J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Soliq tulagungacha olingan foyda


Download 3.38 Mb.
bet111/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Soliq tulagungacha olingan foyda - bu umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda, plyus favqulotda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilarini hisobga olish (qaytadan o‘tkazish) - soliq to‘lovchilar majburiy ravishda (tartibda) Davlat qo‘mitasining organlari hisobdan (kaytdan) o‘tishi shart. Bunda bank va boshqa kredit tashkilotlari soliq to‘lovchilar tomonidan ularning soliq organlari hisobdan (kaytdan) o‘tganliginitasdiklovchi ma’lumotnomani takdim etganlaridan sungina ularga hisob - kitob va boshqa xiosb varaklarini ochishda ham besh kunlik muddat ichida ularga (soliq to‘lovchilarga) xabar berishi kerak.
Soliq tushumlari - Moliya vazirligi tomonidan tasdiklangan byudjet daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlar qismidagi har bir soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga muljallangan kiem, band, kod va moddaga muvofiq vakolatli banklarning hisob- kitob schyotiga yoziladigan, hisoblangan va haqiqatda kelib tushgan soliq badallari (to‘lovlari) va moliyaviy sanktsiyalar.
Soliq hisob - kitoblari - yuridik shaxslar tomonidan qonunda ko‘zda tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti bilan birgalikda soliq organlariga takdim etilib, o‘zida ma’lum hisobot davri mobainida tulanishi lozim bo‘lgan hisoblangan to‘lovlar summasini aks ettiradi. Soliq summalarini hisoblash tartibi soliq qonunchiligiga kura har bir soliq turi bo‘yicha alohida- alohida belgilangan.
Soliq yurisdiktsiyasi - davlat soliq organlarining huquqiy msalalarni va soliq huquqbuzarligi to‘g‘risidagi ishlarni xal qilish bo‘yicha qonunga binoan (yoki boshqa me’yoriy hujjatga kura) belgilangan vakolatlari yigindisi. Bu vakolatlar ikki mezon bo‘yicha aniqlanadi: 1)rezidentlik; 2) hududiylik. Bular, o‘z navbatida soliqqa tortiladigan daromadlarning tarkibini aniqlab beradi. Barcha mamlakatlarda bu mezonlarni qo‘llashda yagonalik bo‘lmaganligi uchun ikki marta soliqqa tortish muammosi vujudga keladi. Mezonlarni tanlash har bir mamlakatning milliy manfaatlari bilan bog‘liqdiryu Ayrim mamlakatlar amalietida bu mezonlar turli variantlarda kombinatsiya qilib qo‘llash keng tarkalgan. Masalan, AKSh va Buyuk Britaniyada asos sifatida rezidentlik mezoni olinsa-da, u mamlakatlarning aniq manfaatlariga bog‘liq ravishda hududiylik mezoni bilan tuldiradi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa soliq yurisdiktsiyasi afzallik bilan hududiylik mezonini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu tartib Frantsiya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlarning soliq amalietida ham muxim axamiyat kasb etadi.
Soliqlar - qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va fuqarolar (yuridik va jismoniy shaxslar)dan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy byudjetga olinadigan majburiy to‘lovlar.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling