J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Mahalliy yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartibi


Download 3.38 Mb.
bet87/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

11.2. Mahalliy yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartibi

Mahalliy yig‘imlarning turlari:



  • Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im.

  • Avtotransportni saqlash bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun yig‘im.

  • Patta to‘lovlari.

Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va avtotransportni saqlash bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun yig‘imning to‘lovchilari bo‘lib – O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu tovarlar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda chakana savdoni amalga oshiradigan va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Soliq obyekti - tovarlar va xizmatlarning qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxati tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish uchun yig‘imdir.
Ushbu yig‘im ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshirish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqini olish uchun to‘lanadi.
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi ruxsat guvohnomasi bilan tasdiqlanadi.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im yig‘im stavkalarining qonun hujjatlarida belgilangan oylik miqdori doirasida hisoblab chiqariladi.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning aniq stavkasi mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlari tomonidan belgilanadi va qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori stavkalardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.


11.3. Patta haqi to‘lovlari

Bozorlarning daromadlari tarkibi quyidagilardan tashkil topadi:






11.1-chizma. Bozorlarning daromadlari tarkibi

Patta to‘lovini bozorlarda tovarlar, buyumlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotishni amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar to‘laydi.


Patta to‘lovi har bir sotish joyidan savdo qilingan har bir kun uchun yoki har bir tovar, buyum, chorva mol uchun undiriladigan qat’iy belgilangan to‘lovdir.
Jismoniy shaxs bilan tuzilgan ijara shartnomasiga binoan savdo joyi uchun ijara haqi to‘lanadigan hollarda, patta to‘lovi summasi ijara haqi tarkibiga kiritiladi.
Patta to‘lovi har bir to‘lovchidan naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda, bir vaqtning o‘zida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining chekini yoki terminal chekini berish orqali undiriladi.
Patta to‘lovi miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Bozorlarning boshqa tushumlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) ijara to‘lovidan olingan daromadlar. Ijara to‘lovi bozor ma’muriyatining tasarrufida bo‘lgan binolar, inshootlar hamda boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi;
2) sotuvchilarga va sotib oluvchilarga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
3) bozor ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (dehqon bozorlari uchun). Bunda realizatsiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati o‘rtasidagi farq daromaddir;
4) qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling