J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar


Download 3.38 Mb.
bet100/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar - daromad solig‘i, fuqarolarning mulkidan olinadigan soliqlar (transport vositalarisolig‘i, mol-mulk solig‘i, uy-joy solig‘i, meros tariqasida utadigan mulkdan olinadigan soliq), tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismonii shaxslardan olinadigan kayd etish yig‘imi, boshqa soliq, yig‘im va to‘lovlardan iborat.
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq - umumdavlat soliqlarining tarkibiga kirib, byudjet daromadlarining muxim manbalaridan biri hisoblanadi. Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismonii shaxslar bu soliqning to‘lovchilari hisoblanadi. Soliq progressiv xarakterga ega.
Jon solig‘i - har bir soliq to‘lovchidan teng summalarda olinadigan soliq.
Jorijiy valyuta operatsiyalaridan olinadigan soliq - rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarkalgan soliq turi. Xorijiy valyuta bilan bo‘ladigan har kanday operatsiyadan olinadi. Soliqning stavkasi bitim qiymatining 1% dan 25% gachasini tashkil etishi mumkin. Masalan, Keniyada - 1%, Braziliyada -25%.
Zaxiralar va sarflar - ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, kayta sotiladigan tovarlar, bulajak davrlar harakatlari.
Ijara (lizing) to‘lovi - ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to‘laydigan summa;
Ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi - buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to‘lovi summasi bilan ijara (lizing) obyektining qiymatini qoplash summasi o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi ijara (lizing) to‘lovining bir qismi;
Ijtimoiy soliqlar - ish haqi va ishchi kuchiga nisbatan qo‘llaniladigan soliqlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ijtimoiy ta’minotga badallaridan (ajratmalaridan) iborat.
Yig‘imlar - qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibla va shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi byudjetlarga yoki byudjetdan tashkari fondlarga o‘tkaziladigan majburiy badallar. Ularning tarkibiga savdo-sotik qilish uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlarib yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotransport tuxtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im, obodonchilik ishlari uchun yig‘im va boshqalar kiradi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling