«jahon tarixi va manbashunoslik»
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
Uyga vazifa: 13- §. «XII — XIII asrlarda Xorazmshohlar davlati» mavzusini o`qib kelish hamda SHovot, Bogot, YAngibozor va Qo`shko`pir so`zlarining ma`nosini o`rganib kelish topshiriladi.
O`qituvchi Xorazmning viloyat, shahar, qishloq va tumanlari nomlarining kelib chiqishiga oid bir qator toponimlarni izohlaydi. Xorazm so`zining kelib chiqishi shunday talqin qilinadi. Rivoyatlarga ko`ra, podsho o`zining to`rt yuz askaridan g`azablanib, ularni odamsiz cho`lga chiqarib tashlashni buyurgan. Podshoning farmoni bajarilgan. Oradan bir necha yil o`tgach, podsho ulardan xabar olishni buyurgan, Podshoning odamlari ularning tirik ekanligi haqida xabar keltirgan. Quvg`in qilinganlar «xor» va «razm» bilan hayotkechirgan emish. SHuning uchun podsho bu erni Xorazm deb atashni buyurgan va Xorazm elati shunday paydo bo`lgan emish. Har bir joy nomining o`z tarixi bor. Ular xalq hayotining turli tomonlarini o`zlarida aks ettiradilar. Nomlar ko`pincha shu hududda yashagan ma`lum xalq hayoti, yashash sharoiti bilan bog`liq holda sodir bo`ladi. Xorazm nomini tekshirgan S. P. Tolstov toponim shu hududda yashagan xvarri kabilasining nomi bilan bog`liqligini, ya`ni xvarri — er, «xvarri qabilasining eri» ekanligini aytadi. Qadimda Xorazm nomi ostida Amudaryoning quyi oqimi tushunilgan. Bu voha O`rta Osiyodagi eng ko`hna o`lkalardan biridir. Xorazm haqidagi dastlabki ma`lumotlarni «Avesto»da uchratamiz. Bu nom yunonlarda Xorazmiya yoki «Uvarezmeta», «Avesto»da Gairizao shaklida uchraydi. Arab mualliflari — Xuvorezm, Xitoy manbalari Xoli — si mi — kiya deb tilga oladilar. Bu so`zning kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ulardan ba`zilarida Xorazm «pasttekislik», «yomon er», «xur zamin», «quyoshli er», «hosildor er», «boquvchi er» shaklida izohlanadi. Umuman hamma tadqiqotchilar nomning ikkinchi qismi «zem», «zm»ni «er», «zamin» so`zi bilan bog`laydi. S. P. Tolstov Xorazm so`zini Xvari yoki Hurrit etnonimi bilan aloqador deb hisoblab, «Xvarri eri» shaklida izohlaydi. Akademik YA. G`. G`ulomov o`zining «Xorazmning sug`orilishi tarixi» nomli kapital asarida («Fan» nashriyoti, 1956 yil Toshkent) S. P. Tolstovning yuqoridagi fikrini to`la ma`qullaydi. YUnon tarixchisi tilga olgan «girkaniya» so`zi qadimgi turkiy yozuvlaridagi «Kurikan» qabilasining nomi bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularning asrlar davomida fonetik o`zgarishidan «Gurlan» varianti kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin. Ammo bundan Gurlandagi aholining nomi girkanlardan kelib chiqqan ekan, degan xulosaga kelib bo`lmaydi. Kichik bir ovulning nomi ham yoki oila boshlig`i yoki uning bir a`zosi nomi toponimikada asos bo`lib ketaverishi mumkin. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling