2. Jahondagi asosiy integratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari
Integratsiya jarayonlari obyektiv tavsif kasb etishiga qaramay, u oʻz-oʻzicha, stixiyali
tarzda bormaydi. Balki bugungi kunda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan mintaqaviy
integratsion tuzilmalar ularga kiruvchi mamlakatlar oʻrtasida qonuniy kelishuv va oʻzaro
shartnomalar asosida amal qiladi.
Hozirda dunyoda juda koʻplab integratsion guruhlar mavjud. Biz turli mintaqalardagi
asosiy integratsion guruhlar sifatida quyidagi tuzilmalarni koʻrsatishimiz mumkin:
- Gʻarbiy yevropada – yevropa Ittifoqi (EI);
- Shimoliy Amerikada – Erkin savdo toʻgʻrisida SHimoliy Amerika bitimi (NAFTA);
- Osiyo-Tinch okeani mintaqasida – Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi
(ASEAN).
Evropa Ittifoqi 1993 yil 1 noyabrda Maastrixt kelishuvlari (bu kelishuvlar 1991 va 1992
yillarda iqtisodiy va valyuta ittifoqini shakllantirish toʻgʻrisida imzolangan edi) kuchga kirishi
asosida yangi nom bilan paydo boʻldi. Bunga qadar u yevropa hamjamiyati deb atalib, oʻz ichiga
1967 yilda birlashgan uchta mustaqil mintaqaviy tashkilotlarni olar edi, ya’ni:
- 1951 yilda tashkil etilgan koʻmir va poʻlat ishlab chiqarish boʻyicha yevropa
birlashmasi;
- 1957 yilda tashkil etilgan yevropa iqtisodiy hamjamiyati;
- 1958 yilda tashkil etilgan atom energiyasi boʻyicha yevropa hamjamiyati.
EI doirasidagi integratsiyaning rivojlanishi bosqichma-bosqich bormoqda. Jumladan,
dastlab erkin savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy bozorning, keyinchalik esa iqtisodiy va
valyuta ittifoqining tashkil etilishi bu tuzilmalar shakllanishining quyidan yuqoriga tomon
harakatini bildiradi.
Hozirda yeIda yagona bozor hamda davlatlararo boshqaruv tizimini tashkil etish jarayoni
yakunlanib, mamlakatlar iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoqlarni rasmiylashtirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |