Jahon tarixi


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/38
Sana25.02.2017
Hajmi3.01 Kb.
#1260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
o‘z navbatida, korxonalarning asta-sekin o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash, o‘zini
o‘zi pul bilan ta’minlash imkonini berar edi.

29
5. Mehnatga qarab ish haqi to‘lash qayta tiklandi.
Yangi iqtisodiy siyosat tez orada o‘z samarasini ko‘rsata boshladi.
Chunonchi, 1922-yilda mahsulotlarni taqsimot asosida berish bekor qilindi.
1925-yilga kelib don yetishtirish 1909—1913-yillar oralig‘idagi yillik
ko‘rsatkich darajasidan oshdi. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha
1926-yilda 1913-yilgi ko‘rsatkichga erishildi. Sanoat mahsulotlarining asosiy
turlarini ishlab chiqarishda 1913-yil ko‘rsatkichiga 1926—1927-yillarda
erishildi. Iste’mol buyumlari ishlab chiqarish esa 1913-yildagi ko‘rsatkich-
ning 72 foizini tashkil etdi.
Bolsheviklar partiyasi har bir millatga o‘z taqdirini
o‘zi belgilash huquqini berish haqidagi va’dasidan
tez orada voz kechdi.
Sovet davlati (RSFSR) rahbarlari sobiq Rossiya imperiyasi hududini
mumkin qadar yana avvalgi chegaralarda saqlab qolishga urindilar. Xo‘sh,
nega shunday bo‘ldi? Bolsheviklar fikricha, birinchidan, yagona imperiya
saqlanmasa, Rossiya jahon inqilobi tayanchi va harakatlantiruvchi kuchi
bo‘lishdek strategik vazifaning uddasidan chiqa olmas edi.
Ikkinchidan, dunyoda faqatgina mehnatkashlar davlati bo‘lgan bolshe-
viklar davlati, ularning o‘z so‘zlari bilan aytganda, kapitalistik qurshov
siquviga bardosh bera olmaydi. Bolsheviklar o‘zlarining bu maqsadlari yo‘lida
hech narsadan qaytmadilar.
1922-yilning 30-dekabrida to‘rtta respublika yagona davlat — SSSRga
— Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqiga birlashdilar. Bular: RSFSR,
Ukraina, Belorussiya va Zakavkaze Sovet Federativ Sotsialistik Respub-
likasi Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyani birlashtirgan edi. Ularning
vakolatli vakillari syezdi (SSSR sovetlarining I syezdi) 1922-yilning 30-
dekabrida SSSR tuzilganligi haqida Deklaratsiya va Shartnoma qabul qildi.
1924-yilda esa bu yangi davlatning Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Sobiq SSSRdan tashqari boshqa davlatlar tarixshunosligida bu davlat
Qizil imperiya deb ataladi. Sovet davlati qon to‘kish hisobiga vujudga
kelganligi uchun ular o‘z bayroqlarini qizil rangda tanlagan edilar. Qon
rangi bolsheviklar tuzgan imperiyaga nisbatan ham ishlatilgan.
Bu imperiya 1940-yilgacha boshqa millatlar haq-huquqlarini poymol
qilish hisobiga kengaya bordi. Ular Turkistonni 5 ta «davlat»ga bo‘lib
yubordilar. Bu yerda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston
va Qozog‘istonni tuzdilar. 1925—1936-yillar oralig‘ida ular birin-ketin «ix-
tiyoriy ravishda» qizil imperiya tarkibiga kiritildi. Bu imperiya 15 ta
«mustaqil», «tenglar ichida teng» respublikalardan iborat edi. Aslida esa
ular Rossiya tarkibidagi mustamlakalar edi.
Bolsheviklar (kommunistlar) Qizil imperiya hududida yashayotgan millatlar
o‘zligini unutishlari uchun barcha yovuz ishlarni amalga oshirishdi. Biroq bu
imperiya tarkibiga kiruvchi hech bir millat, shu jumladan o‘zbek millati
bolsheviklar o‘ylab topgan yangi birlik — sovet xalqi bo‘lib shakllanmadi.
SSSRning tashkil
etilishi

30
Qishloq xo‘jaligini
kollektivlashtirish
Sovet hukumati 20-yillarda sotsializm qurish deb
nomlangan rejani amalga oshirishga kirishdi.
Sobiq Sovet davri tarix kitoblarida bu reja «sotsializm qurishning lenincha
plani» deb ataladi va uch qismdan, ya’ni mamlakatni industrlashtirish,
qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish va madaniy inqilobni amalga oshirishdan
iborat edi.
Bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining 1925-yilda bo‘lib o‘tgan XIV
syezdi industrlashtirish yo‘lini e’lon qildi. Industrlashtirish, yirik mashina-
lashgan ishlab chiqarishni yaratish jarayoni degani edi. Bu jarayon, eng
avvalo, og‘ir sanoatni (energetika, metallurgiya, mashinasozlik, neft kimyosi
va boshqalar) rivojlantirishni ko‘zda tutardi. Chunki, davlat rahbarlari
fikricha, bu sohalarni rivojlantirmay turib «kapitalistik qurshov»ga qarshi
turib bo‘lmas edi. Bu maqsadga erishish yo‘lida yangi iqtisodiy siyosatdan
ham voz kechildi. Xo‘jalikni boshqarish o‘ta markazlashtirildi.
Xalq xo‘jaligi «besh yillik planlar» deb atalgan direktiv rejalar asosida
faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. Hukumat o‘z maqsadini ro‘yobga chiqarishni
qattiq repressiya siyosati bilan qo‘shib olib bordi. Mamlakatda amalda qullik
mehnati joriy etildi. Bu tadbirlar o‘z samarasini bermay qolmadi.
1929—1937-yillar oralig‘ida jami 6 mingga yaqin yirik sanoat korxonasi
(yiliga 600—700) qurildi. 1937-yilga kelib Sovet davlati sanoat mahsuloti
ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSH dan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqib
oldi. Chetdan 100 turdan ortiq mahsulot sotib olinmaydigan bo‘ldi va texnik-
iqtisodiy jihatdan boshqa davlatlarga qaramlikdan qutuldi.
Biroq shuni ham ta’kidlash adolatli bo‘ladiki, Sovet davlati sanoat
mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqqan bo‘lsa-da,
aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishda boshqa buyuk davlatlardan
ancha orqada qolgan edi. Qizil imperiya o‘zining butun umri davomida
ana shu qoloqlikni bartaraf eta olmadi.
Bolsheviklar partiyasining XV syezdi 1927-yilda
qishloq xo‘jaligini to‘la kollektivlashtirish to‘g‘ri-
sida qaror qabul qildi. Qishloq 30-yillarning oxi-
rigacha to‘la kollektivlashtirildi. Ular o‘zlarining bu siyosatini qishloqni
sotsialistik asosda qayta qurish, deb atadilar. Xo‘sh, kollektivlashtirish
nima edi?
Kollektivlashtirish natijasida qishloqda yakka tartibda faoliyat yurituvchi
o‘rtahol dehqon xo‘jaliklarini tugatib, ularning o‘rnida qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini kollektiv (jamoa) mehnat asosida yetishtiruvchi xo‘jalik
(kolxoz deb atalgan) vujudga keltirildi.
Jamoa xo‘jaligining yeri davlatniki edi. Davlat yerni kollektiv xo‘jaliklarga
tekinga ijaraga berdi. Jamoa xo‘jaligi xo‘jalik hisobi asosida faoliyat yuritdi.
Davlat yeridan foydalanganligi uchun hamda topgan daromadlari yuzasidan
davlatga soliq to‘lagan. Aholi biror-bir tabaqasining xususiy mulk shaklida
yeri bo‘lmagan.
Industrlashtirish

31
Kolxoz o‘ziga berilgan yerda davlat rejasiga ko‘ra mahsulot yetishtirgan.
Mahsulot davlat tomonidan qat’iy belgilangan narxda sotib olingan. Soliq
to‘lovidan hamda mahsulot yetishtirish uchun yil davomida qilgan
xarajatlaridan ortgan mablag‘ kolxozning mulki bo‘lgan.
Kolxoz o‘z ixtiyori bilan mahsulot yetishtira olmagan. O‘z ixtiyori bilan
mahsulot sota olmagan. Shuning uchun ham sobiq qizil imperiya o‘z aholisini
sifatli, zarur qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘la ta’minlay olmadi va
chetdan sotib olishga majbur bo‘ldi. Kollektivlashtirish shafqatsiz jazo
qo‘llash yo‘li bilan olib borildi. Mulkdorlar o‘z mulklarini kolxozga
topshirishni istamaganliklari uchun ular qatag‘on qilindi. Mol-mulklari esa
tortib olindi. Qishloq aholisi o‘z chorva mollarini kolxozga topshirmaslik
uchun ko‘plab miqdorda so‘yib yubordi. Bu esa chorvachilikka o‘nglab
bo‘lmas darajada ziyon yetkazdi. Dehqonlar majburan kolxozlarga birlash-
tirila boshlandi. Bunga qarshi dehqonlarning 1930-yilda 1600 marta qurolli
chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Kollektivlashtirish jarayonida jami 9 mln kishi
quloq qilindi.
Xususan, O‘zbekistonda quloq qilinganlarning katta qismi Ukrainaning
Xerson viloyatiga surgun qilindi. U yerda ular paxta yetishtirishga majbur
etildi. Qolgan dehqonlar jon saqlash maqsadida kolxozlarga kirishga majbur
bo‘ldilar.
Majburiy kollektivlashtirish oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirish keskin ravishda kamayib ketdi. Natijada 1932—1933-yillarda
ocharchilik bo‘ldi va 5 mln dan ortiq kishi ochlikdan qirilib ketdi.
Kollektivlashtirish natijasida dehqonlar soni uchdan bir qismga kamaydi,
jami g‘alla yetishtirish amalda ko‘paymagan bo‘lsa-da, davlatga g‘alla sotish
1937-yilga kelib 1928-yilga nisbatan 3 baravar ko‘paydi. Bunga qishloq
aholisini xonavayron qilish hisobiga erishildi. O‘zbekistonda paxta
yetishtirishni ko‘paytirish hisobiga Sovet davlatining paxta mustaqilligi
ta’minlandi.
Madaniy inqilobning asosiy vazifasi eski tuzum-
dan meros qolgan madaniy qoloqlikni tugatish,
sotsialistik ziyolilarni shakllantirish, madaniyatni partiya siyosatiga bo‘ysun-
dirish va jamiyatda yagona mafkura — kommunistik mafkura hukmronligini
qaror toptirishdan iborat bo‘ldi.
Bolsheviklar yangi sotsialistik madaniyat asosini marksistik mafkura tashkil
etadi, deb hisoblardilar. Binobarin, sotsialistik madaniyat proletariatning
(ishchilarning) sinfiy kurashi vazifalariga xizmat qilishi zarur edi.
Bolsheviklarning madaniyat sohasidagi siyosatiga ziyolilar qarshi turdilar.
Ular aholining 2,2 foizini tashkil etardi. 1917-yilda ziyolilarning 10 foizdan
kamrog‘i bolsheviklar partiyasi, bir qismi kadetlar va liberal sotsialistlar
partiyalari safida bo‘lsa, asosiy qismi esa betaraf pozitsiyada turdi. Sovet
davlati o‘zining jazo organi BFK — (Butunrossiya favqulodda komissiyasi)
1922-yildan DSB (Davlat siyosiy boshqarmasi), 1923-yildan BDSB
Madaniy inqilob

32
(Birlashgan Davlat siyosiy boshqarmasi) yordamida ziyolilarni ta’qib etish
siyosatini yuritdi.
NEPga o‘tish ziyolilarning bir qismi sovetlar tarafiga o‘tishiga sabab
bo‘ldi. Ziyolilarning bir guruhi Rossiyaning iqtisodiy va madaniy jihatdan
qayta uyg‘onishi uchun Sovet hokimiyati bilan hamkorlik qilishni afzal deb
bilganlar. Ayni paytda, marksistik mafkuraga tarafdor bo‘lmagan ziyolilar
egallab turgan vazifalaridan ozod etilgan.
1922-yilda alohida senzura organi — Glavlit tashkil etildi. Uning
ruxsatisiz gazeta, jurnal chiqarish va kitoblar chop etish mumkin emas edi.
Bolsheviklar partiyasi hokimiyat tepasida mustahkamlanib olgach,
sotsialistik ziyolilarni shakllantirish siyosatini yurita boshladi. Bu ziyolilar
yangi tuzumga sadoqat bilan xizmat qilishga da’vat etildi. 1927-yilga kelib
mamlakatda 148 ta institut va universitet ishlay boshladi (1917-yilda ularning
soni 95 ta bo‘lgan).
Mafkura kadrlarini tayyorlash uchun 1918-yilda kommunistik universitet;
1921-yilda esa K. Marks va F. Engels instituti, Qizil professorlar instituti,
Sharq mehnatkashlarining kommunistik universiteti; 1923-yilda V. I. Lenin
instituti ochildi.
Madaniy inqilob siyosatida umumta’lim maktablarini qayta qurish
masalasi alohida e’tiborda turdi. O‘quv dasturlari va darsliklari, o‘tmish va
hozirgi tarix sinfiylik va partiyaviylik nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqildi.
Madaniy inqilob natijasida, bolsheviklar so‘zi bilan aytganda, «shaklan
milliy, mazmunan sotsialistik» adabiyot shakllantirildi.
Ijodkorlar «sotsialistik realizm» ruhida asar bitishlari zarur edi. Bunday
asarlar o‘zining inqilobiy ruhi, asar qahramoni mafkurasini tubdan o‘zgartirib
borish hamda mehnatkashlarni sotsialistik ruhda tarbiyalashga xizmat qilish
kabi xususiyatlari bilan ajralib turishi lozim edi.
Milliy adabiyotlarda proletar internatsionalizmi g‘oyalari ustun turishi
zarur edi. Milliy o‘ziga xoslikni saqlashga uringan ijodkorlar qatag‘on
qilindilar. Chunonchi, O‘zbekistonda Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir,
Abdulhamid Cho‘lpon, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar qatl
etildi.
Bolsheviklar partiyasi tarixi bo‘yicha o‘quv darsligi va qo‘llanmalari o‘ziga
xos «yo‘lchi yulduz» vazifasini o‘tay boshladi. Tabiiy, aniq va texnika fanlarini
ham imkoni boricha kommunistik mafkuraga xizmat qildirishga harakat
qilindi.
Sovet davlati 30-yillarning oxiriga kelib xalq xo‘jaligi uchun o‘zining
sof mutaxassislarini kerakli miqdorda tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi va 1930-
yilda umumiy majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy etildi. 1932-yilda 8—11
yoshli bolalarning 98 foizi maktablarga qatnay boshladi. 1934-yilda esa 10
yillik ta’lim joriy etildi. 1939-yilga kelib, SSSR aholisining 81,2 foizi
savodli edi.

33
Bolsheviklar partiyasi omma o‘rtasida ateistik targ‘ibot ishini zo‘r kuch
bilan olib bordi. Cherkov va masjidlar mol-mulkdan mahrum etildi. Dinning
jamiyat hayotidagi ijobiy o‘rni butunlay inkor etildi hamda din va dindorlarga
qarshi kurash avj oldirildi. Ko‘plab din arboblari qatag‘on qilindi.
Sovet jamiyatining har bir a’zosi mafkuralashtirilgan biror-bir tashkilotga
jalb etilgan edi. Masalan, eng ishonchli kishilar kompartiya safiga (2 mln
kishi), ongli yoshlar komsomolga (9 mln kishi), bolalar — pioner tash-
kilotiga, ishchi va xizmatchilar kasaba uyushmalariga (22,5 mln kishi),
adabiy va badiiy ijodkorlar uyushmalariga birlashtirilgan edi. Ular sovet
davlatining navbatdagi har qanday vazifalariga safarbar etilishga tayyor edilar.
Xulosa qilib aytganda, 30-yillar oxiriga kelib jamiyatda yagona mafkura —
marksizm-leninizm (kommunistik) mafkurasining to‘la hukmronligi qaror
toptirildi. Boshqa barcha mafkuralar to‘la inkor etildi.
1921-yilda sovet davlati o‘zining janubiy qo‘sh-
nilari — Turkiya, Eron va Afg‘oniston bilan dip-
lomatik munosabatlar o‘rnatishga erishdi. 1922-
yilda Germaniya amalda sovet davlatini tan oldi
va ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlana boshladi.
1924-yilda Buyuk Britaniya Sovet davlatini tan oldi. Buyuk davlatlar-
dan faqat AQSH qizil imperiyani tan olishni paysalga sola boshladi. Sovet
davlati o‘z tashqi siyosatining strategik yo‘nalishini belgilashda o‘z
xavfsizligiga sobiq Antanta davlatlari tahdid solishi mumkinligini hisobga
oldi va shuning uchun ham u g‘arb davlatlari, birinchi navbatda, Buyuk
Britaniya va Fransiya siyosatini diqqat bilan kuzatib bordi. Ayni paytda
g‘arb davlatlari o‘rtasida imzolangan Lokarno shartnomasiga qarshi chiqdi.
Lokarno shartnomasi Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Chexos-
lovakiya va Polsha o‘rtasida imzolangan va Germaniyani Millatlar Ligasiga
qabul qilishga kelishilgan edi. 1925—1927-yillarda Sovet hukumati Tur-
kiya, Litva, Eron va Afg‘oniston bilan betaraflik va bir-biriga hujum qilmaslik
haqida shartnomalarni imzolashga muvaffaq bo‘ldi.
1928-yilda buyuk davlatlar o‘rtasida «Siyosatda urushdan voz kechish
va barcha kelishmovchilik hamda nizolarni tinch vositalar yordamida hal
etish to‘g‘risida» shartnoma imzolandi. Sovet hukumatining qat’iy talabi
bilan g‘arb davlatlari shartnomani uning ham imzolashiga rozilik berishga
majbur bo‘ldilar. 1932-yilda Sovet davlati Finlandiya, Estoniya, Polsha va
Fransiya bilan o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolanishiga
muvaffaq bo‘ldi.
1931-yilda Uzoq Sharqda Yaponiya harbiy harakatlarni boshlab yubordi.
1933-yilda Germaniyada fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi xalqaro
ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Endi, Sovet davlati Germaniya va Yaponiya bilan munosabatlarni
ehtiyotkorlik, ehtiroslarga berilmaslik tamoyili asosida qurish lozim, deb
hisoblardi.
20—30-yillarda
SSSRning tashqi
siyosati
3 — Jahon tarixi

34
Sovet hukumati 1935-yilda Italiyaning Efiopiyaga qarshi agressiyasini
qoraladi. General F. Frankoning Ispaniyada fashistik diktaturasini
o‘rnatishiga qarshi kurashayotgan kuchlarga harbiy va moliyaviy yordam
ko‘rsatdi. Ularga yordam uchun ko‘ngillilarni jo‘natdi.
Fashizm xavfi kuchayib borayotgan bir davrda,
Fransiya kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga
keltirish taklifi bilan chiqqan edi. Sovet davlati
1933-yildan boshlaboq bu g‘oyaning faol taraf-
dorlaridan biriga aylandi. Chunki Germaniya fashizmining antikommunis-
tik tig‘i, uning nemis kommunistlariga nisbatan tutayotgan siyosati Sovet
hukumatini befarq qoldirmadi.
Xavfsizlik tizimi uchun kurash Sovet davlati xalqaro ahvolining
yaxshilanishiga xizmat qildi. Chunonchi, 1933-yilda AQSH Sovet davlati-
ni tan oldi va u bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. 1934-yilda esa Qizil imperiya
Millatlar Ligasiga qabul qilindi.
Biroq, kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga keltirish ishiga qo‘shilgan
real hissa 1935-yilda Sovet davlatining Fransiya va Chexoslovakiya bilan
o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomani imzolashi bilan cheklanib qolgan.
Vaholanki, qudratli siyosiy doiralar bu shartnomalarning amalda bajarili-
shiga ishonmas edilar. Fransiya Buyuk Britaniyaning Germaniyaga nisbatan
qo‘llayotgan «tinchlantirish» siyosatiga qo‘shildi (qarang 1—2-§). 1938-
yilda Myunxen shartnomasi imzolangach, Sovet davlati kollektiv xavfsizlik
tizimini yaratib bo‘lmasligiga qat’iy ishondi. Myunxen shartnomasi 1935-
yilda Sovet davlatining Fransiya va Chexoslovakiya bilan imzolagan shart-
nomalarini amalda quruq qog‘ozga aylantirib qo‘ydi. Buning ustiga, Fransiya
tez orada Germaniya bilan shartnoma imzoladi. Moskvada «imperialistik
davlatlar» o‘zaro nizolarini Sovetlar hisobidan hal etmoqchi, degan qat’iy
fikr paydo bo‘ldi.
1938-yilda Yaponiya bilan yuz bergan harbiy to‘qnashuv Sovet davlati-
ning bu fikrini yanada mustahkamladi. Moskva endi ikki frontda — G‘arbda
Germaniya bilan, Sharqda esa Yaponiya bilan urushga tortilishdan xavfsirab
qoldi. Bu xavfsizlik Sovet davlati rahbariyatini o‘z tashqi siyosati yo‘nalishini
qayta ko‘rib chiqishga undadi.
1939-yilda Yaponiyaning Mo‘g‘ulistonga hujum qilishi Moskvaning
Germaniya bilan yaqinlashishga bo‘lgan moyilligini yanada kuchaytirdi.
Chunki Yaponiya bilan to‘qnashish muqarrar edi. Holbuki, Moskva ikki
frontda urushga tortilishni aslo istamas edi. Sovetlarning Germaniya bilan
yaqinlashuvi shu tariqa ro‘y berdi.
1939-yilning 23-avgustida Sovet davlati bilan Germaniya o‘rtasida 10
yil muddatga o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolandi (qarang
1—2-§).
Bu shartnoma Buyuk Britaniya va Fransiyaning Sovetlar hisobiga
Germaniya bilan kelishishdek mash’um niyatlarini puchga chiqardi. Ayni
Kollektiv xavfsizlik
tizimini vujudga
keltirish muammosi

35
paytda bu shartnoma Germaniyaga urush harakatlarini boshlashga yo‘l ochib
berdi.
Shunday qilib, ikki jahon urushi oralig‘ida Sovet davlati tashkil topdi,
mustahkamlandi. Bolsheviklar yangi jamiyat qurdilar. Lekin bu jamiyat
qilich va qon bilan qurildi. Dunyoda inqilob qilmoqchi bo‘ldi. Qatag‘onlarni
amalga oshirdi. Ma’naviy tubanlikka ketib, fashizm bilan til biriktirdi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Bolsheviklar qurmoqchi bo‘lgan jamiyatni ta’riflab bering. O‘ylab
ko‘ringchi, ularning qaysi g‘oyalari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga
zid edi?
2. Bolsheviklar «eng adolatli jamiyat» qurish ishini nimadan boshlaganlar?
3. Sovet hokimiyati masalasi qanday hal etildi?
4. Rossiyada fuqarolar urushi va chet el intervensiyasining boshlanishi-
ga nimalar sabab bo‘ldi?
5. «Harbiy kommunizm» siyosatining mazmunini ta’riflab bering.
6. Qanday sabablarga ko‘ra bolsheviklar fuqarolar urushida g‘alabaga
erishdilar?
7. Sovet hukumati sobiq Rossiya imperiyasi milliy chekka o‘lkalarini
sovetlashtirish siyosatini qanday usullarda amalga oshirdi?
8. Turkiston xalqlari milliy-ozodlik harakati haqida nimalarni bilib oldingiz?
9. Sovet hukumati nega «harbiy kommunizm» siyosatini bekor qilishga
majbur bo‘lgan?
10.Yangi iqtisodiy siyosatning mazmunini tushuntirib bering.
11.Sovet davlati nima uchun imperiya hisoblanadi?
12.SSSR tashkil topishining Turkiston xalqlari taqdirida o‘ynagan mash’um
oqibatlari haqidagi Sizning fikringiz?
13.Sotsializm qurishning lenincha rejasi haqida nimalarni bilasiz?
14.Industrlashtirish nima?
15.Qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirishning fojiaviy oqibatlari haqida
so‘zlab bering.
16.Madaniy inqilobdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima edi?
17.Lokarno shartnomasida qanday masalalar ko‘rilgan edi?
18.Nima uchun Yevropada kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga keltirib
bo‘lmadi?
19.Nega Sovet davlati, Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniya agressiyasi
boshlanishining oldini ololmadilar?
20.1939-yil 23-avgustda imzolangan sovet — german shartnomasi haqida
nimalarni bilib oldingiz?
JADVALNI TO‘LDIRING. SOVET DAVLATINING BOSHQA
DAVLATLAR BILAN TUZGAN SHARTNOMASINI IZOHLANG
.
r
.
T
r
a
l
t
a
l
v
a
d
n
a
g
z
u
t
a
m
o
n
t
r
a
h
S
i
h
o
z
i
r
a
l
a
m
o
n
t
r
a
h
S
?

36
4-§. Germaniya
Germaniya va uning ittifoqchilari Birinchi jahon
urushida mag‘lubiyatga uchradi (bu haqda avvalgi
mavzularda batafsil ma’lumot olgansiz). Germa-
niya urushda 2 mln dan ortiq qurbon berdi. Yara-
dor bo‘lganlar, asirlar va bedarak yo‘qolganlarni
qo‘shganda, jami yo‘qotish 7,5 mln kishini tashkil etdi. Ayni paytda
hukmron doiralar, monopoliya egalari urushdan juda katta foyda ko‘rdilar.
(Masalan, birgina Krupp konsernining daromadi 15 baravar ortdi.) Natijada
yirik mulkdorlar mamlakat hayotida qudratli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchga
aylandilar va hukumat siyosatiga katta ta’sir ko‘rsata boshladilar.
Urush mehnatkash tabaqalarga katta salbiy oqibatlar keltirdi. Umumiy
mehnat majburiyati ishchilar uchun amalda katorgaga teng edi. Urush qishloq
xo‘jaligiga ham katta talafotlar keltirdi. 1918-yilning kuziga kelganda ekin
maydonlari amalda 2 baravar kamaygan edi. Ochlik, epidemiyalar va
cho‘zilib ketgan urush azoblari aholining boshiga juda katta kulfatlar keltirdi.
Aholining bunday qismati mamlakatda inqilobiy vaziyatni vujudga keltirdi.
Ayni paytda Rossiya inqilobi ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.
Germaniya inqilobi 1918-yil 3-noyabr kuni boshlandi. Shu kuni Kil
shahrida joylashgan harbiy dengizchilar urush davom etishiga qarshi qo‘zg‘alon
ko‘tardilar. Kil ishchilari esa qo‘zg‘alonni qo‘llab-quvvatladilar va umumiy
ish tashlash e’lon qildilar. Shaharda ishchilar va soldatlar Sovetlari tashkil
etildi. Inqilob to‘lqini 9-noyabrda Berlingacha yetib keldi va u butun
Germaniyaga yoyildi. Qo‘rqib ketgan imperator Vilgelm II mamlakatdan
qochib ketdi. Shu tariqa Germaniyada monarxiya quladi. Mamlakatda
hokimiyat xalq vakillari Soveti qo‘liga o‘tdi.
10-noyabrda tuzilgan yangi hukumatga Germaniya sotsial-demokratik
partiyasining yirik arboblaridan biri — F. Ebert rahbarlik qilgan. Bu hukumat
Germaniyani Respublika deb e’lon qildi va u 11-noyabr kuni Antanta bilan
dastlabki yarash bitimi imzoladi. Bu bitimning imzolanishi yangi
hukumatning xalqaro maydonda tan olinishi degani edi. Unga ko‘ra,
mamlakatda qamal holati bekor qilindi, so‘z, yig‘ilish o‘tkazish,
uyushmalarga birlashish erkinligi e’lon qilindi. Shuningdek, siyosiy
mahbuslarga amnistiya e’lon qilindi. Birinchi marta umumiy, teng,
to‘g‘ridan to‘g‘ri, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylov o‘tkazish joriy

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling