Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Kreditga layoqatlilik ko„rsatkichlariga qarab mijozlarni


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Kreditga layoqatlilik ko„rsatkichlariga qarab mijozlarni 
sinflarga ajratish bo„yicha talablar 
 
№ Ko„rsatkichlar
I sinf 
II sinf 
III sinf 
1. 
Qoplash koeffitsiyenti (Kq) 
Kq 2,0 
2,0>Kq 1,0 
1,0>Kq 
2. 
Likvidlilik koeffitsiyenti (Kl) 
Kl 1,5 
1,5>Kl 1,0 
1,0>Kl 
3. 
Muxtoriylik koeffitsiyenti (Km) 
Km 60% 
60%>Km 30% 
30%>Km 
Kreditga layoqatlilikning har bir sinfdagi korxonalarga banklar har 
xil kredit munosabatlari tuza oladilar. 1-sinfga mansub qarz oluvchilarga 
bank kredit liniyasi ochishi, kontokorrent hisob raqami bo‗yicha kredit 
berishi, boshqa qarz oluvchilarga nisbatan past foizlarda ishonchli kre-
ditlar berishi, kreditlar bo‗yicha ta‘minlanganlik talab qilinmasligi 
mumkin. 
2-sinfga mansub qarz oluvchilarga esa umumiy asoslarda va odat-
dagi tartibda, ya‘ni majburiyatni muvofiq shaklda ta‘minlanishi (kafolat, 
garov, kafillik) shartlari asosida kredit beriladi, agar uning qo‗shimcha 
ko‗rsatkichlari ijobiy holda bo‗lsa, unda unga imtiyozlar berilishi mum-
kin, ammo ishonchli kreditlar berilmaydi. Agar qo‗shimcha 
ko‗rsatkichlar bo‗yicha kamchiliklar bo‗lsa, uning moliyaviy ahvoli no-
barqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar ko‗rishning talab 
qilinishi, kredit bo‗yicha garovni mustahkamlash, foiz stavkalarini 
oshirishi, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini 
ko‗rish mumkin. 
Bank uchun 3-sinfga mansub korxonalarni kreditlash jiddiy risklar 
bilan bog‗liqdir. Shuning uchun ular kamdan-kam holatlarda va yuqori 
turadigan korxonalar kafolati hamda mulkni garovga qo‗ygan holatda 
eng yuqori foizlarda kreditlanadilar.
Agarda tahlil bo‗yicha mijozning moliyaviy holatida qoplash koef-
fitsiyenti 0,5 dan (k
k
<0,5) kichik bo‗lsa, likvid mablag‗lari juda kam 
bo‗lsa yoki umuman mavjud bo‗lmasa va uning o‗z mablag‗lari miqdori 
ham kam bo‗lsa, u nolikvid balansga ega bo‗lgan, moliyaviy holati no-
chor korxona deb qaraladi va uni 4-sinfga kiritish mumkin va bunday 
korxonlarga, odatda, umuman kredit ajratilmaydi.
Mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning muhim bir 
xususiyati shundaki, yuqorida ko‗rsatilgan ko‗rsatkichlar korxonaning 
kreditga 
layoqatliligini 
baholashning 
yakuniy 
ko‗rsatkichlari 
hisoblanmaydi. Mijozlar faoliyati va ularning moliyaviy ahvolini yanada 
chuqurroq ko‗rib chiqishda hamda kreditga layoqatliligining asosiy 
281
ko‗rsatkichlari bo‗yicha mijoz turli xil sinflarga taalluqli bo‗lib chiqsa, u 
holda moliyaviy ahvoli haqida to‗g‗ri xulosaga kelish uchun kreditga 
layoqatlilik darajasini baholashning qo‗shimcha ko‗rsatkichlarini tahlil 
qilish lozim bo‗ladi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling