiymat solig‘i - ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining barcha boskichlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymat bir qismining byudjetga olish shakli. Tovarlar va xizmatlardan olinadigan egri (bilvosita) soliqlarning tarkibiga kiradi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya va import qilish oboroti qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan obyekt hisoblanadi.
Litsenziya - u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo‘jalik ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, tovarlarning ma’lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilish, olib chiqish yoki o‘tkazish ketishga davlat yoki maxalliya boshqaruv organlarining rasmiy ruxsati (roziligi). Savdo qilish huquqi yoki lotareya va maxallii auktsionlarni o‘tkazish uchun liztsenziya uch nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa ijarachiga (o‘tkazuvchiga, shug‘ullanuvchiga) beriladi, ikkinchisi tuman soliq inspektsiyasiga yullanadi, uchinchi nusxa esa tegishli qaror, xat va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda tuman yoki shahar ma’muriyatining ish jildida saklanadi. Litsenziya olish uchun murojaat etayotgan jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanliklari to‘g‘risida guvohnomaga ega bulishlari shart.
Maqsadli soliq imtiyozi - xo‘jalik yurituvchi sube’kt tomonidan davlatninng maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, nivestitsion va boshqa dasturlarning bajarilganligi uchun soliqqa tortish hajmining pasayrilishi. Investitsion soliq kreditidan farkli ravishda uzaro manfaatdorlik (uzaro foidalilik) asosida mintakavii byudjetga borib tushuvchi soliq summalari doirasida ijroya hokimiyati organlari tomonidan har kanday korxonaga berilishi mumkin.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar - mahalliy byudjetga olinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy to‘lovlari. Ularning tarkibiga quyidagilarni kiradi: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq, savdo-sotik qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotransport tuxtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im, obodonchilik ishlari uchun yig‘im va boshqalar.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling