J. X. Kambarov 2022 yil «biznes jarayonlarini loyihalash»


O‘quv fanining o‘qitishni maqsadi va vazifalari


Download 145.5 Kb.
bet3/13
Sana17.06.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1543228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ишчи дастур БЖЛ

1. O‘quv fanining o‘qitishni maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – «Biznes jarayonlarini loyihalash » fanidan o‘quv ishchi dasturning maqsadi ushbu fan bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarda qator ijtimoiy - iqtisodiy bilimlar bilan bir qatorda ishbilarmonlik, tadbirkorlik va kichik biznes sohasidagi bilimlarni o‘rgatish, u haqida umumlashgan tasavvurni shakllantirishdan, mamlakatimizda o‘z kasbini egasi bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda o‘z ulushini qo‘shishdan, hamda ularni biznesda o‘z o‘rinlarini topish va o‘zlari uchun biznesni topishda yordam berishdan iborat.
O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: «Biznes jarayonlarini loyihalash» fanining asosiy maqsadi talabalarga talabalarga bozor munosabatlari davrida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlar harakatini, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojining cheksizligi va ularni qondirish zaruriyati to‘g‘risidagi iqtisodiy mushohadalar yuritish va ularni amalga tadbiq etish yo‘llarini:
- insonlarni erkin, qizikarli, maqsadli va foydali mexnat orqali ehtiyojini qondirish;
- jamiyat ehtiyojini qondirish va tanqislikka barham berish;
- yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish;
- fan va texnika yutuqlaridan tezkorlik bilan foydalanish;
- jamiyat va kishilarni boyitish manbai;
- jamiyatni demokratik rivojlantirish va ma`naviy sog‘lomlashtirish;
- ishlab chiqarishi va foyda olib sotish mumkin bo‘lgan talablarni izlash;
- tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ishlab chiqarishni tashkil etish;
- tovarlarni tayyorlash;
- o‘z tovar va xizmatlarini sotish va shu kabilarni o‘rgatishdan iborat.


1.1. Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar. “ Biznes jarayonlarini loyihalash o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalar doirasida bakalavr:
-erkin bozor sharoitida kichik biznes va tadbirkorlikning asosiy maqsadi va vazifalarini, menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishini, boshqarish usullari, funksiyalari, tamoyillarini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini va ko‘rinishlarini hamda ularning biznesdagi ahamiyatini bilish kerak;
- bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘llarini qidirib topish, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini yangi va zarur axborot bilan ta’minlash, bozor konyukturasini o‘rganish,prognozlash va uning asosida tegishli qarorlar qabul qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- talaba kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirish, vaziyatdan kelib chiqib qaror qa’bul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni yangiliklarni tez va puxta amaliyotda qo‘llash hamda samarali faoliyat olib borish malakalariga ega bo‘lishi kerak;



Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling