J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
-bob. XALQARO VALUTA OPERATSIYALARI
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
6-bob. XALQARO VALUTA OPERATSIYALARIValuta kursi va uning turlari. Valuta operatsiyalarining mohiyati. Valuta siyosati. O'zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi. Valuta kursi va uning turlari Valuta kursi (exchange rate) bir mamlakat pul birligining ik kinchi bir mamlakat valutasiga nisbatan bahosi hisoblanadi. Valuta yoki ayirboshlash kursi ma'lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan bog'lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot hola tini tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqaro iqtisodiy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini beradi. Valuta kursi mam lakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi rejalari to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni o'zida mujassam eta di. lqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valuta kursi muhim ko'rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning iqtisodi yotga bevosita yoki bilvosita ta'sir etishi, valuta kursidagi keskin o'zgarishlar esa, milliy iqtisodiyotda inqirozli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, valuta kursining o'zgarishi mam lakatdagi umumiy talab hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar o'zarishiga, mamlakat ichidagi daromadlar taqsimotiga va iqti sodiyotning boshqa sohalariga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Milliy valuta kursini amaldagi zamonaviy talablar va qonun chilik me'yorlariga mos ravishda o'rnatish tartibi valuta kotirovkasi (currency quotation) deyiladi. Jahon amaliyotida 2 xil turli valuta kotirovkalaridan foydalaniladi. Xorijiy valuta birligining ma'lum miqdordagi milliy valutaga tenglashtirilishi to'g'ri kotirovka deyiladi. Masalan, O'zbekistonda 1 AQSH dollari (USD) 2200 so'm (UZS) etib belgilanishi (UZS/ USD), yoki AQSHda 1 yevro (EUR) ma'lum miqdordagi AQSH dollari(USD)ga tenglashtirilishi (USD/EUR) to'g'ri kotirovka hisoblanadi. To'g'ri kotirovka jahonning ko'p mamlakatlarida qo'llaniladi. Agar milliy valuta birligini ma'lum miqdordagi xorijiy valu taga tenglashtirilsa teskari kotirovka deyiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada 1 funt sterling (GBP) ma'lum miqdordagi AQSH dollari (USD)ga tenglashtirilishi (USD/GBP), teskari kotirovka hisoblanadi. Ma'lum bir davriy oraliqda, belgilangan tartibda aniqlan gan valuta kursining eng kichik ko'rsatkichlari o'rtasidagi farq < > deb yuritiladi. Masalan, 1 AQSH dollarining so'mga nisbatan kursi 2236,66 so'mdan 2243,49 so'mga ortsa, valuta kur si mazkur holat bo'yicha 683 punktga ortgan bo'ladi. To'g'ri va teskari kotirovkalar orasida quyidagi bog'liqlik mav jud: S(UZS/USD) = 1/S(USD/UZS) Turli anglashilmovchiliklarni sodir etmaslik uchun mavzuga tegishli keyingi holatlarni izohlashda to'g'ri kotirovkadan foy dalanamiz. Xalqaro hisob-kitoblarda kross-kurslardan keng foydalaniladi. Kross-kurs uchinchi valuta (USD) orqali ikki valuta (UZS, JPY, GBP) o'rtasidagi kursni aniqlashdir. Kross-kurslar ikki xii usulda aniqlanadi. Bunda bazaviy valuta (USD va h.k.) va kotirovka qilinayotgan valutalar (UZS, JPY, GBP va h.k.)dan foydalaniladi. Ya'ni valuta kursidagi 1 birlikka teng valuta bazaviy, boshqa ma'lum qiymatga teng valuta esa, kotirovka qilinayotgan valutadir. Masalan, 1 USD (bazaviy)= =2200 UZS (kotirovka qilinayotgan), yoki 1 GBP (bazaviy)= =1,4 USD (kotirovka qilinayotgan). Ma'lum ikki valuta kursining bazasi bir xil valuta bo'lsa, bunda ushbu kurslarning o'zaro nisbati orqali uchinchi valuta kursi topila i. Masalan, 1 AQSH dollariga 2200 so'm (UZS/USD) yoki 150 Yapon yenasi (JPY/USD) almashtirib berilsa, unda 150 JPY=2200 UZS bo'ladi va bundan 1 JPY=l4,67 UZS kelib chiqadi, ya'ni 1 JPY/UZS=l4,67 yoki 1=14,67 UZS/JPY. Shunday qilib, 1-holat bo'yicha: UZS /USD Kross kurs (UZS/JPY) = JPY / USD = UZS/JPY Kross kursni topish uchun ishlatiladigan uchinchi valu ta ma'lum ikki valuta kursining birida bazaviy ikkinchisida kotirovka qilinayotgan valuta bo'lsa, bunda ushbu kurslarni o'zaro ko'paytirish orqali uchinchi valuta kursi topiladi. Masa lan, 1 AQSH dollari 2200 so'm (UZS/USD) va 1 Buyuk Bri taniya funt sterlingi 1,4 AQSH dollari (USD/GBP) bo'lsa, unda 1 GBP=l,4·2200 UZS bo'ladi va bundan l GBP = 3080 UZS kelib chiqadi, ya'ni 1 GBP/UZS=3080 yoki 1=3080 UZS/GBP.Shunday qilib, 2-holat bo'yicha: Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling