Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
tarafdoriga aylandilar.
Agrar islohot to‘xtatildi. Davlat to‘ntarishida qatnashgan harbiylar jazodan ozod etildi. Ayni paytda fashistlarning faoliyatiga qarshi kurashilmadi. Bu esa fashistik tashkilotlarning yanada o‘sishiga imkon yaratib berdi. Fashistik partiyalar («Ispan falangasi» va XONS) 1934-yil noyabrda «Ispaniyani inqilobiy yangilash» deb nomlangan demagogiyadan iborat dasturni e’lon qildi. O‘ng kuchlarning hokimiyat tepasiga kelishi 76 «26 modda» deb nomlangan bu dastur Buyuk Ispan imperiyasini tuzish orqali yangi tartib o‘rnatishni targ‘ib etadi. Shu tariqa mamlakatda siyosiy totalitarizm va kuchli davlat mashinasiga sig‘inish qaror toptirildi. Fashizm tobora chuqur ildiz ota boshlagan bir sharoitda so‘l kuchlar birlashish zarurligini anglab yetdilar. 1936-yil 15-yanvarda ular xalq fronti haqida bitim imzoladilar. Xalq fronti o‘zining saylov oldi dasturida saylovchilarga siyosiy mah- buslarni afv etishga, ishdan bo‘shatilganlarni ishga tiklashga, repressiya aybdorlarini jazolashga, armiya va davlat apparatini demokratlashtirishga, dehqonlarga soliq va ijara haqini kamaytirishga, ishsizlikni tugatish uchun jamoat ishlarini tashkil etishga, ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunni tiklashga va’da berdilar. 1936-yil 16-fevralda parlamentga bo‘lib o‘tgan saylovda Xalq fronti g‘alaba qozondi. Xalq fronti hukumati o‘z va’dalarini bajarishga kirishdi. Masalan, agrar islohot bo‘yicha 1936-yilning iyuligacha dehqonlar 700 ming gektardan ortiq yer oldilar. Xalq fronti hukumatining chuqur islohotlari yirik sarmoyadorlarni, cherkovni, katta yer egalarini, harbiy generalitetni tashvishga solib qo‘ydi. Ular mamlakatda harbiy to‘ntarish o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rdilar. Gitler va Mussolini ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdilar. 1936-yilning 17-iyul kuni harbiylar Marokashda isyon boshladilar. 18- iyulda isyon Ispaniya hududiga ko‘chdi. Shu tariqa, Ispaniyada fuqarolar urushi boshlandi. Armiyaning 80 foizi isyonchi fashistlar tarafiga o‘tdi. Isyonga general F. Franko (1892—1975) rahbarlik qildi. Ispaniya qonuniy hukumati respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yuzasidan shoshilinch choralar ko‘ra boshladi. 300 ming kishilik respublikachilar armiyasi tuzildi. Fuqarolar urushi taqdirini Germaniya va Italiyaning ara- lashuvi hal etdi. Ular o‘z harbiy kuchlarini F. Frankoga yordamga yubor- dilar (jami 365 ming kishi). AQSH «betaraflik», Buyuk Britaniya va Fran- siya Ispaniya ishlariga «aralashmaslik» yo‘lini tutdilar. Natijada respublika- chilar chetdan qurol sotib olish imkonidan mahrum bo‘ldilar. Yevropa davlatlaridan, shu jumladan Sovet davlatidan ko‘ngilli qismlar kelib, Ispa- niyaning qonuniy hukumati tomonida turib urush harakatlarida qatnashdilar. Shunday og‘ir sharoitda ham hukumat (Largo Kabalero) islohotlarini davom ettirdi. Birgina 1936-yilning 7-oktabridan, dekretga ko‘ra, dehqonlar va chorakorlarga 5,5 mln ga yer berildi, basklarga milliy avtonomiya e’lon qilindi, oziq-ovqat mahsulotlariga qat’iy narx belgilandi. 1936-yil sentabrda isyonchi fashistlar mamlakat poytaxti Madridga hujum boshladilar. Fashistlar harbiy aslaha sifati va miqdori jihatidan katta ustunlikka ega edi. Respublikachilar ularga qarshi mardonavor jang qildilar. Biroq kuchlar teng emas edi. Fashizm g‘alaba qozondi. 1939-yil 28-martda Madrid egallandi. G‘arb davlatlari F. Franko hukumatini darhol tan oldilar. Fashistik diktatura o‘rnatilishi Xalq fronti g‘alabasi 77 Buyuk Britaniya va Fransiya hali qonuniy hukumat qulamagan payt- dayoq isyonchi fashist hukumatini tan olgan bo‘lsalar, AQSH 1939-yilning 1-aprelida tan oldi. Shu tariqa fashistik davlatlar soni yana bittaga ko‘paydi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Birinchi jahon urushi Italiya va Ispaniya uchun qanday oqibatlar keltirganligini faktlar asosida taqqoslang. 2. Italiya va Ispaniya iqtisodiyotidagi o‘xshash va farqli jihatlarni ajrating. 3. Yevropaning bu ikki davlatida fashizm qay tariqa hokimiyat tepasiga kelganini tahlil qiling. 4. B. Mussolini joriy etgan korporativ davlatning mohiyati haqida so‘zlab bering. 5. B. Mussolini hamda Primo de Riveraning ichki va tashqi siyosati haqida nimalarni bilib oldingiz? 6. Totalitarizmning mohiyatini izohlab bering. 7. Fashizmning Italiyada qonuniy yo‘l bilan, Ispaniyada esa davlat to‘ntarishi yo‘li bilan hokimiyat tepasiga kelganligini qanday izohlaysiz? 8. Nega G‘arb davlatlari Ispaniya ishlariga aralashmaslik siyosatini yuritgan edilar? JADVALNI TO‘LDIRING. ITALIYA VA ISPANIYA HUKUMAT RAHBARLARI FAOLIYATI (1918—1939) . r . T t a m u k u H i m o n i r a l r a b h a r t a y i l o a F i l i y n a g t a s r ‘ o k i k h c I i t a s o y i s i q h s a t a v 8-§. Amerika Qo‘shma Shtatlari AQSH jahon urushi natijasida dunyoning qud- ratli davlatiga aylandi. Xo‘sh, qanday omillar bunga sabab bo‘ldi? Ma’lumki, AQSH Birinchi jahon urushiga 1917-yilning aprel oyida kirgan edi. Yevropadagi harbiy harakatlarda esa 1918-yilning yozidan ishtirok etdi. AQSH monopoliyalari Yevropa davlatlariga ulkan miqdorda qurol- yarog‘ va oziq-ovqat mahsulotlari sotdi. Urush yillarida Qo‘shma Shtatlar monopoliyalari 35 mlrd dollar miqdorida sof daromad ko‘rdilar. Ayni paytda Yevropa davlatlari AQSHdan katta miqdorda qarz olishga majbur bo‘ldilar. Chunonchi, Yevropaning 20 davlati (jumladan, Buyuk Britaniya va Fransiya ham) 10 mlrd dollar miqdorida qarz bo‘lib qoldi. Bu qarz uchun yiliga to‘laydigan foizning o‘zi 1 mlrd dollarni tashkil etgan. Vaholanki, AQSH urushgacha Yevropa davlatlaridan 6 mlrd dollar qarz edi. Urush yillarida AQSHning chetga sarmoya joylashtirishi 6 baravar ko‘paydi. Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari ? 78 AQSH tashqi savdo aylanmasi 1914-yilda 2,3 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1920-yilda 8 mlrd dollarga yetdi. Eksport importdan 4 mlrd. dollar ortiq bo‘ldi. AQSH xazinasida dunyo oltin zaxirasining deyarli 50 foizi to‘plandi. 1914—1920-yillar mobaynida AQSH milliy boyligi 2,5 baravar ortdi. 1920-yilga kelib butun dunyoda ishlab chiqarilgan mahsulotning 47 foizi AQSH hissasiga to‘g‘ri keldi. Ayni paytda AQSH sanoatining turli tarmoqlari ham gurkirab rivojlandi. Masalan, dunyo bo‘yicha avtomobilning 80 foizi, neftning 67 foizi AQSHda ishlab chiqarildi. Shu tariqa AQSH jahonning yetakchi davlatiga, moliyaviy markaziga va jahon bozorining qudratli tayanchiga aylandi. Yuqorida qayd etilganidek, urush AQSHni ni- hoyatda boyitdi. Biroq bu narsa Amerika jamiya- tidagi ijtimoiy muammolarni butunlay hal etgani yo‘q. Aksincha, bu ijtimoiy muammolar keskinlashib bordi. Chunonchi, 1918-yilning oxirida ishsizlar soni 3 mln dan ortiq kishini tashkil etdi. Urush yillarida kundalik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kamaydi. AQSH monopoliyalari to‘plagan boylik yildan yilga o‘sdi. Biroq mehnat ahli turmush darajasi boylik bilan teng o‘smadi. Natijada ishchilar o‘z haq- huquqlari uchun kurasha boshladilar. Bu kurashda qatnashganlarning soni 1919-yilda 4 mln dan ortiq kishini tashkil etdi va ular 44—48 soatlik ish haftasini talab qildilar. AQSH hukmron doiralari ishchilar harakatiga va ularning so‘l tashki- lotlari faoliyatiga mavjud konstitutsiyaviy tuzumga qarshi suiqasd deb qaradilar. Shu tufayli mamlakatda o‘zgacha fikrlovchilarga qarshi eng shafqatsiz va mislsiz qatag‘on avj oldirildi. Xususan, AQSH hukumati 1918- yilda «Da’vatkorlik to‘g‘risidagi hujjat»ni qabul qildi. Hujjat mamlakatdagi mavjud tuzum to‘g‘risida bildiriladigan har qanday salbiy fikrlarni jinoyat, deb e’lon qildi. Bunday ayblovga uchraganlar yo 10 ming dollar jarima to‘lardi, yoki 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilardi. 2 mingdan ortiq kishi shunday jazolarga mahkum etildi. 1919-yilda sanoatda xususiy mulkdorlikni qoralovchi har qanday da’vat man etildi. 1920-yilda o‘zgacha fikrlashda shubha qilinganlikda ayblanib, 10 mingga yaqin taraqqiyparvar arboblar hibsga olindi. Kasaba uyushmalari ichida Amerika Mehnat Federatsiyasi (AMF) faollari va rasmiy rahbariyatning siyosatiga qarshi chiquvchilar ham quvg‘in ostiga olindi. Jumladan, 1920- yilda kasaba uyushmalari harakatining faollari, italiyalik muhojirlar Sakko va Vansetti bankini talash va politsiyachini o‘ldirishda ayblanib qamoqqa olindilar. Sud ularni o‘lim jazosiga hukm qildi va 1927-yilda ular elektr stulga o‘tqazilib qatl etildi. Bu mudhish voqeaning atayin uyushtirilganligi faqat Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoga ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa AQSHda 20-yillarning 2-yarmida o‘zgacha fikrlovchi va so‘l tashkilotlar tugatildi. AMF 1923-yilda ishchi tashkilotlar «Baltimor-Ogayo» Amerika jamiyatidagi muammolar 79 deb nomlangan rejani qabul qilishlariga erishdi. Unga ko‘ra, mulkdorlar ishchilar maoshini oshirish majburiyatini oldilar. Amerika ishchilar harakatida ish tashlash 1926-yilda barham topdi. Kasaba uyushmalari esa, o‘z navbatida, korxona egalari bilan kelishib, ish tashlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ish kunini uzaytirishga rozilik berish majburiyatini oldilar. 1922-yilning oxirida AQSH iqtisodiyotida yangi yuksalish boshlandi. 1928—1929-yillarga kelib AQSH sanoati Buyuk Britaniya, Fransiya, Ger- maniya, Italiya va Yaponiya sanoati birgalikda ishlab chiqargandan ko‘p mahsulot ishlab chiqardi. Chetga sarmoya chiqarish 1929-yilda 4 baravar ortdi. 1919—1929-yillar davomida AQSHning chet davlatlarga bergan qarzi boshqa barcha rivojlangan davlatlar bergan qarzdan ko‘p bo‘ldi. Bu qarzlar evaziga AQSH 1922—1932-yillar davomida 9,2 mlrd dollar foyda oldi. AQSH sudxo‘r davlatga aylandi. AQSHda iqtisodiy yuksalish yangi texnikaviy asosda eng yangi texnika uskunalarini qo‘llash, konveyer tizimi, standartlashtirish va modernizatsiyalash kabi usullarni keng tatbiq etish yo‘li bilan amalga oshirildi. Buning natijasi o‘laroq, birgina avtomobilsozlik sanoatida 1927-yilda 7 mln dona avtomobil ishlab chiqarildi. Shu tariqa ishlab chiqarish Amerika jamiyati taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchga aylandi. Ishlab chiqarishning tinimsiz o‘sishi orqali katta boylik yaratilishi rejalashtirildi va bu boylikning bir qismi qashshoqlikka barham berishga sarflanishi lozim edi. Shu tariqa, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishning Yevropa yo‘lidan farq qiluvchi Amerika yo‘li vujudga keldi. Yevropa yo‘li — ijtimoiy muammolarni ijtimoiy islohotlar yo‘li bilan hal etish yo‘li. Amerika yo‘li esa tadbirkorlik faoliyatini yanada o‘stirish orqali mulkdorlarni yanada boyitish va bu boylikning bir qismini ijtimoiy muam- molarni hal etishga sarflash yo‘li edi. Bu hodisa tarixda «yangi ijtimoiy falsafa», deb nom olgan. AQSHda yangi ijtimoiy falsafa hayotda ma’lum darajada o‘z ifodasini topdi. 20-yillar oxirida avtomobillar soni 28 mln ni tashkil etdi. Bu — Amerika deyarli har bir oila avtomobilga egalik qilishi imkoniyatini qo‘lga kiritdi, degani edi. Boshqa iste’mol tovarlari ham ko‘plab ishlab chiqarildi. Tovarlarni kreditga sotish keng yo‘lga qo‘yildi. Bu esa ishlab chiqarishning yanada o‘sishiga olib keldi. Mamlakat to‘la telefonlashtirildi. Biroq bu aytilganlar Amerika jamiyatida muammolar tugatildi, degani emas edi. Xususan, 1928-yilda jamiyatda ishsizlar soni 3 mln kishini tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi og‘ir ahvolda qoldi. 1920—1930-yillarda fermer xo‘jaliklari soni kamaydi. Ularning qarzi 15 mlrd dollarga yetdi. Buning asosiy sababi mamlakatda qishloq xo‘jalik mahsulotlari asosan chet davlatlardan keltirilishi edi. 20-yillarda AQSHning iqtisodiy ahvoli 80 AQSHdek qudratli rivojlangan davlat ham iqtiso- diy inqirozni chetlab o‘ta olmadi. 1929-yilning kuzida AQSHda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bu inqiroz boshqa davlatlarga ham keng yoyildi va u jahon iqtisodiy inqiroziga aylandi. Inqirozga ortiqcha ishlab chiqarish sabab bo‘ldi. Iqtisodiy inqiroz AQSH uchun eng ko‘p talafot keltirdi. Shuning uchun ham u «Buyuk dep- ressiya» deb nom oldi. Chunonchi, inqiroz tufayli AQSHda sanoat ishlab chiqarishi deyarli 50 foizga qisqardi. 10 ming bank sindi. 130 mingga yaqin savdo va sanoat firmalari bankrot bo‘ldi. Ishlab chiqarilgan tovarlar sotilmay qoldi. Natijada ular yo‘q qilina boshlandi. Ishchilarga to‘lab kelinayotgan yillik ish haqining umumiy summasi 15 mlrd dollardan 6 mlrd dollarga tushib qoldi. 1933-yilning boshida mamlakatda ishsizlar soni 17 mln kishini tashkil etdi. Bu AQSH tarixida eng yuqori ko‘rsatkich edi. Mamlakatda ishsizlikni sug‘urtalash haqida qonun yo‘q edi. Natijada ochdan o‘lish hollari ham yuz berdi. Inqiroz AQSH qishloq xo‘jaligi uchun ham ayanchli bo‘ldi. Xarid narxining pasayishi fermer xo‘jaliklarini halokat yoqasiga olib keldi. Prezident Guver (1928—1932) hukumat korxonalari sinishining oldini olish maqsadida 3,5 mlrd dollarlik kapitalga ega bo‘lgan moliyaviy qayta qurish korporatsiyasini tashkil etdi. Hukumat Federal fermer kengashiga 500 mln dollar mablag‘ ajratdi. Uning maqsadi tovarlarning bozordagi nar- xini tushirmasdan saqlashni ta’minlash edi. Biroq bu tadbirlar yetarli samara bermadi. «Buyuk depressiya» ommaviy stachka harakatining boshlanishiga sabab bo‘ldi. Ishsizlar Vashington shahriga yurish boshladilar. Bu yurishlar «ochlar yurishlari» deb nom oldi. Hukumat ommaviy harakatlarni shafqatsizlik bilan bostirdi. 1932-yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Demokratlar partiyasi nomzodi Franklin Delano Ruzvelt g‘alaba qozondi. U AQSH tarixida eng mashhur prezident sifatida nom qoldirdi. AQSH Konstitutsiyasiga ko‘ra, bir kishi ketma-ket ikki marta prezident etib saylanishi mumkin bo‘lgan holda F. Ruzveltga kelganda, davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib, Konstitutsiyaning bu talabini buzishga to‘g‘ri keldi. U to‘rt marta ketma-ket prezidentlikka saylandi. Xo‘sh, F. Ruzvelt (1882—1945) qanday xizmatlari evaziga bunday buyuklikka erishgan? U AQSHni iqtisodiy inqirozdan qutqarish va uning buyukligini saqlab qolishning har tomonlama puxta ishlangan rejasini yarata oldi va uni hayotga to‘la tatbiq qildi. Bu AQSH tarixiga F. Ruzveltning «yangi yo‘li» nomi bilan kirdi. Yangi yo‘l — Amerika iqtisodiyotida keng miqyosli islohotlar o‘tkazish yo‘li edi. Uning mohiyati ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni to‘liq saqlab qolgan holda, davlat boshqaruvini iqtisodiyotga va ijtimoiy muno- F. Ruzveltning «yangi yo‘li» 30-yillarda iqtisodiy ahvol 81 sabatlarga keng joriy etishni tashkil etadi. F. Ruzveltning «yangi yo‘li» bo‘yicha davlat mamlakat iqtisodiyotini boshqarishga faol aralashdi. Mehnat huquqi jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqildi. Ishsizlikka qarshi kurash uchun katta miqdorda mablag‘ ajratildi. Ayni paytda ijtimoiy sug‘urta asoslari — pensiya, nafaqa, sog‘liqni saqlash va xalq ta’limini takomillash- tirish ko‘zda tutildi. F. Ruzvelt ishni birinchi navbatda banklarni saqlab qolishdan boshladi. Shu maqsadda Favqulodda bank qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra, faqat eng yirik banklarga davlat qarzi olishga ruxsat etildi. Oqibatda 25 mingta bankdan 15 mingtasi qoldi. Ular davlatdan qarz olib, omonatchilar ko‘z o‘ngida o‘z obro‘larini saqlab qola oldi. 1933-yilda «Sanoatni qayta tiklash haqida» qonun qabul qilingan. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan boshqarilishi tizimini joriy etdi. Bu tizim sanoatning har bir sohasi uchun ishlab chiqilgan «Halol raqobat kodeksi» deb nomlangan hujjatda o‘z ifodasini topgan. Bu kodekslarda har bir korxonaning mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mahsulot narxi, savdo bozori belgilab qo‘yildi. Ayni paytda qonun ish haqi eng kam miqdori hamda ish haftasining maksimal vaqti kodekslarda qat’iy belgilanishini talab etadi. Bundan tashqari, qonunda korxona ma’muriyati bilan jamoaviy shartnoma tuzilishi, ishsiz- larga yordam berilishi ko‘zda tutildi. Davlat ishsizlikka qarshi kurash maqsadida ijtimoiy ishlar maxsus qo‘mitasini tuzdi. Bu qo‘mitaga yo‘l qurish, maktablarni ta’mirlash, sport Franklin Delano Ruzvelt. 6 — Jahon tarixi 82 majmualari barpo etish kabilar yuklatildi. Shu orqali 8 mln ishsiz ish bilan ta’minlandi. Kambag‘al oilalardagi 18—25 yoshli ishsiz fuqarolar uchun maxsus lagerlar barpo etilgan. Ularda tekin ta’lim berilib, bu ishsizlar sanoatning yangi tarmoqlari uchun zarur ixtisosliklarga o‘rgatildi. Har bir shtatga ishsizlarga yordam ko‘rsatish uchun dotatsiyalar ajratil- di. Natijada bu tadbirlar AQSHni ijtimoiy larzalardan saqlab qoldi. «Yangi yo‘l» AQSH qishloq xo‘jaligini ham qamrab oldi. Chunki inqiroz AQSH qishloq xo‘jaligiga juda katta ziyon yetkazgan edi. Buning oqibatida ko‘plab fermer xo‘jaliklari halokatga uchradi. AQSH Kongressi 1933-yilning 12-mayida «Fermerlarga yordam haqida» qonun qabul qildi. Qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xarid narxlari oshirildi. O‘z navbatida, fermerlar ekin maydoni va chorva mollari sonini qisqartirish haqida davlat bilan shartnoma tuzishlari lozim edi. Shunday qilgan fermerlarga mukofot belgilandi. Fermerlarning qarzi davlat hisobiga o‘tkazildi yoki uni to‘lash noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi. Ayni paytda fermerlarga kredit berildi va nihoyatda nochor fermer xo‘jaliklari tugatildi. Bular jami fermer xo‘jaliklarining 10 foizini tashkil etgan. Bu tadbirlar Amerika qishloq xo‘jaligini halokatdan saqlab qoldi. «Yangi yo‘l» siyosati ijtimoiy himoyani ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Chunonchi, 1935- yilda Kongress «Vagner qonuni»ni qabul qildi. Unga ko‘ra, ishchilar jamoaviy shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘ldilar. Ayni paytda ishchilarga ish tashlash huquqi ham berildi. Ish tashlashda qatnashganlik uchun ta’qib etish taqiqlandi. Shu yili AQSH tarixida birinchi marta ijtimoiy sug‘urtalash haqida qonun qabul qilindi. Unda keksalarni ta’minlash; ishsizlik bo‘yicha yordam puli to‘lash; nogironlarga, yolg‘iz oilalarga va yetim bolalarga nafaqa to‘lash ko‘zda tutildi. Bu hodisa adolatli jamiyat qurilishi yo‘lidagi katta qadam edi. «Yangi yo‘l» keng ommaning ahvolini yaxshilash uchun eng boy oila- larning daromadlariga qo‘shimcha soliq solishni izchillik bilan amalga oshirdi. Shu tariqa, F. Ruzveltning «yangi yo‘li» dunyoda eng ko‘lamli inson huquqlari va konstitutsiyaviy kafolatlar tizimini vujudga keltirdi. Oqibatda AQSHda dunyoda eng yuqori turmush darajasi ta’minlandi. «Yangi yo‘l» AQSHga buyuk, gullab-yashnayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mukammal davlat shuhratini keltirdi. AQSH tashqi siyosatida ikki oqim, ya’ni izolat- sionizm va internatsionalizm tarafdorlari o‘rtasida kurash ketdi. Izolatsionizm tarafdorlari AQSHning faol tashqi siyosatiga qarshi edilar. Ular asosan ichki muammolar bilan shug‘ullanishni afzal bildilar. Internatsionalizm tarafdorlari esa, AQSH jahon siyosatining faol ishtirokchisi bo‘lishi kerak, deb hisoblardilar. Oxir-oqibatda bu oqim g‘alaba qozondi. Ijtimoiy himoya borasidagi tadbirlar Tashqi siyosat 83 AQSH dunyodagi eng buyuk davlatga aylangan bir davrda, tabiiyki, u dunyo siyosatidan chetda tura olmas ham edi. AQSHning Birinchi jahon urushida qatnashishi izolatsionizmga uzil-kesil chek qo‘ydi. Birinchi jahon urushi tugagach, AQSH jahon siyosiy xaritasini qayta qurishning faol ishtirokchisi bo‘lishga urinib ko‘rdi. Chunonchi, u Versal — Vashington tizimini yaratishda faol qatnashdi. Uning qat’iy talabi bilan Millatlar Ligasi ustaviga Versal shartnomasi matni qo‘shildi. Ayni paytda Buyuk Britaniya va Fransiya AQSHning dunyoda, xusu- san, Yevropada gegemonligi o‘rnatilmasligi uchun barcha choralarni ko‘rdilar. Xususan, Versal shartnomasi, Buyuk Britaniya va Fransiya manfaatlarini ko‘proq aks ettirganligi shu bilan ham izohlanadi. Bundan tashqari, Parij sulh konferensiyasi Uzoq Sharqda Yaponiya mavqeyini ham mustahkamladi. Bular AQSH tashqi siyosatining amaldagi muvaffaqiyatsizligi edi. Shuning uchun ham AQSH Kongressi Versal shartnomasini tasdiqlamadi. AQSH Yevropadagi ta’sirini saqlab qolish uchun 1921-yilda Germaniya bilan alohida tinchlik shartnomasini imzolashga muvaffaq bo‘ldi. AQSH Tinch okean havzalarida o‘z mavqeyini mustahkamlash niyatida prezident U. Garding (1921—1923) talabi bilan 1921-yilda Vashington kon- ferensiyasini chaqirishga erishdi. Bu konferensiya qarorlari haqidagi 1—2- paragrafda aytib o‘tildi. AQSH kuchaya borgan sari, boshqa buyuk davlatlarni jahon bozorlari- da ta’qib eta boshladi. Xususan, Buyuk Britaniyaning Markaziy va Janubiy Amerika bozoridagi o‘rniga zarba berdi. Masalan, 1913—1927-yillar oralig‘ida Buyuk Britaniyaning bu mintaqa davlatlari importida ulushi 25% dan 16% ga tushib qoldi. AQSHning ulushi 24% dan 38% ga ortdi. AQSHning Janubiy Amerika davlatlariga joylashtirgan sarmoyasi esa 13 baravar ko‘paydi. To‘g‘ri, Lotin Amerikasi davlatlarining Vatanparvar kuchlari AQSHning bu mamlakatlarni asoratga solishiga befarq qarab turmadilar. Ular imkoniyatlari darajasida qarshilik ko‘rsatdilar. Prezident K. Kulij (1923—1929) davrida Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashlari ayovsiz bostirildi. 1928-yilga kelganda Lotin Amerikasining 20 davlatidan 14 tasi AQSHga moliyaviy qaram bo‘lib qoldilar. Shu tariqa g‘arbiy yarim sharda AQSH sarmoyasi tanho hukmronlik qila boshladi. AQSH hukmron doiralari faqat Lotin Amerikasi davlatlarini asoratga solish yoki ularning ichki ishlariga aralashish bilan cheklanib qolmadi. AQSH G‘arbiy Yevropani ham o‘z moliyaviy ta’sirida saqlab turishga zo‘r berib urindi. Bunda «Daues rejasi» ga (1924-y.) katta umid bog‘ladi. Bu reja Germaniya harbiy qudratini amalda qayta tikladi. Germaniya qudratini qayta tiklashdan maqsad Buyuk Britaniya va Fransiyaning Yevropada haddan tashqari qudratli davlatga aylanishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi. 84 1927-yilning mart oyida AQSH harbiy-dengiz kuchlari Xitoyga qarshi harbiy intervensiyada ishtirok etdi va shu yilning aprelida Chan Kayshi amalga oshirgan davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatladi. Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling