Jahon hamjamiyatiga kirib borishi


Download 293.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana02.01.2022
Hajmi293.65 Kb.
#190734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
26-MAVZU. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA OʻZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI

Neokeynschilik  (asosiy  vakili  R.Kuper)  yoʻnalishi  xalqaro  iqtisodiy  hamkorlikning 

markaziy  muammosini  mamlakatlarning  erkinligini  maksimal  darajada  saqlab  qolgan  holda 

integratsiya  jarayonlaridan  olinadigan  turli-tuman  naflilikni  koʻpaytirishga  asosiy  e’tibor 

qaratgan.  Neokeynschilar  xalqaro  integratsiyani  rivojlantirishning  mumkin  boʻlgan  ikkita 

variantini  ilgari  surdilar:  birinchisi  –  iqtisodiy  maqsad  va  siyosatni  muvofiqlashtirgan  holda 

milliy erkinlikni yoʻqotish asosidagi integratsiya; ikkinchisi  – milliy  mustaqillikni imkon qadar 




saqlab  qolish  shartiga  asoslangan  integratsiya.  Bu  variantlarning  hech  biri  sof  holda  mavjud 

boʻlmasligini  anglagan  holda,  ular  integratsiyalashuvchi  tomonlarning  ichki  va  tashqi 

siyosatlarini  muvofiqlashtirish  yoʻli  bilan  bu  variantlarni  uygʻunlashtirish  zarurligini 

koʻrsatganlar.  Neokeynscha  yoʻnalishning  yana  bir  koʻrinishi  dirijizm  (asosiy  vakili 

Ya.Tinbergen)  boʻlib, uning  namoyandalari  integratsiya  jarayonlarida bozor mexanizmining hal 

qiluvchi rolini inkor etadilar. Ular xalqaro iqtisodiy tuzilmalarning tashkil etilishi va amal qilishi 

integratsiyalashayotgan  mamlakatlar tomonidan umumiy  iqtisodiy siyosatning  ishlab chiqilishi, 

sotsial  qonunchilik  boʻyicha  kelishuv,  kredit  siyosatining  muvofiqlashtirilishi  asosida  amalga 

oshirilishi mumkin deb hisoblaydilar. 

Yuqoridagi  turli-tuman  nazariyalarning  umumiy  tavsifi  shuni  koʻrsatadiki,  ularning  har 

biri  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarning  ma’lum  jihatlarini  ochib  berishga,  bu  boradagi 

muammolarni  hal  etish  va  yangi  gʻoyalarni  rivojlantirishga  qaratilgan.  Mazkur  nazariyalarning 

toʻgʻri  va  ilmiy  asoslangan  tomonlaridan  foydalangan  holda  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarni 

yanada  takomillashtirishga  intilish  iqtisodiyot  nazariyasi  oldidagi  muhim  vazifalardan 

hisoblanadi. 


Download 293.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling