Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Ssuda hisob varag„idan kredit berish va qaytarilish tartibi


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

7-§. Ssuda hisob varag„idan kredit berish va qaytarilish tartibi 
 
O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklari alohida bir kredit muassasa 
singari o‗zining kredit siyosatiga ega. Ya‘ni har bir bank, qonun doirasida, 
o‗zining bo‗sh turgan mablag‗larini o‗zi xohlagan yo‗nalishga, ko‗proq 
daromad olishga yo‗naltiishi mumkin. 
Mijoz ssuda olish uchun bankka belgilangan tartibda hujjatlar paketini 
rasmiylashtirib topshirganidan keyin kredit kommisiyasining qaroriga 
ko‗ra kredit berish lozim deb topilib, bank va kredit oluvchi o‗rtasida 
imzolangan kredit shartnomasiga asosan mijozga kredit beriladi. Buning 
uchun mijozga alohida ssuda hisob varag‗i ochiladi. 
Ushbu hisob raqamining debetida mijozlarga ssudalar beriladi. Bank 
tomonidan berilgan ssudalar qaytarilganda yoki muayyan ssudaning 


378
- kredit bitimi shartlarining batafsil xarakteri; 
- kredit shartnomalari shakllarining tiplashganligi. 
Yaponiyada kredit shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirish 
sohasida bank yuristlari har doim advokat kontoralari bilan aloqa 
qiladilar va qiyin yuridik savollarga javob topadilar. Bank yuristlari 
bank xodimlarini yuridik jihatdan doimiy tarzda o‗qitib turadilar. 
AQShda eng batafsil kredit shartnomasi quyidagilarni o‗z ichiga 
oladi: 
- mijoz haqida umumiy ma‘lumotlar; 
- tuzilayotgan kredit bitimining asosiy parametrlari, summa, muddat 
va maqsadi; 
- tasdiqlangan shartlar; 
- inkor etiladigan shartlar; 
- ssudalarni to‗lash kafolatlari; 
- shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun jazo choralari; 
- to‗lovga layoqatsiz va bankrot deb e‘lon qilish mezonlari; 
- bankka qarzni to‗lamagan taqdirdagi bank huquqlari. 
Germaniyada bir tizimdagi banklar uchun (xususiy, jamg‗arma va 
h.k.) umumiy kredit shartlari o‗rnatiladi. Ular kredit operatsiyalarining 
asosini tashkil etadi. Umumiy kredit shartlari mijozlarga yetkaziladi, 
kredit shartnomasida ular takrorlanmaydi, faqat qarz oluvchi unga rozi 
bo‗lgan punkt yoziladi. Germaniyada kredit shartnomalari erkinlashgan 
xarakterga ega. 
Kredit shartnomasining tipik shaklida quyidagi ko‗rsatkichlar 
bo‗ladi: 
- tomonlarning to‗liq nomlari va manzillari; 
- olingan va olinayotgan kreditlar to‗g‗risida to‗liq ma‘lumotlar; 
- yangi kreditning maqsadi; 
- yangi kreditning shartlari; 
- kredit uchun hisoblangan va undiriladigan foizlar summasini 
hisoblash tartibi; 
- kredit qaytarilishining kafolati; 
- boshqa shartlar; 
- ma‘sul shaxslarning muhrlar bilan tasdiqlangan imzolari. 
Germaniyada bank va korxona o‗rtasida kredit shartnomasi 
quyidagi 3 bosqichda tuziladi: 
- mijoz tomonidan kredit shartnomasi tarkibining shakllantirilishi; 
- uning bank tomonidan ko‗rib chiqilishi va xulosa berilishi; 
- kredit shartnomasini imzolash.
375
va ishonchliligi, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslash parametrlarini 
va beznes-rejalarni amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq 
javob berishi, biznes-reja bo‗yicha ko‗zda tutilgan pul oqimlarini grafik 
bo‗yicha tushishini ta‘minlashi; 
bankka garovga berilayotgan ko‗chmas mulk va moddiy boyliklar 
sug‗urta idoralarida sug‗urtalangan va kredit shartnomasi yuridik kuchga 
ega bo‗lishi uchun harakatdagi O‗zbeksiton Respublikasi qonunlariga 
asosan notarial idoralarda tasdiqlangan va davlat ro‗yxatidan o‗tgan 
bo‗lishi shart. 
Bankka garovga berilayotgan ko‗chmas mulk va moddiy 
boyliklarning yaxlitligini saqlash yuzasidan to‗liq moddiy javobgar 
bo‗lishi (kredit va unga hisoblangan foiz to‗lovlar to‗liq to‗langunga 
qadar), ularni sotib yubormasligi va boshqa uchinchi shaxsga bermasligi 
shart. Kafolatchi tashkilotning moliyaviy holati yomonlashganda, 
tugatilishi yoki bankrotlik holatiga kelib qolish holatlari ro‗y berganda, 
kredit ta‘minotiga berilgan mulk holati yomonlashganda, bank talabiga 
binoan olingan kredit va foizlarni muddatidan oldin uzish yoki 
ta‘minotini boshqa likvid ta‘minotga almashtirish ko‗zda tutilishi 
mumkin. 
Kredit uchun foiz to‗lovlar har oyning 20 sanasigacha to‗lanadi. 
Qarz oluvchi bankka quyidagilarni taqdim etadi: 
Qarzlarning yuzaga kelish sanalari ko‗rsatilgan debitor va kreditor 
qarzdorligi bo‗yicha yoyilmasi ilova qilingan yillik va chorak balanslari. 
Muddati o‗tgan qarzlar bo‗yicha solishtirma dalolatnomalar va bank 
nazorat funksiyasi uchun zarur bo‗lgan boshqa hujjatlar. 
Birlamchi hisobotlar va buxgalterlik hujjatlariga ruxsat berilishi va 
bank talabiga ko‗ra qarz oluvchi tegishli hujjatlardan zarurlarining 
nusxasi taqdim etilishi. 
Kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan bank xodimlari 
tomonidan tekshiruv o‗tkazilishiga ruxsat berilishi, shuningdek
kreditning ishlatilishini joyiga chiqib tekshirish uchun ruxsat berilishi. 
Ushbu kredit shartnomasi bilan huquqiy jihatdan bog‗liq bo‗lgan 
tovar-moddiy boyliklarining saqlanishi holati bo‗yicha bank xodimlari 
tomonidan tekshiruv o‗tkazishga ruxsat berilishi. 
Agar kredit sug‗urtalangan bo‗lsa, har yil uchun sug‗urta 
to‗lovlarining o‗z vaqtida to‗lab borilishi. 
Har yil uchun alohida kafil tashkilot moliyaviy holati to‗g‗risida 
yozma ma‘lumot taqdim etish kabilar bo‗lishi lozim. 


376
Shuning 
uchun 
mijozning 
majburiyatlari 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
kreditning tamoyillari, qoidalari va shartlariga amal qilishga bog‗liqdir.
Mijoz majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 
- kreditdan belgilangan maqsadlarda foydalanishni ta‘minlash; 
- o‗z vaqtida foizlarni to‗lash va kreditni qaytarish; 
- to‗lovga layoqatliligi to‗g‗risida bankka ma‘lumot berib turish; 
- kreditni ta‘minlash; 
- berilgan kredit bo‗yicha hal qilinishi lozim bo‗lgan masalalarni 
echish uchun birlamchi buxgalteriya hisobotlari va hujjatlarini kerakli 
paytda kredit bo‗limiga taqdim etish; 
- 3-shaxsdan kredit olish to‗g‗risida bankni xabardor qilish; 
- korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‗zgarishi hollarida bankni 
xabardor qilish; 
- likvidatsiya paytida zudlik bilan kreditni (foizlari bilan) qaytarish; 
- shartnomaga binoan boshqa majburiyatlar. 
Kredit 
shartnomasining 
5-bo‗limida 
kredit 
qaytarilishini 
ta‘minlovchi aniq usullari ko‗rsatiladi. Ular quyidagicha bo‗lishi 
mumkin: 
a) garovga qo‗yilgan tovar-moddiy boyliklar; 
b) bank yoki sug‗urta tashkilotining kafolati; 
d) uchinchi shaxsning kafilligi; 
e) sug‗urta polisi. 
Yuqorida keltirilgan kredit qaytarilishining kafolatini ta‘minlovchi 
usullar kreditning barcha turlarida, qarz oluvchining kreditga layoqatlilik 
darajasini hisobga olgan holda ishlatiladi. Ular mijozga ishonch yetarli 
bo‗lmaganda, ssudani pul tushumlari hisobiga qaytarishning yuqori riski 
mavjud bo‗lganida qo‗llaniladi. 
5-bo‗limda kreditdan foydalanganlik uchun bankka to‗lanadigan 
foizlar darajasi aks etadi. Bu bo‗limda quyidagi hollardagi foiz 
stavkasini belgilash, qayta ko‗rib chiqish maqsadga muvofiqdir: 
a) shartnomada ko‗rsatilgan ssudadan foydalanish muddati 
davomida; 
b) ssuda prolongatsiya qilinganda; 
d) ssuda to‗lashni kechiktirganda; 
e) mijozning kreditga layoqatliligining yomonlashganida yoki 
bitimning kredit riskini ko‗paytiruvchi boshqa omillarning paydo 
bo‗lishida. 
Bundan tashqari kredit shartnomasida kreditga foiz hisoblash va uni 
undirish muddatlari ko‗rsatilishi zarur. Inflyatsiya sharoitida kredit 
377
shartnomasining yana bir punktida boshlang‗ich o‗rnatilgan foiz 
stavkalarining inflyatsiya o‗sish darajalariga bog‗liq holda o‗zgartirish 
tartibi berilgan bo‗ladi. Foiz stavkasini qayta ko‗rib chiqishga asos 
bo‗lib, 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
bankining 
qayta 
moliyalashtirish stavkasining o‗zgarishi sabab bo‗ladi. 
Ba‘zi hollarda kredit shartnomasida tomonlarning javobgarligi 6-
bo‗limda 
tomonlar 
olgan 
majburiyatlar 
qisman 
yoki 
to‗liq 
bajarilmaganda, O‗zbekiston Respublikasi qonunlari oldida javobgar 
ekanligi va sanksiyalar berilgan bo‗ladi.
«Shartnomaning qo‗shimcha shartlari» degan bo‗limda oldingi 
bo‗limlarda ko‗rsatilmagan boshqa shartlar belgilanadi. Ularga agar 
mijoz bu bankda hisob-kitob varog‗iga ega bo‗lmasa, summa va muddati 
ko‗rsatilgan majburiy muddatli depozit ochish; kreditlash yoki kredit 
liniyasi limitining boshlang‗ich o‗rnatilgan summasini o‗zgartirish 
tartibi; kredit shartnomasiga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish 
tartibini kiritish mumkin. 
«Kelishmovchiliklarni hal qilish» bo‗limida quyidagilarni 
ko‗rsatish maqsadga muvofiq bo‗ladi:
a) tomonlar o‗rtasida shartnoma shartlarini bajarish bilan bog‗liq 
bo‗lgan kelishmovchiliklarni o‗zaro kelishuv yo‗li bilan hal qilish; 
b) o‗zaro kelishuv bilan hal qilish mumkin bo‗lmagan 
kelishmovchiliklarni O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan 
respublika xo‗jalik sudida hal qilish. 
O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit shartnomasining 
yana bir bo‗limi shartnomaning amal qilish muddati bo‗lib, unda kredit 
shartnomasining amal qilish muddatini, ya‘ni uning boshlanishi va 
oxirini belgilaydi. 
Shartnomada, shuningdek, tomonlarning yuridik manzili (pochta 
manzili, hisob-kitob yoki vakillik hisoblari, telefon (faks) hamda 
muhrlar bilan tasdiqlangan imzolar aks etadi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling