Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Kredit monitoringi va uning amalga oshirilishi


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

9-§. Kredit monitoringi va uning amalga oshirilishi 
 
Nazoratdan farqli kredit monitoringi kreditlar holatini doimiy ku-
zatib borishini ko‗zda tutadi. 
Umuman, kreditlash operatsiyalari tijorat banklarining o‗z kredit 
siyosatlari asosida, Markaziy bankning kredit siyosatiga qo‗yilgan ta-
lablaridan kelib chiqqan holda olib boriladi. Kredit monitoringi kredit 
siyosatining ajralmas tarkibiy qismi bo‗lib mijozlarga berilgan kredit-
larning qaytarilishini, qolaversa, banklarning asosiy daromad manbalari-
dan biri hamda eng riskli operatsiyasi bo‗lgan kreditlash bankning raqo-


386
batbardoshliligini, rentabelligini, qisqacha ifodalaganda, bankning ke-
lajagini ta‘minlaydi. 
Kredit monitoringi berilgan kreditlarning qaytarilishi va uni 
ta‘minlash borasida qabul qilinadigan ishlovlar va chora-tadbirlar ti-
zimidir. Kreditlar kredit qo‗mitasining qarori asosida, belgilangan 
me‘yoriy shartlar asosida, alohida ssuda hisob raqamini ochish va ushbu 
hisob raqamdan qarz oluvchining to‗lov topshiriqnomasi asosida moddiy 
tovar boyliklar uchun naqd pulsiz o‗tkazish yo‗li bilan qarz beriladi. Ti-
jorat banklari tomonidan kreditdan foydalanishning butun muddati 
davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi 
tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga 
oshirilishiga har tomonlama ko‗maklashishiga qaratilgan bo‗lishi lozim.
Monitoring jarayonida kredit olgan mijozning xo‗jalik moliyaviy 
faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga muvofiq mahsulot yetkazib be-
rish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab 
chiqarish xarajatlari va yo‗qotishlar, muomala chiqimlari, foyda va 
daromad mutanosibligi, o‗z aylanma mablag‗lari mavjudligining dina-
mikasi, 
tovar-moddiy 
boyliklar 
zaxiralari 
ahvoli, 
aylanma 
mablag‗larning aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kreditga 
layoqatliligi bo‗yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi va uning 
ko‗rsatkichlarini qarzdorning kredit paketiga tikib boradi.
Bulardan tashqari bankka taqdim etilgan garovning holati va 
kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanishi kredit shartnomasida 
kelishilgan shartlarga muvofiq garov obyekti faoliyat joyining o‗zida 
o‗rganiladi. 
Qurilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‗yicha bank 
monitoring jarayonida kreditlangan obyektda kredit shartnomasida qayd 
etilgan muddatlar va shartlar asosida bajarilgan ishlar hajmining nazorat 
o‗lchovini amalga oshiradi. 
Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik holati 
aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning 
maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib 
olinguncha depozit hisob raqamidan muddatdan oldin undirib olish 
huquqiga ega. Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga 
hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qay-
tarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga 
muvofiq mustaqil ravishda sudga murojaat etmasdan, garov predmetini 
tasarruf qilish huquqiga ega. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 22-
fevralda tasdiqlangan, 432-sonli «O‗zbekiston Respublikasi banklarida 
399
bajarilishi ustidan oldindan va keyingi nazorat qilish, kreditlash ja-
rayonini takomillashtirish va boshqalar lozim bo‗ladi. Bozor iqtisodiyoti 
keng rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining kredit portfelini 
tashkil qilish va undan foydalanish jarayoniga katta e‘tibor beriladi. 
Chunki kredit portfelini to‗g‗ri tashkil qilish bankning samarali faoli-
yatini amalga oshirishning, uning kredit investitsiya siyosatini olib bo-
rishining asosi hisoblanadi. Sifatli va daromad keltiradigan qilib, mavjud 
resurslarni joylashtirish banklarning moliyaviy holatiga ijobiy ta‘sir 
ko‗rsatadi. Tijorat bankining kredit portfeli sifati to‗g‗risida quyidagi 
jadvaldan ko‗rishimiz mumkin. 
51-jadval 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling