Jahon tarixi


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/38
Sana25.02.2017
Hajmi3.01 Kb.
#1260
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Prezident G. Guver davrida (1929—1932) AQSHning harbiy xarajatlari
yildan yilga o‘sib bordi. Xususan, 1929-yilda AQSHning harbiy xarajatlari
Fransiya va Yaponiyaning birgalikdagi harbiy xarajatlaridan ko‘p bo‘ldi.
Sovet davlatini tan olmaslik siyosati davom ettirildi. AQSH Germaniya
iqtisodiy qudratini yanada tiklash siyosatini davom ettirdi. Chunonchi, 1929-
yilda Daues rejasini «Yung rejasi» bilan almashtirishga erishdi. Bu reja
Germaniyaning reparatsiya to‘lash shartlarini yanada yengillashtirdi.
Uzoq Sharq va Tinch okean havzasida AQSH — Yaponiya munosabat-
lari keskinlashib bordi. AQSH Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining
yetakchi mavqeyini yo‘qqa chiqarish uchun hamma choralarni ko‘rdi. 1930-
yilga kelib amalda bunga erishdi ham. Shu yil Londonda o‘tkazilgan va
dengiz masalasini muhokama qilgan konferensiya ikki davlat harbiy-dengiz
floti bir xil qudratga ega bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
1930-yilda AQSH tashqi savdoda import tovarlar uchun katta boj to‘lovi
joriy etdi. Bu esa uning boshqa buyuk davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarini
yanada sovuqlashtirdi. 1932-yilda bo‘lib o‘tgan Lozanna konferensiyasi
AQSHning qat’iy qo‘llab-quvvatlashi tufayli Germaniyani reparatsiya
to‘lashdan amalda ozod etdi. Bu esa Germaniya harbiy qudratining tikla-
nishiga xizmat qildi.
F. Ruzvelt davrida (1932—1945) AQSHning xalqaro mavqeyi yanada
mustahkamlandi. 1933-yil 16-noyabrda AQSH Sovet davlatini tan oldi va
u bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi. Lotin Amerikasi xalqlari ko‘z o‘ngida
AQSH o‘zining bu mintaqadagi tashqi siyosatining tub mohiyatini niqoblash
maqsadida «yaxshi qo‘shnichilik» shiorini e’lon qildi.
AQSH Germaniya va Yaponiyaning agressiv rejalariga qarshi xalqaro
to‘siq qo‘yish borasida amalda jiddiy harakat qilmadi. Aksincha, 1935-
yilda AQSH Kongressi «Betaraflik to‘g‘risida» qonun qabul qildi. Qonun
prezidentga urushda qatnashayotgan tomonlarga qurol sotishni taqiqlash
huquqini berdi. Biroq Germaniya va Italiya urushuvchi davlatlar ro‘yxatiga
kiritilmagan edi. Shuning uchun ham ular AQSHdan qurol sotib olishlari
mumkin edi. Aksincha, agressiya qurbonlari bo‘lgan Efiopiya va Ispaniya
AQSHdan qurol sotib olish va qarz olish huquqlaridan mahrum etilgan
edi.
AQSHning betaraflik siyosati amalda Germaniyaning kuchayishini va
yangi urush o‘chog‘iga aylanishini ta’minladi.
Shunday qilib, ikki jahon urushi oralig‘ida AQSH dunyodagi eng boy
davlatga aylandi. «Ford», «Jeneral Motors», «Dyupon», «Po‘lat tresti» kabi
gigant kompaniyalar yanada kuchaydi. Dunyoning ko‘p joylarida o‘z ta’si-
rini o‘tkazdi. «Bo‘lib tashla, hukmronlik qil» prinsipiga amal qildi. Boylik
orttirish maqsadida urushlarni qo‘llab-quvvatladi. Ma’naviy tubanlikka ketdi.

85
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari jadvalini tuzing.
2. 20-yillarda Amerika jamiyati oldida qanday muammolar mavjud edi?
3. AQSHning 20-yillardagi iqtisodiy ahvolini baholang va uni 30-yil iqtisodiy
ahvoli bilan taqqoslang.
4. F. Ruzvelt «yangi yo‘l» siyosatining mohiyati nimadan iborat edi?
5. «Yangi yo‘l» siyosati AQSH uchun nimalar berdi?
6. AQSHning 1918—1939-yillardagi tashqi siyosati bilan Buyuk Britaniya
hamda Fransiya tashqi siyosatini taqqoslang va undan mustaqil xulosa
chiqaring.
JADVALNI TO‘LDIRING. AQSH PREZIDENTLARI
FAOLIYATINI YORITING
.
r
.
T
r
a
l
t
n
e
d
i
z
e
r
P
i
m
o
n
k
i
l
n
o
r
m
k
u
H
i
r
a
l
l
i
y
i
q
h
s
a
t
a
v
i
k
h
c
I
i
t
a
s
o
y
i
s
9-§. Lotin Amerikasi davlatlari
Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlari
hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, bu
mamlakatlar iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan o‘sa
boshladi. Bunga Birinchi jahon urushida qatna-
shayotgan davlatlarda Lotin Amerikasi mamla-
katlari xomashyosi va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga nisbatan talabning
ortib ketganligi sabab bo‘ldi. Ikkinchidan, urush tufayli Yevropadan
keltiriladigan tayyor mahsulotlar keskin kamaygan. Bu hol Lotin Amerikasi
davlatlarida qayta ishlash sanoatini kuchaytirdi.
Uchinchidan, jahon bozorida xomashyo va qishloq xo‘jalik mahsulotla-
rining narxi ham ko‘tarilgan edi. Masalan, Kuba eksport qiladigan qand-
ning narxi 11 baravar ko‘tarildi. Bu omillar, o‘z navbatida, kapital
jamg‘arilishiga va milliy ishlab chiqarishning o‘sishiga olib keldi. Xususan,
Braziliyada 6 mingga yaqin yangi sanoat korxonasi qurildi. Bu Braziliya
tarixida undan avvalgi 25 yil ichida qurilgan sanoat korxonalari sonidan
ko‘p edi.
Ayni paytda buyuk davlatlar Lotin Amerikasida o‘zlarining iqtisodiy-
moliyaviy ta’sirlarini saqlab qolishga urindilar. Bu AQSH — Buyuk Britaniya
munosabatlarini keskinlashtirdi.
Birinchi jahon urushigacha yer yuzining bu nuqtasida Buyuk Brita-
niya kapitali yetakchi mavqega ega bo‘lgan bo‘lsa, AQSH uni endi tobora
iskanjaga oldi va AQSH kapitali yildan-yilga o‘z mavqeyini mustahkamlay
bordi.
?
Birinchi jahon
urushining Lotin
Amerikasi
davlatlariga ta’siri

86
20-yillarda jahon bozorida  Lotin Amerikasi
tovarlariga qulay narx-navo saqlanib turdi. Bu, o‘z
navbatida, iqtisodiyotning taraqqiyotiga xizmat qildi.
Biroq bu iqtisodiy taraqqiyot asosan ekstensiv omillar hisobiga ta’minlana
bordi.
Shuningdek, bu qit’a davlatlari iqtisodiyotiga qishloqda latifundiyachilar
zo‘ravonligi, ishlab chiqarishning asosan tashqi bozor ehtiyojlariga moslashib
qolganligi hamda chet el kapitaliga qaramlik xususiyatlari ham xos edi.
Bular iqtisodiyotni tobora qiyin ahvolga tushirib qo‘ymoqda edi.
Bundan foydalangan buyuk davlatlar bu qit’a davlatlari iqtisodiyotiga o‘z
ekspansiyalarini yanada kuchaytirdilar.
Agar 20-yillarga qadar Lotin Amerikasiga sarmoya joylashtirishda Buyuk
Britaniya birinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, 20-yillarning oxiriga kelib vaziyat
tubdan o‘zgardi. Endi AQSH bu borada Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi.
30-yillarning oxiriga kelib esa AQSHning yirik kompaniyalari bu yerda
o‘z hukmronlik mavqeyini o‘rnatdilar. Xususan, elektr stansiyalar, temir
yo‘llar, pochta-telegraf, port va tog‘ sanoati AQSH sarmoyasiga qaram
bo‘lib qoldi.
Xorijiy sarmoyaning bunday tazyiqi Lotin Amerikasining jahon ijtimoiy
taraqqiyotidan orqada qolishiga olib keldi. Shu tariqa, Lotin Amerikasi
davlatlari rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining xomashyo bazasiga aylanib
qoldi.
Lotin Amerikasi davlatlarida siyosiy hayot turlicha edi. Iqtisodiy jihatdan
qoloq davlatlarda rasman respublika tuzumi e’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda
ularda avtoritar va diktatorlik tartiblari o‘rnatilgan edi. Ayrim davlatlar kon-
stitutsiyasida hokimiyatning oliy vakillik organi huquqlari kafolatlanishi qayd
etilgan bo‘lsa-da, hokimiyat u yoki bu soha oligarxiyasi qo‘lida to‘plangan
edi. Masalan, Braziliyada butun hokimiyatni amalda qahva oligarxiyasi qo‘lga
olgan edi.
Iqtisodiy jihatdan nisbatan taraqqiy etgan davlatlarda (Argentina, Chili
va Urugvay) urushdan keyin konservativ-oligarxiya tartibi o‘z o‘rnini
liberal-demokratik kuchlarga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi. Ular
mamlakatda liberal islohotlarni amalga oshirdilar. Bu islohotlar Lotin
Amerikasi tarixida yangi hodisa edi. O‘z mazmuniga ko‘ra Yevropa
islohotiga yaqin bo‘lgan bu islohotlar natijasida qator ijtimoiy muammolar
bartaraf etildi.
Bu o‘rinda Argentinada prezident I. Irigoyen davrida 1928—1930-yillarda
amalga oshirilgan islohotlar, ayniqsa, diqqatga sazovor. U davlat vositachiligi
yo‘li bilan sarmoya va mehnat o‘rtasida hamkorlikni ta’minlay oldi. Bu
mamlakatda 8 soatlik ish kuni, yakshanbada dam olish, ijtimoiy sug‘urta
kabi ijtimoiy muammolar ijobiy hal etildi.
Iqtisodiy va ijtimoiy-
siyosiy ahvoli

87
Jahon iqtisodiy inqirozi (1929—1933) Lotin
Amerikasi davlatlari iqtisodiyotiga katta salbiy
ta’sir ko‘rsatdi. Bunga bu davlatlar iqtisodiy
taraqqiyoti chet el bozoriga bog‘liq bo‘lib qol-
ganligi, shuningdek, xorijiy kapitalga qaramligi sabab bo‘ldi.
Inqiroz tufayli Lotin Amerikasi davlatlari eksporti keskin darajada pasaydi.
Natijada minglab zavod va fabrikalar, plantatsiyalar to‘la ishlamay qo‘ydi.
O‘z xaridorini topa olmagan millionlab tonna kofe, don va boshqa qishloq
xo‘jalik mahsulotlari yo‘q qilindi. Ishsizlar soni ko‘paydi.
Bular, o‘z navbatida, davlatlarning ichki siyosiy barqarorligini izdan chiqardi
va keskin siyosiy o‘zgarishlar yuz berishga olib keldi. Bu o‘zgarishlar, bir
tomondan, ba’zi davlatlarda hokimiyat tepasida turgan liberal islohotchilarni,
ikkinchi tomondan esa, ba’zi davlatlarda hokimiyat tepasida turgan avtoritar
va diktatorlik tartiblarini qulatganligi bilan ajralib turadi.
Masalan, 1930-yilda Argentinada harbiy to‘ntarish o‘tkazilib, islohotchi
prezident I. Irigoyen hukumati ag‘darilgan bo‘lsa, Braziliyada qahva oligarxiyasi
tartibi hokimiyati quladi. Chili va Kubada ham diktatorlik boshqaruvi barham
topdi. Kolumbiyada 1930-yilda konservator oligarxiya tartibi o‘rniga
hokimiyatga liberal islohotchilar keldi.
Bu faktlar iqtisodiy inqirozning ham konservator, ham diktator, ham
liberal islohotchilar obro‘sining xalq ommasi ko‘z o‘ngida birday to‘kilishiga
sabab bo‘lganligining isbotidir.
Iqtisodiy inqiroz davlatning iqtisodiyotga aralashuviga sabab bo‘ldi. Davlat
inqirozdan chiqish uchun iqtisodiyotni tartibga sola boshladi. Davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi va uni tartibga solishi, birinchi navbatda, import
mahsulotlarga yuqori boj to‘lovlarini joriy etishda yaqqol ko‘zga tashlandi.
Ikkinchidan, davlat milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun mahalliy
tadbirkorlarga imtiyozli kredit berish va imtiyozli soliq tartibini qo‘llashni
joriy etdi. Uchinchidan, iqtisodiyotda davlat sektorini rivojlantirish va
mustahkamlash yo‘lini tutdi.
Ayni paytda mamlakatda ichki siyosiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida
qator ijtimoiy islohotlar ham o‘tkazildi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
milliy ishlab chiqarishning o‘sishiga va milliy sarmoyaning mustahkam-
lanishiga xizmat qildi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, urushgacha Buyuk
Britaniya Lotin Amerikasida yetakchi mavqeni
egallar edi. Birinchi jahon urushi vaziyatni tubdan
o‘zgartirib, Yevropa davlatlarining Lotin Ameri-
kasidagi faolligini pasaytirib yubordi. Bundan foydalangan AQSH bu
mintaqada o‘z ekspansiyasini kuchaytirdi. Natijada AQSHning Lotin
Amerikasi davlatlariga joylashtirgan sarmoyasi 1929-yilga kelib 1913-yildagi
ko‘rsatkichga nisbatan 4,5 baravar ortdi.
Buyuk davlatlarning
Lotin Amerikasi
uchun kurashi
Jahon iqtisodiy
inqirozining Lotin
Amerikasiga ta’siri

88
Lotin Amerikasi xalqlari orasida Amerikaga qarshi kayfiyat kuchayishining
oldini olish hamda AQSHning bu mintaqadagi mavqeyini mustahkamlash
maqsadida prezident F. Ruzvelt 1933-yilda AQSH intervensiyadan voz kech-
ganligi hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligi haqida
bayonot berdi.
Ayni paytda Lotin Amerikasi davlatlari bilan «yaxshi qo‘shnichilik»
siyosatini e’lon qildi. Bu siyosat AQSH ekspansiyachilik siyosatining yangi
davrdagi o‘ziga xos shakldagi davomi edi.
30-yillardan boshlab Lotin Amerikasida fashist blokiga kiruvchi davlatlar —
Germaniya, Italiya va Yaponiya ham o‘z ta’sirini qaror toptirishga urindilar.
Ular strategik xomashyoga muhtoj bo‘lganliklari tufayli bu qit’a davlatlari
bilan savdo aloqalarini rivojlantirdilar va o‘z sarmoyalarini joylashtirishga
urindilar.
Xususan, Germaniya sarmoyasi Argentina, Braziliya, Chili va Paragvay
iqtisodiyotiga joylashtirildi. Biroq Germaniya fashistlari savdo-iqtisodiy
aloqalar bilan cheklanib qolmadilar. Ular bu mintaqada ham fashistik
tashkilotlar tuzishga urindilar. Bu niyatni amalga oshirishda Lotin Ameri-
kasida yashayotgan nemis muhojirlariga tayandilar. Eng yirik davlatlar —
Argentina va Braziliya fashizm ekspansiyasining Lotin Amerikasidagi
tayanchlari bo‘lishi kerak edi. Tashkil etilgan fashistik tashkilotlar hokimiyat-
ni egallash uchun ham harakat qildilar.
Bundan tashqari, Germaniya va Italiya Lotin Amerikasi davlatlarida
fashistlarning hokimiyatni Ispaniya usulida egallashlariga umid bog‘ladilar
va ularni qo‘llab-quvvatladilar. Biroq fashistlar o‘z maqsadlariga erisha ol-
madilar.
Buning sababi Germaniya va uning ittifoqchilarining bu mintaqada
AQSH va G‘arbiy yevropalik boshqa raqiblarini siqib chiqarishga iqtisodiy
qudratlari yetmaganligida edi.
Ikkinchidan, Lotin Amerikasining u yoki bu davlatida ichki fashistik
kuchlarning hokimiyatni egallash yo‘lidagi urinishlari liberal-demokratik
kuchlar boshchiligidagi antifashistlarning qudratli qarshiligiga uchragan edi.
Shu tariqa, Lotin Amerikasi xalqlari qit’ada fashizm qaror topishiga yo‘l
qo‘ymadilar.
Braziliya — Birinchi jahon urushida ishtirok etgan
davlatlardan biri. Xususan, u 1917-yilning 26-
oktabrida AQSHdan so‘ng Germaniyaga urush e’lon qildi.
Biroq Braziliyaning bu urushdagi ishtiroki keng ko‘lamli bo‘lmadi.
Chunonchi, Braziliya Buyuk Britaniyaning bir qator harbiy-dengiz
tadbirlarida qatnashdi. Shuningdek, uning harbiy kemalari Janubiy
Atlantikada patrul xizmatini bajargan, xolos. Shu ma’noda olganda,
Braziliyaning jahon urushidagi ishtiroki ko‘proq ramziy ma’no kasb etdi.
Shunday bo‘lsa-da, Braziliya Versal shartnomasini g‘olib davlatlar qatorida
imzoladi. Urush ayni paytda Braziliya iqtisodiyoti rivojiga ijobiy ta’sir
Braziliya

89
ko‘rsatgan. Bunga urush tufayli Yevropa eksporti kamayganligi sabab bo‘lgan.
Biroq, baribir, Braziliya agrar davlat bo‘lib qola berdi. Ishga yaroqli aholi-
ning 72% qishloq xo‘jaligida band bo‘lgandi. Qishloq xo‘jaligining asosini
kofe va qand yetishtirish tashkil etgan va mamlakat moliyaviy ahvoli ayni
shu kofe eksporti darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Braziliya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishi uzoqqa cho‘zilmadi. 1920—
1921-yillarda uning iqtisodiyotida inqiroz yuz berdi. Eksport mahsulotla-
rining narxi keskin pasaydi. Masalan, 1919-yilda 1 qop (60 kg) kofe 27 sentga
sotilgan bo‘lsa, 1921-yilda bu ko‘rsatkich 9,5 sentni tashkil etdi. Inqiroz
Braziliya iqtisodiyotining chet el sarmoyasiga qaramligini yanada kuchaytirdi.
1923—1928-yillarda Braziliya iqtisodiyotining qisman barqarorlashuvi aso-
san chet el sarmoyasi hisobiga amalga oshirildi. Chunonchi, 1929-yilga
kelib AQSHning bu davlat iqtisodiyotiga joylash-tirgan sarmoyasi 476 mln
dollarni, Buyuk Britaniya joylashtirgan sarmoya esa 1 mlrd dollarni tashkil
etdi.
Ayni paytda mamlakatda ichki siyosiy vaziyat ham keskinlashib bordi.
Prezident S. Bernardis (1922—1926) davrida mamlakatda diktatorlik tartibi
qaror topa boshladi. Mamlakatda siyosiy josuslik va ayg‘oqchilik tizimi
keng quloch yoydi va bu hodisa mamlakatda keskin norozilikni keltirib
chiqardi. Norozilik hatto armiyaga ham ta’sir ko‘rsatdi.
1924-yilning 5-iyulida San-Paulo shahrida joylashgan harbiy qismda
qo‘zg‘alon ko‘tarildi. Hukumatga sodiq qo‘shinlar qo‘zg‘alonchilarga qarshi
3 hafta davomida kurash olib borishga majbur bo‘ldi. 1924-yilning 28-
oktabrida esa Santo-Anjelu shahrida kapitan K. Prestes boshchiligida
harbiylar qo‘zg‘aloni boshlandi. Hukumat qo‘shinlari qo‘zg‘alonchilarga qarshi
og‘ir janglar olib borishga majbur bo‘ldi va, nihoyat, 1927-yilning 13-fevralida
qo‘zg‘alonchilarning so‘nggi otryadlarini Boliviya hududiga surib chiqara
oldi.
1929-yilda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi Braziliya iqtisodiyotini
yanada og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Inqirozdan mamlakat qishloq xo‘jaligi,
ayniqsa, katta talafot ko‘rdi. Xususan, mamlakat omborxonalarida 37 mln
qop kofe yig‘ilib qoldi. 3 yil ichida 40 ming qop kofe dengizga oqizildi yoki
yoqib tashlandi. Eksport keskin kamaydi.
Mamlakat aholisining turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Bu
omillar, o‘z navbatida, demokratik va ijtimoiy harakatni kuchaytirdi.
Shunday bir sharoitda hukmron doiralar mavjud tartibni saqlab qolish
maqsadida davlat to‘ntarishi o‘tkazishga qaror qildilar. Uni 1930-yilning
oktabrida hukmron doiralar bilan mustahkam aloqada bo‘lgan harbiylar
amalga oshirdilar. Mamlakatda J. Vargas diktaturasi o‘rnatildi va diktatura
1891-yilgi mamlakat Konstitutsiyasini bekor qildi.
Hatto qonun chiqaruvchi barcha vakolatni ham hukumatning o‘zi amalga
oshira boshladi. Lekin diktatura mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyatni
barqarorlashtira olmadi. Hukmron doiralar turli tabaqalari o‘rtasida hoki-

90
miyat uchun kurash davom etdi. Natijada 1934-yilning 16-iyulida mamla-
katning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Ichki iqtisodiy va siyosiy barqarorlik
ayni paytda mamlakatda fashizm harakatini vujudga keltirdi. Fashizm siyosiy
hayotga tobora jiddiy xavf sola boshladi.
Mamlakatning taraqqiyparvar kuchlari 1935-yilda fashizmga qarshi yagona
xalq frontini tuzishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu front — «Xalq fronti
umumbraziliya tashkiloti milliy ozodlik Alyansi» deb ataldi. Alyans tub
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazish dasturini ilgari surdi. Alyansning obro‘-
e’tibori tobora o‘sib bordi. Bundan cho‘chigan hukumat 1935-yilning 11-
iyulida uning faoliyatini taqiqladi.
Mamlakatda terror va repressiya kuchaydi. Bunga javoban 1935-yilning
noyabr oyida harbiylarning bir qismi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Biroq Vargasga
sodiq harbiy qismlar bu qo‘zg‘olonni bostirdi. Endi mamlakatda reaksiya
avj oldi.
1937-yilning 10-noyabrida J. Vargas Kongressni tarqatib yubordi. 1934-
yilgi Konstitutsiyani bekor qildi va mamlakatda uning shaxsiy diktaturasi
o‘rnatildi. Shu kuni J. Vargas butun hokimiyatning Prezident qo‘lida
to‘planishini qonunlashtirgan yangi Konstitutsiyaga ham imzo chekdi. 1937-
yilning 2-dekabrida barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi.
Shunday bo‘lsa-da, J. Vargas hukumati mamlakatda xalq harakatining
yangidan vujudga kelishining oldini olish maqsadida qator yon berishlarga
ham bordi. Jumladan, eng kam ish haqi haqida, ish kunini tartibga solish
haqida dekretlar chiqardi. Ayni paytda davlatning iqtisodiyotga ta’sirini
kuchaytirishga qaratilgan qonunlar ham qabul qilindi. Vargas hokimiyati
1945-yilgacha hukm surdi.
Birinchi jahon urushi natijasida Yevropa eksporti
kamayganligi tufayli Argentina milliy iqtisodiyoti
gurkirab rivojlana boshladi. Bu hodisa, o‘z navbatida, mamlakat eksportining
o‘sishiga xizmat qildi. Chunonchi, Argentina bug‘doy eksport qilish bo‘yicha
dunyoda ikkinchi o‘ringa (Kanadadan so‘ng), go‘sht mahsulotlari eksporti
bo‘yicha esa birinchi o‘ringa chiqdi. Uning asosiy savdo hamkorlari Buyuk
Britaniya va AQSH edi. Xususan, 1920-yilda Buyuk Britaniya va Argentina
o‘rtasida savdo ayirboshlashi 817 mln pesoni, AQSH bilan esa 726 mln
pesoni tashkil etdi.
Biroq Braziliyada bo‘lganidek, Argentina iqtisodiyotidagi o‘sish ham
uzoq davom etmadi. 1920—1921-yillardagi iqtisodiy inqiroz mamlakat
iqtisodiyotiga katta talafot yetkazdi. Davlat subsidiyasi asosida ishlayotgan
korxonalarda ishlab chiqarish to‘xtab qoldi.
Ayni paytda inqiroz Argentinada ish yuritayotgan chet el korxonalari
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi. Chunki ularning moliyaviy ahvoli yaxshi edi.
Bu hodisa 1920—1921-yillardagi iqtisodiy inqirozning o‘ziga xos xarakterli
belgisi edi. Inqiroz ichki siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi. Radikal-fuqaro
ittifoqi partiyasi vakili Prezident I. Irigoyen hukumati (1916—1922) islohotlar
Argentina

91
yo‘li bilan siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga urindi. Xususan, talabalar
tashabbusi qondirilib, universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila
boshlandi. Bundan tashqari, yirik yer egalarining qudratini cheklashga
kirishildi.
Hukumat mehnat qonunchiligi sohasida, ayniqsa, jiddiy o‘zgarishlarni
amalga oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni, haftada 1 kunlik dam olish
kuni, ishchilarga ta’til berish, ish haqining eng kam miqdori joriy etildi.
I. Irigoyen hukumati o‘tkazgan islohotlarda izchillik ta’minlanmagan
bo‘lsa-da, islohotlar ko‘lami va mazmuni hukmron tabaqalarni tashvishga
solib qo‘ydi. Ular mamlakat armiyasi orasida hukumatga qarshi tashviqotni
kuchaytirdilar.
1922-yilda o‘tkazilgan prezident saylovida radikal partiyaning boshqa
bir vakili M. Alveor (1922—1928) g‘alaba qozondi. U yangi tuzgan hukumati
tarkibiga harbiylar vakillarini ham kiritdi. 1923-yilda Argentina iqtisodiyotida
yana jonlanish yuz berdi. Biroq iqtisodiyotda ko‘zlangan maqsadga erishil-
madi. Buning sababi mamlakat qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining jahon
bozoriga qaramligi edi. 1925-yildan boshlab jahon bozorida narx-navoning
pasayishi mamlakat moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
1927-yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida yana I. Irigoyen (1928—
1930) g‘alaba qozondi. Hukumat amalga oshirgan eng katta tadbir neft
sanoatining milliylashtirilishi bo‘ldi. Bu hodisa yirik sarmoyadorlar hamda
chet el monopoliyalari manfaatiga berilgan katta zarba edi.
Ular endi davlat to‘ntarishi o‘tkazishga qaror qildilar. 1930-yilning 6-
sentabr kuni general Xose F. Uriburu boshchiligida davlat to‘ntarishi
o‘tkazildi. F. Uriburu o‘zini vaqtincha Prezident deb e’lon qildi. Yangi
hukumat mamlakat Kongressini tarqatib yubordi, 8 soatlik ish kunini bekor
qildi. Mamlakatda qamal holatini joriy etadi. Matbuot uchun qattiq senzura
tartibi o‘rnatildi. Mamlakat neft sanoatini milliylashtirish haqidagi qaror
bekor qilindi.
General F. Uriburu mamlakatni noqonuniy ravishda uzoq boshqarishi
mumkin emas edi. Biroq u prezident saylovida g‘alaba qozona olmas ham
edi. Chunki uning obro‘si yo‘q edi. Shuning uchun ham 1931-yilning noyabr
oyida prezidentlikka boshqa general — P. Xusto (1932—1938) nomzodi
qo‘yildi va u g‘alaba qildi. Yangi hukumat mamlakatda ish tashlashni man
etish hamda qamal holati e’lon qilish haqidagi qonunlarni amalda joriy
ettirdi. Iqtisodiyotda davlatning aralashuvi siyosati yuritildi.
Tashqi siyosatda esa Buyuk Britaniya bilan yanada yaqinlashish yo‘li
qo‘llanildi. Ayni paytda AQSHga qaram bo‘lib qolmaslik, Lotin Amerikasida
AQSHning ta’siri kuchayib ketishining oldini olishga intildi. Shu maqsadda
Argentina tashabbusi bilan Lotin Amerikasi davlatlari o‘rtasida o‘zaro hujum
qilmaslik va yarashuv to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning
mohiyatini to‘g‘ri anglab yetgan AQSH prezidenti F. Ruzvelt 1933-yilda
Lotin Amerikasi davlatlari bilan munosabatda «yaxshi qo‘shnichilik» ta-

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling