J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Davlat soliq inspektsiyalarining vazifalari va


Download 3.38 Mb.
bet98/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Davlat soliq inspektsiyalarining vazifalari va funksiyalari - 1) soliq to‘lovchilarning (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ham kushib hisoblanganda) to‘liq hisobga olinishini ta’minlash; 2) soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya hisoboti va balanslarini, soliq hisob- kitoblarni, hisobotlarni, deklaratsiyalar va to‘lovlarni hisoblash va tulash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish, shuningdek foyda, daromad, soliqqa tortishning boshqa obyektlarini to‘g‘ri aniqlanganligi va hisoblanganligini bo‘yicha bu hujjatlarning to‘g‘riligini tekshirish.
Daromad solig‘i bo‘yicha jarimalar - ushbu soliq tulanmaganda, to‘liq to‘lanmaganda yoki tulash tartibi buzilganda (rioya qilinmaganda), pulni undirish, moddiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkor sifatida kayddan o‘tgan jismoniy shaxslardan soliq o‘z vaqtida tegishli byudjetga o‘tkazilmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lov muddatidan keyingi kundan boshlab to‘langan kungacha (bu kun ham kushiladi) 0,7% miqdorida penya undiriladi.
Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya - o‘tgan davr mobaynida olingan daromadlar, mulklar va ularga tegishli bo‘lgan soliq chegirmalari hamda imtiyozlari to‘g‘risida soliq to‘lovchining rasmiy arizasi. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda asosiy moliyaviy hujjat bo‘lib,ulardan olinadigan daromad solig‘ining hajmini aniqlash uchun fuqarolarning daromadlari unda kayd etiladi.
Daromadlardan olinadigan soliq - foyda solig‘idan tashqari aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa kimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha (davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha olingan daromadlardan tashkari) olingan dividendlar va foizlardan, kazinolar, videosalonlarning daromadlaridan, o‘yin avtomatlarining daromadlaridan, ommaviy kontsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan olingan daromadlardan korxona va tashkilotlar tomonidan tulanadi.
Debitorlar - xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar, bunak to‘lovlari, xodimlar bilan hisob-kitoblar, shu’ba korxonalar bilan hisob-kitoblar, uyushgan korxonalar bilan hisob-kitoblar, ta’sischilar va boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling