«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet85/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Hazorasp — shu nomli tuman markazi. Hazorasp so`zining ma`nosi quyidagicha: Hazor degani fors-tojik tilida «ming», asp degani “ot” ya`ni ming ot degan ma`noni bildiradi. Hazorasp Xorazmning janubiy chegara qal`asi bo`lib, unda ming otliq saqlangan. Dushman hujum qiladigan bo`lsa, Hazorasp qal`asi zarbani birinchi bo`lib o`ziga olgan. Xivadan madad kelgunga qadar dushman bilan kurashgan. Asta-sekinlik bilan qal`a ichida aholi ko`payib, qal`adan tashqarida o`rnasha boshlagan. Qal`adan bir necha kilometr beriroqda ham qishloq qurila boshlagan.

YAngibozor — aholining savdo-sotiq ishlari faqat qal`a bozorida bo`lgan, so`ngra u chekka qishloqlarning birida to`planib, savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Qal`a bozori bilan bu bozorni bir-biridan farq qilish uchun qishloq bozoriga «YAngi bozor» deb nom qo`yishgan. SHu-shu bo`lib qishloqning nomi YAngibozor bo`lib qolgan.

Qo`shko`pir — tumani Xorazm viloyatining yirik tumanlaridan biri. Hozirgi kunda tumanda 9 ta qishloq bo`lib, bu qishloqlar nomlarining kelib chiqishi juda qiziq. Quyida biz bu haqda fikr yuritamiz:

Kenagas — bu qishloq mahalliy xalq orasida Kanayas deb yuritiladi, chunki hududdan Kanayas arig`i oqib o`tadi. Qishloqning markaziy qismiga Karaman qal`asi deyishadi. Karaman — Xorazmda o`suvchi ulkan daraxt. Qariyalarning so`zlariga qaraganda, bu erda Xiva xonligi davrida mudofaa vazifasini bajaruvchi kichik, o`ziga xos qal`acha bo`lgan. Kenagas degan qabila ham bo`lgan.

Xadra — Qo`shKo`pir tumanidagi ikkinchi qishloqning nomi. Xadra so`zining ma`nosi qal`a yoki shaharning cheti demakdir. Xadra qishlog`i Xiva qal`asining shimol tomonida joylashgani uchun ham Xadra nomini olgan bo`lishi mumkin.

Qo`shKo`pir — tumandagi sakkizinchi qishloq bo`lib, hozirgi kunda tuman markazidir. Nomining o`zidan ko`rinib turibdi, qo`sh — juft, ko`pir — ko`prik ma`nosini, ya`ni qo`shma ko`prikli, degan ma`noni bildiradi. Marhum akademik Muhammadjon YO`ldoshevning «Xiva xonligida feodal er egaligi va davlat tuzilishi» degan kitobida bu haqda ancha ma`lumotlar bor. eng avval Qo`shKo`pir qo`sh ko`prik deb nomlangan. U erda katta G`azovon arig`i bor. Bu ariqning u tomoni bilan bu tomoniga o`tish uchun ikki joyiga katta ko`prik kurilgan. Qo`shKo`pir degan so`z shundan olingan.

G`azovot — tumandagi to`qqizinchi qishloq nomi. O`rta Osiyoda suv masalasi og`ir bo`lgani uchun Xiva xonlari ming-minglab odamlarni ariq qazishga safarbar qilganlar. Xon amaldorlari mehnatkash xalq ommasini ayamasdan ishlatganlar. Ariq qazish oddiy xalqqa ko`p mashaqqatlar keltirgan. Bu qishloq esa o`sha G`azovot arig`i bo`yida joylashgan bo`lgani uchun ham G`azovot nomini olgan, degan fikrlar bor.

Bog`ot — Xorazm viloyatidagi tuman markazi. Bog`ot etimologiyasini bog`zor, bog`lar, bog` va arabcha ot ko`plik affiksi «arz so`raydigan bog`» so`zi bilan bog`laydilar. Mahalliy xalqning aytishicha «bog`ot» poliz, polizchi degan ma`noni bildiradi.

Amudaryo — uni yunonlar hamda rimliklar Oksus yoki Oqsus, arablar esa «Jayhun» (telba) deb ataganlar. Daryoning hozirgi nomi esa Amuya shahri (XVI asr) nomidan olingan; bu shahdr keyinchalik Amudaryo deb atala boshlagan.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling