Jahon hamjamiyatiga kirib borishi


Download 293.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana02.01.2022
Hajmi293.65 Kb.
#190734
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
26-MAVZU. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA OʻZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI

Iqtisodiy  ittifoqning  amal  qilishi  yeI  Vazirlar  kengashi  tomonidan  yeI  iqtisodiy 

siyosatining  asosiy  yoʻnalishlari  ishlab  chiqilishini  koʻzda  tutadi  hamda  ularga  har  bir  a’zo 

mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi muvofiq tushishini nazorat qiladi.  

Siyosiy  ittifoq  yagona  tashqi  siyosatni  olib  borish  hamda  ichki  qonunchilik  doirasida 

umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan.   



Valyuta  ittifoqi  yeI  doirasida  yagona  pul-kredit  siyosatini  olib  borish  hamda  barcha 

mamalakatlar uchun umumiy boʻlgan valyutaning amal qilishini anglatadi.     

1999  yil 1  yanvardan  yeI  mamlakatlari  hududida  yevro hisob-kitob birligi  sifatida amal 

qila  boshladi.  Biroq,  bu  paytda  valyuta  ittifoqiga  yeIning  barcha  a’zolari  kirmay,  Buyuk 

Britaniya, Gretsiya, Daniya va SHvetsiya yevro hududidan tashqarida qoldi.  

EI  toʻla  huquqli  a’zolari  tarkibi  yillar  davomida  kengayib  bormoqda.  Hozirda  uning 

tarkibiga  27  mamlakat  kiradi:  Belgiya,  Germaniya,  Italiya,  Lyuksemburg,  Niderlandiya, 

Frantsiya  (1957  yil);  Buyuk  Britaniya,  Daniya,  Irlandiya  (1973  yil);  Gretsiya  (1981  yil); 

Grenlandiya  (1985  yil);  Portugaliya,  Ispaniya  (1986  yil);  Avstriya,  ,  Finlyandiya,  SHvetsiya 

(1995  yil);  Vengriya,  Kipr,  Latviya,  Litva,  Malta,  Polsha,  Slovakiya,  Sloveniya,  CHexiya, 

Estoniya (2004 yil); Bolgariya, Ruminiya (2007 yil). 

EIga a’zo boʻlish uchun bu mamlakatlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak: 

- demokratiyani kafolatlovchi tashkilotlarning barqaror faoliyati; 

- huquqiy tartibning oʻrnatilishi va unga amal qilinishi; 

- inson huquqlariga amal qilinishi va kam sonli millatlarning himoya qilinishi; 

- bozor iqtisodiyotining amal qilishi; 

- Ittifoq ichidagi raqobat kurashi va bozor kuchlarining ta’siriga bardosh bera olish; 

-  oʻz  zimmasiga  a’zolik  majburiyatlarini,  shu  jumladan,  siyosiy,  iqtisodiy  va  valyuta 

ittifoqi vazifalarini olishga tayyorlik. 

Evropa Ittifoqining kengayishi oʻzining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bir tomondan, 

yangi hududlar va aholining qoʻshilishi hisobiga yeIning resurs salohiyati oʻsadi, mavjud a’zolar 

uchun  bozorlar  ahamiyatli  darajada  kengayadi,  yeIning  jahondagi  siyosiy  mavqei  kuchayadi. 

Boshqa tomondan,  yeIdan katta hajmdagi sarf-xarajatlar,  jumladan, uning  yangi a’zolari uchun 

subsidiya  va  transfert  toʻlovlari  uchun  budjet  sarflarining  oʻsishi  talab  etiladi.  Yangi  a’zolar 

iqtisodiyotining  tarmoq  boʻyicha  tarkibi  talabga  javob  bermaganligi  sababli,  yeIda  beqarorlik 

xavfi kuchayadi.   




Download 293.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling