Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-rasm. Bank siyosatining asosiy elementlari


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
17-rasm. Bank siyosatining asosiy elementlari 
Kredit siyosati bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, qanday 
shaklda, kimga, qaysi shartlar va muddatlarda berilishini belgilab beradi. 
Bankning kredit siyosati uning faoliyatida yuzaga kelishi mumkin 
bo‗lgan xavfli holatlarning oldini olishga, buning uchun depozitlar va 
kreditlar o‗rtasidagi nisbatning, bank majburiyatlari bilan kapitali 
o‗rtasidagi va boshqa ko‗rsatkichlarning me‘yorda bo‗lishini taqozo 
qiladi. Oqilona kredit siyosati beriladigan kreditlarning sifatini oshiradi. 
Shuning uchun kredit siyosatining asosiy maqsadi boshqaruv jarayoni, 
fondlarning yetarliligi, risklarning sifat darajasi bo‗yicha turkumlari, 
kredit portfelining sifati, majburiyatlarning tarkibiy qismlarini ajratish 
kabi elementlarini o‗z ichiga olishi lozim. Bank siyosati - bankning 
depozit siyosati, kredit siyosati, foiz siyosati, valyuta siyosati, 
mijozlarga kassa-hisob xizmatini ko‗rsatish siyosati va boshqa bank 
xizmatlarini ko‗rsatish bo‗yicha siyosati, banklarning likvidliligini 
ta‘minlash siyosati, kadrlar siyosati majmuasidan iborat. Kredit siyosati 
Bank siyosati 
Depozit siyosati 
Kredit siyosati 
Foiz siyosati
Likvidlikni 
boshqarish 
Valyuta siyosati 
Mijozlarga kassa-hisob 
xizmatini tashkil qilish 
siyosati 
Banklarning risklarni boshqarish so-
hasidagi siyosati 
Banklarning foyda va rentabelligini boshqarish 
sohasidagi siyosati
Kadrlarni boshqarish siyosati v.b. 
Investitsiya siyosati


356
bank siyosatining asosiy yo‗nalishlaridan hisoblanadi. Buni biz yuqori-
dagi sxemadan ko‗rishimiz mumkin. 
Kredit siyosatining mazmunini chuqurroq o‗rganish maqsadida 
uning nimalardan tashkil topganini ko‗rib chiqamiz. 
Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat: 
- bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, 
berilish va qaytarilish shartlari, qoplash muddatlari, miqdori va sifati) 
bilan bog‗liq masalalar; 
- bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o‗rinbosari, 
kredit qo‗mitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar 
ro‗yxati (eng ko‗p kredit summalari va turlari); 
- bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim 
etish bo‗yicha jami majburiyatlar; 
- kredit arizalari bo‗yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi 
bayoni; 
- kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida 
saqlanadigan hujjatlar ro‗yxati (qarzdorning moliyaviy hisoboti, kredit 
shartnomasi, garov, kafolat bo‗yicha shartnoma va h.k.); 
- mijozning moliyaviy ahvoli va kreditga layoqatlik ko‗rsatkichlari 
tahlili; 
- kredit hujjatlari saqlanishi va tekshirilishi uchun javobgarlik, kim 
va qanday holatda ularni olish huquqiga egaligi to‗g‗risida batafsil 
ma‘lumotlar; 
- kreditning ta‘minlanganligi va uni qabul qilish, baholash va 
amalga oshirishning asosiy qoidalari; 
- barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me‘yorlar bayoni; 
- eng yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va ko‗rsatish (ya‘ni 
kredit summalari va bank yalpi aktivlarining eng yuqori nisbati); 
- bank xizmat ko‗rsatadigan mintaqa, kredit qo‗yilmalarining asosiy 
qismi joriy etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori; 
- muammoli kreditlar tarkibi va tahlili, bunda muammolarning 
qanday hal etilishi ehtimollari ko‗rsatiladi va h.k. 
Kredit siyosati malakali tuzilib, barcha darajalarda me‘yorda sifatli 
amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga to‗g‗ri qarorlar chiqarish, 
ortiqcha risklardan xalos bo‗lish, bank kreditlarini to‗g‗ri baholash 
365

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling