J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi


Download 3.38 Mb.
bet96/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi - ularning aylanish tezligi, daromadliligi va rentabelligi bilan, ya’ni aylanma mablag‘larning 1 sumiga to‘g‘ri keladigan foyda miqdori bilan belgilanadi.
Aylanma mablag‘larni immobilizatsiyalash koeffitsienti - debitorlik karzining aylanma mablag‘lardagi ulushini ko‘rsatadi.
Aylanma mablag‘larning kunlarda ifodalangan aylanish tezligi - aylanma mablag‘lar o‘rtacha yillik summasining bir kunlik sotilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Aktsizlar - keng iste’mol tovarlari va xizmatlardan olinadigan egri soliqlarning turi. Aktsiz tulanadigan tovarlar ishlalb chiqarayotgan yoki bunday tovarlarni import kilaetgan yuridik va jismoniy shaxslar byudjetga aksiz solig‘ini tulaydi. Aktsiz tulanadigan tovarlar ro‘yxati va aksiz solig‘i stavkaslari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklanadi. Bunday tovarlar jumlasiga aroq, liker-aroq mahsulotlari, konyak, shampan vinosi, pivo, tamaki mahsulotlari, engil avtomobillari, zebi-ziynat buyumlari, neft mahsulotlari va shu kabilar kiradi.
Aktsizosti tovarlar - aksizlar o‘rnatilgan (belgilangan) tovarlar.
Asosiy vositalar -bu uzoq vaqt mobaynida (bir yildan ortiq) o‘zgarmas shaklda ishlaydigan, qiymati birlik uchun belgilangan chegaradan yuqori, o‘z qiymatini qismlab yo‘qotadigan moddiy-ashyoviy boylikdir.
Asosiy ish joyi - ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart bo‘lgan ish joyi;
Asosiy faoliyat turi - yuridik shaxsning umumiy realizatsiya qilish hajmidagi tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati;
Asosiy faoliyatidan olingan foyda - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plyus, asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlaryoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi.
Balans likvidligi - korxonaning boshqa korxona va tashkilotlar bilan iqtisodiy alokalar darajasini ko‘rsatadi. Kurinib turibdiki, balans likvidligi moliyaviy mustaxkamlik singari, korxonalar moliyaviy holatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Balans - lotincha "bis"-ikki marta, "banh"-tarozi pallasi suzlaridan tarkib topgan bo‘lib, tom ma’noda ikki pala degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling