J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Yevropa valuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanish bosqichlari
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Yevropa valuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanish bosqichlariYevropa valuta tizimi - bu mintaqaviy valuta tizimi bo'lib, Yevropa iqtisodiy integratsiyasi doirasida milliy valutalar harakati bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar majmuasini o'zida ifodalaydi. Yevropa valuta tizimi zamonaviy jahon valuta tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U uchta asosiy elementni o'z ichiga oladi: YKY (European currency unit) standarti. YKY - shart li jamoaviy valuta bo'lib, Yevropa ittifoqiga kiruvchi, Yevropa ning yetakchi mamlakatlarining 12 ta valutasiga asoslanadi. Har bir valutaning savatdagi og'irligi a'zo davlatning Yevropa ittifoqi YMMda va ittifoq ichidagi eksportdagi ulushiga bog'liq holda aniqlanadi. Birgalikda suzuvchi valuta kursi, mazkur kursni ±2,25% chegarada tebranishi belgilangan edi, 1993-yilda valuta muammo larining kuchayishi bilan bog'liq holda tebranish doirasi ±15% ga cha kengaytirildi (< Intervensiya va valuta kurslari mexanizmi. Yevropa valuta tizimida intervensiya, valutalar bilan bog liq hisob-kitoblar va to'lov balanslarining vaqtinchalik taqchilligini qoplash uchun mamlakatlar markaziy banklariga kreditlar berish orqali dav latlararo mintaqaviy valutani tartibga solish amalga oshiriladi. Yevropa valuta tizimini tartibga solish va YKYning emissi yasi 1994-yilgacha Yevropa valuta hamkorlik fondi tomonidan, 1994-yildan esa, Yevropa valuta instituti tomonidan amalga oshi rildi. 1989-yilda J. Delor (Yevropa ittifoqi komissiyasi raisi) tomoni dan ishlab chiqilgan iqtisodiy va valuta ittifoqini barpo etish das turi G'arbiy Yevropa integratsiyasi rivojidagi keskin burilish bos qichi bo'ldi. «Delor rejasi>> doirasida quyidagi maqsadlar ko'zda tutilgan edi: umumiy bozorni tashkil etish, bozor mexanizmini takomil lashtirish maqsadida raqobatni rag'batlantirish; qoloq hududlarni tarkibiy jihatdan birxillashtirish; inflyatsiyani jilovlash, narxlar darajasi va iqtisodiy o'sishni barqarorlashtirish, davlat budjeti kamomadini cheklash hamda ushbu kamomadni qoplash usullarini takomillashtirish maqsa dida budjet-soliq siyosatlarini muvofiqlashtirish; pul-kredit va valuta siyosatlarini muvofiqlashtirish uchun muayyan organni tashkil etish; yagona valuta siyosati, qat'iy belgilangan valuta kurslari va jamoaviy valuta - YKYni joriy etish. 1991-yildan Yevropa valuta tizimida «Delor rejasi» asosida valuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma-bosqich shakllantirishni na zarda tutuvchi Maastrix shartnomasi ishlab chiqildi va mazkur shartnoma doirasida I 999-yil 1-yanvardan yagona yevropa valu tasini joriy etishga mo'ljallangan islohotlar amalga oshirildi. Yevropa valuta tizimiga kirish uchun dastlabki qadamlarni tashlashga Germaniya, Fransiya va Belgiya tayyor bo'lib, ular ning imkoniyatlari yuqori baholandi. Birmuncha past salohiyat bilan Avstriya, lspaniya, Portugaliya, Italiya, Finlandiya, Ir landiya o'rin egalladi, Shveysariya va Daniya esa ularga ergash di. Valuta ittifoqiga Buyuk Britaniyaning qo'shilishi dolzarb masala bo'ldi. Yaluta ittifoqini shakllantirish va yagona valutani joriy etish bo'yicha reja ishlab chiqildi. Birinchi bosqich 1998-yildan Markaziy bankni (Frankfurt-na-Mayne) tashkil etishdan bosh landi. Yevropa Markaziy bankiga quyidagi funksiyalar birik tirildi: valuta operatsiyalarini samarali tashkil etish; yevrohududga a'zo bo'lgan davlatlarning maxsus almashi- nuv resurslarini saqlash; to'lov hisob-kitob tizimi ustidan nazorat olib borish; yevrohududda pul emissiyasini tashkil qilish. Yevrokengash < lnflyatsiya sur'ati Yevropa Ittifoqining uchta narxlar dara jasi eng barqaror mamlakatlarning o'rtacha inflyatsiya darajasi dan 1,5 foiz punktiga oshmasligi kerak; Davlat budjeti taqchilligi YaIMning 3%dan oshmasligi kerak; Davlat qarzi YIMning 60%dan oshmasligi lozim; Milliy valutaning almashinuv kursi ikki yil mobaynida Yevropa valuta tizimida amaldagi (±15%) tebranish chegarasidan chiqib ketmagan bo'lishi lozim. Shu tarzda, < <,yevrohudud>>ga kirmadi. Ikkinchi bosqich 1999-yil 1-yanvardan boshlandi. < Uchinchi bosqich 2002-yil 1-yanvardan boshlandi. Yagona namunada turli nominatsiyalarda yevro banknot va tangalarining muomalasi amalga oshirildi, ular a'zo-mamlakatlarning milliy valutalari bilan parallel muomalada bo'ldi hamda asta-sekinlik bilan milliy pul birliklarini almashtirish sodir bo'ldi. To'rtinchi bosqichda, 2002-yil 1-iyuldan ishtirokchi mam lakatlaming milliy valutalari butunlay o'zlarining pul funksiya sini yo'qotdi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling