J. X. Kambarov 2022 yil «biznes jarayonlarini loyihalash»


Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi


Download 145.5 Kb.
bet4/13
Sana17.06.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1543228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ишчи дастур БЖЛ

1.2. Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi. “Biznes jarayonlarini loyihalash” fani o‘quv rejasidagi “Ish yuritish”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Makroiqtisodiyot”, “Mikroiqtisodiyot”, “Marketing”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”, “Statistika” va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi.


1.3. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni. Raqobatli muxit sharoitida tashkilotlar muvaffaqiyatini ta’minlash xamda ishlab chiqarish jarayonlarida iqtisodiyotni boshqarishni tutgan o‘rni juda muximdir.
“Biznes jarayonlarini loyihalash” faoliyatini tashkil etishning yo‘nalishlari. Rahbarning ish vaqti va undan foydalanish. Boshqaruv mehnati madaniyatini yuksaltirish. Standartni davlat tizimi talablari asosida xalq iste’moli maxsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.


1.4. Fanni o‘qitishdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari. Dastur materiallarini o‘zlashtirish Ma’ruzalarni interfaol usulda o‘qitish, munozaralar jarayonida o‘zlashtiriladigan bilimlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.


1.5. Umumiy rejasida fanga ajratilgan soatning umumiy xajmi va dars turlari bo‘yicha taqsimot. “Biznes jarayonlarini loyihalash” fanining umumiy soati 178 soat bo‘lib, shundan 10 soat ma’ruza, 10 soat amaliy mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim 158 soatni tashkil etadi. O‘quv natijalari bo‘yicha talabalar reyting bo‘yicha baholanadilar.


2. O‘quv fanining o‘qitishni maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad – « Biznes jarayonlarini loyihalash» fanidan o‘quv ishchi dasturning maqsadi ushbu fan bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarda qator ijtimoiy - iqtisodiy bilimlar bilan bir qatorda ishbilarmonlik, tadbirkorlik va kichik biznes sohasidagi bilimlarni o‘rgatish, u haqida umumlashgan tasavvurni shakllantirishdan, mamlakatimizda o‘z kasbini egasi bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda o‘z ulushini qo‘shishdan, hamda ularni biznesda o‘z o‘rinlarini topish va o‘zlari uchun biznesni topishda yordam berishdan iborat.


O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: «Biznes jarayonlarini loyihalash» fanining asosiy maqsadi talabalarga talabalarga bozor munosabatlari davrida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlar harakatini, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojining cheksizligi va ularni qondirish zaruriyati to‘g‘risidagi iqtisodiy mushohadalar yuritish va ularni amalga tadbiq etish yo‘llarini:
- insonlarni erkin, qiziqarli, maqsadli va foydali mexnat orqali ehtiyojini qondirish;
- jamiyat ehtiyojini qondirish va tanqislikka barham berish;
- yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish;
- fan va texnika yutuqlaridan tezkorlik bilan foydalanish;
- jamiyat va kishilarni boyitish manbai;
- jamiyatni demokratik rivojlantirish va mahnaviy sog‘lomlashtirish;
- ishlab chiqarishi va foyda olib sotish mumkin bo‘lgan talablarni izlash;
- tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ishlab chiqarishni tashkil etish;
- tovarlarni tayyorlash;
- o‘z tovar va xizmatlarini sotish va shu kabilarni o‘rgatishdan iborat.



Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling