ochiqlik darajasining oshishidir. Ochiq iqtisodiyotning oʻziga xos belgisi boʻlib quyidagilar
hisoblanadi:
- mamlakat iqtisodiyotining jahon xoʻjalik munosabatlari tizimiga chuqur kirishganligi;
- tovarlar, kapital, ishchi kuchining mamlakatlararo harakati yoʻlidagi toʻsiqlarning
kamaytirilishi yoki toʻliq bartaraf etilishi;
- milliy valyuta konvertatsiyasining ta’minlanganligi.
Shunday qilib, integratsiya milliy darajadagi iqtisodiy oʻsish jarayonlarining oʻzaro
birikishi orqali tavsiflanib, buning natijasida yagona xoʻjalik organizmi shakllanadi. Real
hayotda bir vaqtning oʻzida integratsiyalashuv va integratsiyalashuvdan qaytishdan iborat ikki
tendentsiya amal qiladi. Bundan tashqari, ba’zi bir sabablarga koʻra turli mamlakatlardagi
integratsiyaning turli elementlari bir xilda rivojlanmaydi. Shunga koʻra, integratsiyaning
quyidagi turlarini ajratib koʻrsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |