Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
hamda shaxta egalari bilan tred-yunionlar o‘rtasida mamlakat miqyosida
jamoaviy shartnomalar imzolanishining bekor qilinishiga rozi bo‘lish talab etilgan edi. Ayni paytda, agar ishchilar bu talabni rad etsalar, lokaut e’lon qilinishi bilan dag‘dag‘a qildilar. Ultimatum mamlakatda keskin norozilikka sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, kon egalari 1926-yilning 1-may kuni ish haqi kamaytirilishini e’lon qildilar. Bunga javoban 4-may kuni Buyuk Britaniyada ishchilarning umumiy ish tashlashi boshlandi. Unda jami 6 mln ishchi qatnashdi. Tred-yunionlar umumiy ish tashlash sof iqtisodiy talablar ostida o‘tishini istar edi. Biroq ish tashlashlar iqtisodiy doiradan chiqib, siyosiy nizoga aylanishi xavfi tug‘ildi. Chet davlatlar ishchilari Buyuk Britaniya ishchilari bilan birdam ekanliklarini bildirdilar. Ular Buyuk Britaniyaga jo‘natilishi mo‘ljallangan yuklarni ortishni to‘xtatib qo‘ydilar. Ish tashlaganlarga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida mablag‘ to‘plab, Buyuk Britaniya ishchilariga jo‘natdilar. Siyosiy nizo kelib chiqishidan cho‘chigan tred-yunionlar Bosh kenga- shi 12-may kuni umumiy ish tashlashni to‘xtatish haqida qaror qabul qildi. Ayni paytda hukumat bilan muzokaraga kirishildi. Ishchilar o‘zlari xohlamasalar-da, tred-yunionlar Bosh kengashi qaroriga bo‘ysunishga majbur bo‘ldilar. Konchilar esa kurashni dekabr oyigacha davom ettirdilar va oxir- oqibatda ular ham ish tashlashni to‘xtatishga majbur bo‘ldilar. Shunday qilib, 1926-yilgi umumiy ish tashlash mag‘lubiyatga uchradi. Tred-yunionlar rahbariyati Buyuk Britaniyadagi mavjud ijtimoiy-siyosiy tizimni saqlab qolish tarafdori ekanligi tufayli shunday bo‘ldi. Hukmron doiralar o‘z mavqelarini yanada mustahkamlashga qaror qildilar. Chunon- chi, ish tashlashni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Bunga ko‘ra, ish tashlash ayrim olingan bir korxona yoki sanoatning ayrim olingan bir tarmog‘idagina o‘tkazilishi mumkin edi. 1929-yilning may oyida Buyuk Britaniyada navbatdagi parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda Leyboristlar, kichik farq bilan bo‘lsa-da, g‘alaba qozondi (287 o‘ringa ega bo‘ldi. Konservatorlar partiyasi 260 o‘ringa ega bo‘ldi). Leyboristlar bu g‘alabaga ko‘mir sanoatini, transport va banklarni milliylashtirish, ishsizlikni tugatish, 7 soatlik ish kunini tiklash, 1927-yilgi tred-yunionlar haqidagi bergan va’dasi tufayli erishdi. Iyun oyida R. Mak- donald leyboristlarning ikkinchi hukumatini tuzdi. Leyboristlarning ikkinchi hukumati 61 1929-yilning kuzida boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi hukumat va’dalarining bajarilishini qiyinlashtirib qo‘ydi. 1930-yil boshlarida Buyuk Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932-yilda o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929-yilga nisbatan 20 foizga qisqardi. Ishsizlar soni 3—3,5 mln kishini tashkil etdi. Funt sterling qiymati uchdan birga qadrsizlandi. Real ish haqi kamaydi. Qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish qisqardi. Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday sharoitda ham hukumat qator va’dalarni bajardi. Chunonchi, ko‘mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo‘yicha, sug‘urta to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga uzaytirildi. Ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish qidirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi. Bu tadbirlar ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi. Biroq yirik kapital tazyiqi ostida kun tartibida ish haqini, ishsizlik nafaqalarini kamaytirish, bilvosita soliqlarni oshirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Bu hol Leyboristlar partiyasining bo‘linib ketishiga olib keldi. Yuqorida qayd etilgan masala tarafdori bo‘lgan R. Makdonald 1931-yil 25-avgustda «Milliy hukumat» deb atalgan koalitsion hukumat tuzdi (uning tarkibiga milliy-leyboristlar, milliy-liberallar va konservatorlar partiyasi vakillari kirdi). Shunday sharoitda, 1931-yil oktabr oyida parlamentga navbatdan tashqari saylov o‘tkazildi. Unda konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi (740 o‘rin). Yana milliy hukumat (1931—1935) tuzildi. Uni yana R. Makdonald bosh- qardi. Hukumat ish haqini va ijtimoiy sohalarga ajratiladigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga inqirozdan chiqish dasturini amalga oshira boshladi. Ingliz kapitalining chetga ko‘plab chiqib ketishidan qo‘rqqan hukumat funt sterlingning oltinga nisbatan qiymatini bekor qildi. Binobarin, endilikda funt sterling oltinga almashtirilmaydigan bo‘ldi. Ayni paytda AQSH va Fransiya banklari Buyuk Britaniyaga 80 mln funt sterling miqdorda qarz berdi. Hukumat tashqi savdoda erkin savdodan voz kechish va proteksionizm (milliy iqtisodiyotni himoya qilish) yo‘lidan bordi. Unga ko‘ra, imperiya tarkibiga kiruvchi hududlarda ingliz tovarlaridan olinadigan boj chet davlatlar tovarlarinikidan 10 foiz kam miqdorda belgilandi. Bu tadbir Buyuk Britaniya- ning imperiya bozorlaridagi mavqeyini mustahkamladi. Hukumat ko‘rgan chora-tadbirlar o‘z samarasini berdi. 1932-yil oxiridan boshlab iqtisodiyotda biroz bo‘lsa-da, sog‘lomlashish boshlandi. 1934-yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1929-yil darajasiga yetdi. 1935-yil oxirida parlamentga bo‘lib o‘tgan saylovlarda Konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi (385 o‘rin). Bu partiya rahbari S. Bolduin ikkinchi 62 milliy hukumatni tuzdi. Hukumat iqtisodiyotni to‘la sog‘lomlashtirish siyosatini davom ettirdi. Chunonchi, proteksionizm davom ettirildi. Bu siyosat avtomobil, aviatsiya, elektrotexnika va kimyo sanoatiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Funt sterlingni oltinga almashtirish bekor qilinishining davom ettirilishi ham ijobiy samara bermay qolmadi. Bu yo‘l ingliz sarmoyasini chetga chiqarishning oldini oldi. Chunki funt sterlingning oltinga almashtirilmas- ligi sarmoyani chetga chiqarishni foydasiz yoki samarasiz qilib qo‘ydi. Endi sarmoyadorlar o‘z sarmoyalarini asosan mamlakat ichida joylashtira boshladi. Masalan, 1936-yilda Buyuk Britaniya chetga 61 mln funt sterling sarmoya chiqargan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich mamlakat ichkarisida 217 mln funt ster- lingni tashkil etdi. Bu esa sanoatning yanada taraqqiy etishiga olib keldi. Xususiy sarmoyalarning ichki bozorga joylashtirilishiga hukumat olib borgan moliyaviy siyosat ham katta yordam berdi. Xususan, hukumat banklarning tadbirkorlarga eng arzon — 2 foiz miqdorida kredit berishi tartibini joriy etdi. (Avval 10—12 foiz edi.) Biroq Buyuk Britaniya iqtisodiy inqiroz iskanjasidan to‘la qutula olmadi. 1937-yilning kuzidan boshlab ishlab chiqarish yana pasaya boshladi. Chunonchi, 1938-yilda sanoat ishlab chiqarishi 1937-yilga nisbatan 12 foizga kamaydi. Ishsizlar soni yuqoriligicha qolaverdi. Shu tariqa 30-yillarning oxiriga kelib Buyuk Britaniyaning jahondagi iqtisodiy mavqeyi sezilarli darajada pasaydi. Endilikda nafaqat AQSH, balki Germaniya, Italiya va Yaponiya uning raqiblariga aylangan edi. R. Makdonald realist siyosatchi edi. U o‘z siyosiy faoliyatini Buyuk Britaniya qudratli davlat bo‘lgan paytdan boshlab, uning bu qudratidan faqat alam- li xotira qolgan paytda yakunladi. R. Makdonald realist bo‘lganligi uchun ham Buyuk Britaniyaning sobiq buyukligini, qudratini qayta tiklab bo‘lmas- ligini yaxshi tushunar edi. Biroq u Buyuk Britaniyani bundan keyin ham jahon siyosatida o‘z so‘zi bor davlat holatida ko‘rishni xohlar va shunga astoydil intilar edi. Garchand u sovetlarga qarshi bo‘lsa-da, real voqelikdan kelib chiqib, 1924-yilda Sovet davlatini tan oldi va u bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Buyuk Britaniya 1925-yilda o‘tkazilgan Lokarno konferensiyasi tashab- buskorlaridan biri edi. Bu konferensiya Germaniyani G‘arb davlatlari bilan yarashtirishga xizmat qildi. Ayni paytda G‘arb davlatlari Germaniyaning Yevropa Sharqidagi erkin harakatiga to‘siq bo‘luvchi kafolatlar tizimini yaratmadi. 1927-yil 24-martda Buyuk Britaniya Xitoyga qarshi harbiy intervensiya uyushtirdi. Uning maqsadi Xitoyda Chan Kayshi hokimiyatini to‘la qaror toptirish edi. 18-aprelda Nankinda Chan Kayshi hukumati qaror topdi. 30-yillarda Buyuk Britaniya tashqi siyosati ikki asosiy muammoga duch keldi. Bular, bir tomondan, fashistlar Germaniyasining Yevropadagi agressiv 1924—1939-yillarda tashqi siyosat 63 tashqi siyosati, ikkinchi tomondan esa, imperiya mustamlakalarida kuchay- gan milliy-ozodlik harakati muammolari edi. Buyuk Britaniya Fransiyaning Yevropadagi ta’sirini zaiflashtirishda Germaniyadan foydalanishga intildi. Buning natijasi o‘laroq, 1935-yil 30- iyunda Buyuk Britaniya — Germaniya dengiz bitimi imzolandi. Bu bitimga muvofiq Germaniya Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining uchdan bir qismiga teng miqdorda dengiz floti tuzish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu Versal shartnomasining ochiqdan-ochiq buzilishi edi. Fashistlar Germaniyasi Reyn viloyatiga qo‘shin kiritganda ham Buyuk Britaniya jim kuzatuvchiga aylandi. Bu jim kuzatuvchilik amalda Germaniyaga kelgusida ham shunday tajovuzlarni davom ettirishga ruxsat berish bilan barobar edi. 1936-yilda Ispaniyada Franko fashistik diktaturasi o‘rnatilishiga Germaniya yordam qo‘lini cho‘zgan paytda Buyuk Britaniya Ispaniya ishlariga aralashmaslik siyosatini yuritdi. Bu siyosat Ispaniyaning qonuniy hukumatiga qurol-yarog‘ eksport qilishni amalda to‘xtatib qo‘ydi va bu bilan Buyuk Britaniya Ispaniyada fashizmning hokimiyat tepasiga kelishiga ko‘maklashdi. 1937-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Konservatorlar partiyasi rahbari N. Chemberlen (1869—1940) o‘zining 3 yillik bosh vazirlik faoliyati davomida Gitlerni «tinchlantirish» siyosatining tashabbuskori bo‘lib may- donga chiqdi. Shuning uchun ham Buyuk Britaniya Germaniyaning Avstriya, Chexos- lovakiyani bosib olishiga amalda yordamlashdi. U bunday «kichik» yon berishlar bilan butun bir avlod uchun tinchlikni saqlab qolmoqdaman, deb qayta-qayta uqtirardi. Biroq Germaniya birinchi navbatda Sovet davlatiga emas, G‘arb davlatlariga qarshi urush boshlashi to‘g‘risidagi rejasi haqidagi ma’lumotlar tez orada Buyuk Britaniyaga ma’lum bo‘lib qoldi. Endi Buyuk Britaniya zo‘r berib urushga tayyorlana boshladi. Harbiy xarajatlar ikki baravar oshi- rildi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya harbiy doktrinani faqat o‘zini emas, balki Fransiyani ham himoya qilishga mo‘ljallab qayta tuzdi. 1939-yil 15- aprelda Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy majburiyat joriy etildi. Agar Germaniya Polshaga hujum qilsa, Buyuk Britaniya unga harbiy kuch bilan ham yordam beradigan bo‘ldi. Bunday kafolatlar Gretsiya, Ruminiyaga ham berildi. Biroq N. Chemberlen hanuz Germaniya bilan til topishish umididan voz kechmagan edi. Uning maqsadi Germaniya agressiyasi tig‘ini Sovet davlatiga burib yuborish edi. Germaniya armiyasi Pragani egallagach, N. Chemberlen umidlari puchga chiqdi. Endi urush bo‘lishi muqarrar edi. Bu hol Buyuk Britaniyani Moskva bilan muzokaralar boshlashga majbur etdi. Biroq har ikki tomonning aybi bilan bu muzokaralar natijasiz tugadi. Xususan, Buyuk Britaniya va Fransiyaning maqsadi Sovet davlatiga bir tomon- 64 lama majburiyat yuklash, uni Germaniyaga qarshi urushga tortish, o‘zlari esa chetda qolish edi. Moskva esa bu orada Buyuk Britaniyaning Germaniya bilan dunyoni o‘z ta’sir doiralariga bo‘lib olish to‘g‘risida yashirin muzokaralar olib borayotganligi haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi. Natijada Sovet hukumati bunga javoban Germaniya bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. Va 1939-yil 23- avgustda Germaniya bilan Sovet davlati o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzildi. Sharqda o‘z mavqeyini mustahkamlab olgan Germaniya 1939-yil sentabrda Polshaga hujum qildi. 2—3-sentabr kunlari esa Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildilar. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Endi Buyuk Britaniya doiralari N. Chemberlenning «tinchlantirish» siyosatining mevasini tatib ko‘rishga majbur bo‘ldilar. Buyuk Britaniyaning mustamlakalarida milliy- ozodlik kurashi hech vaqt to‘xtagan emas. Dominionlar esa o‘z huquqlarining yanada ken- gaytirilishi uchun kurashganlar. Shuning uchun ham Buyuk Britaniya mustamlaka va dominionlarda juda katta qo‘shin saqlashga majbur bo‘ldi. 1930-yil aprel oyida Hindiston Milliy Kongressi hind xalqini yana fuqaroviy bo‘ysunmaslikka chaqirdi. (Birinchi bosqich 1919—1922-yillar.) Bu narsa kuchli ommaviy namoyishni keltirib chi- qardi. Ingliz ma’murlari bu namoyish rahbarlarini juda og‘ir jazolarga mubtalo etdi. 1931-yilda Buyuk Britaniya o‘z dominionlarining huquqlaridagi cheklashlarni bekor qilish haqidagi hujjatni joriy etishga majbur bo‘ldi. Bu hujjat Buyuk Britaniya tarixiga «Vestminster nizomi» nomi bilan kirgan. Hujjat dominionlarining ichki va tashqi siyosatda to‘la mustaqilligini e’lon qildi. Endi dominionlar (Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya) qabul qilgan qarorlar Buyuk Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlanmaydigan bo‘ldi. Shu tariqa shu vaqtgacha davom etgan qoida, ya’ni Buyuk Britaniya parlamentining dominionlarda qabul qilingan istalgan qonunni bekor qilish huquqi barham topdi. Biroq Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonga dominion huquqi berishga shoshilmadi. Ayni paytda hukumat dominionlarni mumkin qadar o‘z ta’sir doirasida saqlashga harakat qildi. «Vestminster nizomi»ga ko‘ra, dominionlar Buyuk Britaniya bilan birgalikda «Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi»ga birlashdilar. (Bu hamdo‘stlik hozirgi kunda ham mavjud. Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi sobiq dominionlarda hamon davlat boshlig‘i Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tayinlanadi.) 30-yillarda Irlandiya masalasi yana keskinlashdi. 1937-yilda Janubiy Irlandiya Mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Shimoliy Irlandiya esa imperiya tarkibida qolaverdi. Mustamlaka va dominionlardagi ahvol 65 SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Birinchi jahon urushi Buyuk Britaniya uchun qanday oqibatlar keltirdi? 2. 1918—1929-yillardagi Buyuk Britaniya iqtisodiy taraqqiyoti haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. Buyuk Britaniya ichki siyosiy hayoti qay yo‘nalishda davom etdi? 4. 1918—1923-yillardagi Buyuk Britaniya tashqi siyosati asosiy yo‘na- lishlari haqida so‘zlab bering. 5. Jahon iqtisodiy inqirozining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari nimalardan iborat bo‘ldi va hukumat inqirozdan chiqish uchun qanday favqulodda choralarni ko‘rdi? 6. 1924—1939-yillarda Buyuk Britaniya tashqi siyosatida ro‘y bergan asosiy voqealar haqida nimalarni bilib oldingiz? 7. N. Chemberlenning Germaniyani tinchlantirish siyosati qanday oqibatlarga olib kelgan edi? 8. Buyuk Britaniya o‘z mustamlakalari va dominionlariga nisbatan tutgan siyosatining mohiyatini nima belgilar edi? DARSLIK MATNI BILAN ISHLASH Fransiya va Buyuk Britaniyada yuz bergan iqtisodiy inqiroz, uning oqibatlari va inqirozni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni qiyoslash jadvalini to‘ldiring a d a y i s n a r F a d a y i n a t i r B k u y u B 7-§. Italiya va Ispaniya Italiya ham urushda g‘olib davlatlardan biri edi. Biroq bu g‘oliblik unga juda qimmatga tushgan. Italiya urushda 650 ming fuqarosini yo‘qotdi. 800 mingdan ortiq kishi mayib-majruh bo‘lib qoldi. Mamlakat harbiy xarajatlari 46 mlrd lirni tashkil etdi. Urush mamlakatni moliyaviy jihatdan holdan toydirdi. Ayni paytda Italiya Buyuk Britaniyadan 2,5 mlrd, AQSHdan esa 1,5 mlrd dollar qarz bo‘lib qoldi. Shu tariqa Italiyaning chet el mahsulotlariga, kreditlarga qaramligi yanada kuchaydi. Urushgacha ham qishloq xo‘jaligi Italiya iqtisodiyotining nihoyatda qoloq sohasi edi. Urush esa bu sohani yanada xarob qildi. Yer egaligida o‘rta asrchilik qoldiqlari hamon davom etardi. Chunonchi, 40 ming yirik yer egalari 10 mln gektar yerga egalik qilgani holda, 2,5 mln dehqon atigi 6 mln gektar yerga egalik qilardi. Dehqon oilalarining deyarli yarmida hech qanday yer yo‘q edi. Ular og‘ir shartlar asosida ijaraga yer olib hayot kechirganlar. Italiyaning janubida (Sitsiliya va Sardiniyada) ahvol undan ham og‘ir edi. Birinchi jahon urushining Italiya uchun oqibatlari ? 5 — Jahon tarixi 66 Davlat qarzining ko‘pligi soliqlarni keskin oshirishga olib keldi. Pul qadrsizlandi, natijada narx-navo dahshatli tarzda o‘sib bordi. Mamlakatda ocharchilik ro‘y berdi. Buning ustiga urush natijalari Italiyani g‘oliblar ichida mag‘lub davlatga aylantirib qo‘ydi. Ma’lumki, Italiya dastlab «Uchlar ittifoqi»ning a’zosi bo‘lgan edi. Jahon urushi boshlangach Italiya kutib turish yo‘lini tutdi. Bundan foydalangan Antanta, katta va’dalar berib, Italiyani o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ammo Parij sulh konferensiyasida Buyuk Britaniya va Fransiya o‘z va’dalari ustidan chiqmadi. Ya’ni, ular va’da qilingan hududlarni Italiyaga bermadi. To‘g‘ri, Italiya nasibadan quruq qoldirilmadi. Chunonchi, sobiq Avstriya — Vengriya imperiyasiga qarashli Janubiy Tirol va Adriatika sohilidagi Triyest porti, Yugoslaviyaning ba’zi hududlari, shuningdek, Turkiyaga qarashli Dodekanes oroli Italiyaga berildi. Ayni paytda Italiya Millatlar Ligasining doimiy a’zosi maqomiga ega bo‘ldi. Shuningdek, unga Fransiya harbiy-dengiz floti qudratiga teng flotga ega bo‘lish huquqi berildi. Biroq hukmron doiralar uchun bular oz bo‘lib ko‘rindi. Oz ulush tekkanidan arazlagan Italiya bosh vaziri Orlando Parij tinchlik konferen- siyasidan ketib qolgan edi. G‘oliblar ichidagi bunday mag‘lubiyat Italiya aholisi ruhiyatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Urushning Italiya uchun ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan bunday oqibatlari mamlakatda siyosiy inqirozni yanada chuqurlashtirib yubordi. Shunday bir sharoitda Italiyada chuqur islohotlar o‘tkazish yo‘li bilan jamiyatni iqtisodiy va siyosiy inqirozdan chiqarib keta olishga qodir bo‘lgan biror-bir yetakchi siyosiy partiya yo‘q edi. Binobarin, Italiyada kuchli parlamentarizm an’analari bo‘lmagan. Bu omil, o‘z navbatida, Italiyada fashizmning hokimiyat tepasiga kelishiga yo‘l ochdi. Italiyaning yirik siyosiy arboblaridan biri Orlando 1917-yilning oktabrida bosh vazir lavozimini egal- lagan. Orlando hukumati Italiyaning jahon uru- shida qatnashishini davom ettirdi. Bu hukumat Antantaning Sovet Rossiyasiga qarshi kurashida Italiya ishtirokining tarafdori bo‘ldi. Shuning uchun ham 1918-yili o‘z qo‘shinlarini Odessa, Murmansk va Vladivostokka yubordi. Antantaning Sovet hukumatini harbiy yo‘l bilan bo‘g‘ib tashlashga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi avvalgi mavzulardan ma’lum. Chunonchi, Italiyaning g‘oliblar ichida mag‘lub bo‘lib qolishi Orlando hukumatining katta yo‘qotishi edi va uning obro‘sini tushirib yubordi. Chunki Italiya o‘zi da’vo qilgan Dalmatsiya, Valoniya, Simernadan birortasini ham ololmadi. Buning ustiga, Turkiyaga qarashli Simernani bosib olish uchun 1919-yilning may oyida hujum boshladi va mag‘lubiyatga uchradi. Bundan tashqari, Italiya Albaniyani ham tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Hukumat tashqi savdo bozorlarining qo‘ldan ketishi hamda tashqi kredit uzilib qolishining oldini ololmadi. Natijada urushdan biroz keyin mamla- Orlando hukumatining ichki va tashqi siyosati 67 katda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Oqibatda ish haqi keskin pasaydi, inflatsiya kuchaydi. Armiya safidan bo‘shatilgan harbiylar ishsiz qoldilar. Ana shunday sharoitda (1919-yil iyun oyida) Orlando hukumati iste’fo berishga majbur bo‘lgan. 1919-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovida Italiya Sotsialistik partiyasi g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, bu mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni yumshatishga olib kelmadi. 1919—1920-yillar Italiya tarixiga ham «Qizil ikki yillik» nomi bilan kirdi. Bu ibora shuni bildiradiki, shu ikki yil ichida Italiyada ham Sovet Rossiyasida (bolsheviklar qizil deb ham atalardi) amalda oshirilgan ba’zi tadbirlar amalga oshirildi. Chunonchi, Shimoliy Italiyada ishchilar zavod va fabrikalarni egallab oldilar va ishlab chiqarish ustidan o‘z nazoratlarini o‘rnatdilar. Zavod va fabrikalarni qo‘riqlash uchun qizil gvardiya tuzdilar. Italiya armiyasi mamlakat ichkarisidagi siyosiy voqealarga nisbatan o‘z betarafligini e’lon qilganligi uchun hukumat ishchilarning bunday «o‘zboshimcha»ligini bostirish uchun armiyani yubora olmadi. Natijada hukumat va korxona egalari yon berishga majbur bo‘ldilar. Xususan, 8 soatlik ish vaqti belgilandi. Narxlar o‘sishining aholiga ko‘rsatadigan oqibatini pasaytirish maqsadida ish haqiga qo‘shimcha to‘lov (kompensatsiya) to‘lanishi e’lon qilindi. Yer egalariga yollanib ishlovchilar, ijaraga yer olib ishlovchilar uchun shartlar nisbatan yengillashtirildi. Mamlakat janubida dehqonlar yer egalaridan tortib olgan yerlarning bir qismi ularga qonunlashtirilib berildi. 1920-yilda Italiya mehnatkashlari hokimiyatni egallab olish imkoniga ega bo‘ldilar. Biroq ularning harakatini uyushtirishga qodir, bu ishni parlament yo‘li bilan amalga oshirish tomon yetaklaydigan jiddiy siyosiy partiya yo‘q edi. 1892-yildan beri faoliyat ko‘rsatayotgan Italiya Sotsialistik partiyasi uch oqimga bo‘linib ketgan edi. Partiya mehnatkashlarning hokimiyatni egallashlariga qarshi edi. 1919-yilda tashkil topgan hamda o‘z dasturiga kirgan ikki muhim va’da bilan (1. Yer egalaridan haq to‘lab bir qism yerlarni olish va uni dehqonlarga bo‘lib berish. 2. Mehnat uchun adolatli haq to‘lash) omma orasida obro‘-e’tibor qozonib borayotgan «Xalq partiyasi» ham mustahkam emas edi. O‘z navbatida, bu partiya ham noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatni egallashga qarshi edi. 1920-yilda Italiyada inqilobiy harakatning yanada kuchayishi Orlandodan keyin bosh vazirlik lavozimini egallagan Nitti hukumatini ham bir yil o‘tmay iste’fo berishga majbur etdi (1920-yil iyun). Yangi tuzilgan Jolitti hukumati inqilobiy harakat to‘lqinini pasaytirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari narxini 50 foizga kamaytirdi. Oxir-oqibatda ishchilarning kasaba uyushmasi va hukumat inqilobiy harakatni chuqur islohotlar o‘tkazishga va’da berish yo‘li bilan pasaytirishga Fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi 68 erishdilar. Biroq mamlakatda ro‘y bergan «qizil ikki yillik» hukmron Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling