J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Soliq ogirligi (yuki, «zulmi»)


Download 3.38 Mb.
bet110/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Soliq ogirligi (yuki, «zulmi») - davlat va jamiyat hayotida soliqlarning rolini xarakterlab (ko‘rsatib) beradigan eng umumlashgan ko‘rsatgich. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi va daromadlarda soliq ajratmalarining salmogini (hissasini) ko‘rsatuvchi, bozor iqtisodiyoti-ning amalga oshirilayotgan modelidan kelib chiqadigan ulcham. Soliq yig‘imlarining jami milliy mahsulotga nisbati bilan aniqlanadi.
Soliq organlari - soliq qonunchiligiga rioya qilish, mamlakatning qonunlariga muvofiq belgilangan (urnatilgan) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, ularning tulik va o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazalishi ustidan nazoratni ta’minlovchi yagona mustaqil markazlashtirilgan tizim.
Soliq organlarining majburiyatlari - soliq organlari av ularning xodimlari mamlakat Konstitutsiyasiga, korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilinadigan uningt boshqa qonunlariga qat’iy rioya qilishlari, tijoriy sirni va boshqa sirli ma’lumotlarni saqlashlari lozim.
Soliq politsiyasi - huquqni muxofaza qiluvchi organ. Uning vazifalariga quyidagilar kiradi: soliq jinoyatlari va huquq-buzarliklarining kelib chiqishini oldini olish, ogoxlantirish va aniqlash (bir vaqtning o‘zida soliq politsiyasi organlari aniqlangan boshqa iqtisodiy jinoyatlar to‘g‘risida huquqni muxofaza qiluvchi tegishli organlarga ma’lumot berishlari shart); davlat soliq qo‘mitasi faoliyatining xavfsizligini ta’minlash, uning xodimlarini xizmat burchlarini bajarishdagi huquqka qarshi harakatlardan himoya qilish; soliq organlaridagi korruptsiyani oldini olish, ogoxlantirish va aniqlash.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi - soliq solishning ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi;
Soliq stavkasi - soliqqa tortish birligiga to‘g‘ri keluvchi soliqning hajmi (miqdori, darajasi). Qat’iy soliq stavkalari daromadlarga bogik bo‘lmagan holda soliqqa tortish birliga nisbatan absolyut summalarida urnatiladi. Proportsional stavkalar daromadning hajmiga (miqdoriga) bog‘liq bo‘lmagan holda unga nisbatan bir xil foizlarda belgilanadi. Progressiv soliq stavkalari soliqqa tortiladigan daromad hajmining ortishi bilan oshib boradi. Regresiv soliq stavkalari esa, aksincha, daromadning ortib borishi bilan pasayadi.
Soliq tizimi - mamlakat doirasida (hududda) to‘lovlardan (yuridik va jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari yigindisi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling