Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Kredit shartnomalarini qo„llash bo„yicha xorijiy mamlakatlar


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

6-§. Kredit shartnomalarini qo„llash bo„yicha xorijiy mamlakatlar 
tajribasi 
 
Xorijiy banklar o‗zlarining kredit shartnomalarini qo‗llashning boy 
tajribasiga ega. Uni o‗rganish O‗zbekiston Respublikasi uchun katta 
amaliy ahamiyatga egadir. Turli mamlakatlarda tuziladigan kredit 
shartnomalarining asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: 
- huquqiy madaniyatning yuqori darajasi; 


400
kredit portfelida sifati «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tas-
niflangan kreditlar muammoli kreditlar deyiladi. 
Muammoli kreditlar odatda qarz oluvchining kreditni to‗lash uchun 
yetarli pul mablag‗lari bo‗lmagan holda yuzaga keladi. Ba‘zi hollarda 
ular mijozning hisob varag‗ida mablag‗i bo‗la turib, kreditni to‗lashni 
xohlamaganda ham yuzaga keladi. Pul mablag‗larining yetishmasligi 
ba‘zida birdan yuzaga kelishi, ba‘zi hollarda bunday ahvol asta-sekinlik 
bilan rivojlana borib yuzaga kelishi mumkin. Pul mablag‗lari 
yetishmovchiligining ichki va tashqi belgilari bo‗lishi mumkin. Kredit 
bo‗limi xodimlari shu belgilar yuzaga kelishini birinchi bo‗lib sezishlari 
va bankni kredit bo‗yicha yo‗qotishlardan saqlovchi chegara bo‗lishlari 
lozim. Ular bank va mijoz manfaatini saqlab qolgan holda, bu moliyaviy 
qiyinchiliklardan chiqish yo‗llarini ishlab chiqishga yordam berishlari, 
mijoz faoliyatida muammolar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab mijozga 
yordam berishlari, ularga ta‘sir ko‗rsatishlari zarur. Buning uchun bank 
doimo mijozning faoliyatidan boxabar bo‗lishi, o‗zi uchun zarur 
axborotlarni yig‗ib, tahlil qilib borishi ijobiy natija berishi mumkin. 
Amaliyotda bankning kredit bo‗limi xodimlari berilgan kreditlar 
ustidan yetarli nazorat olib bormasliklari bilan birga, mijozning inqirozli 
holati aniqlangandan keyin ham bu haqda bank boshqaruviga, kredit 
qo‗mitasiga o‗z vaqtida axborot bermasliklari yoki mijozning iltimosiga 
ko‗ra ahvolning yaxshilanishini kutishlari kredit sifatining qoniqarsiz 
darajaga tushib ketishiga olib kelishi mumkin. Bularning barchasi, 
muammoli kreditning yanada muammolashuviga olib keladi. 
Bunday hollarning oldini olish uchun kredit bo‗limi faoliyati tez-tez 
ichki audit tomonidan tekshirilib turishi, muammoli kreditlar, ularning 
sabablari aniqlanib turilishi lozim. 
Muammoli 
kreditlar 
aniqlanganda 
kredit 
bo‗limi 
xodimi 
avvalambor, axborotlar, ma‘lumotlar yig‗ishi va ularga asosan 
inqirozning oldini oluvchi strategiya ishlab chiqishi lozim. Har bir 
muammoli kredit bo‗yicha alohida, uning oldini olish yo‗llarini ishlab 
chiqish zarur. Agar korxona samarali faoliyat olib boradigan bo‗lsa, 
muammoli kredit sohasidan ham o‗zi ijobiy natija bilan chiqishi 
mumkin. Aksincha, korxona faoliyati pastroq bo‗lsa, u muammolarni 
osonlikcha yecha olmasligi mumkin. Shuning uchun kredit bo‗limi 
xodimi muammoli kredit yuzaga kelganini aniqlaganidan keyin quyidagi 
ishlarni amalga oshirishi zarur: 
- qarz oluvchining muammolarini tahlil qilish; 
- mijozning moliyaviy ahvoli to‗g‗risida rahbariyatni xabardor 
qilish va bank boshqa bo‗limlar bilan mijoz to‗g‗risida maslahatlashishi; 
385
qilishi kerak. Bank xo‗jalik sudiga murojaat qilib, bundan buyon qarz 
oluvchi bankrot deb tanilishini so‗rashga haqlidir.
Qarz oluvchi to‗lovga layoqatsiz yoki bankrot deb e‘lon qilinganda, 
unga yangi qarzlar berish to‗xtatiladi, ilgari berilgan kreditlar esa 
muddatidan oldin undirib olinadi. To‗lovlar navbati «Bankrotlik 
to‗g‗risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Qarz oluvchi bankrot deb 
e‘lon qilingan vaqtdan boshlab uni quyidagilar bilan bog‗liq 
operatsiyalari to‗xtatiladi: 
- mulkni begonalashtirish va berish; 
- majburiyatlarni qoplash; 
- hisob-kitobdagi xarajatlar; 
- dividendlar, soliqlar, to‗lovlar to‗lash. 
To‗lovga layoqatsiz qarz oluvchining barcha qarz majburiyatlari 
tugagan hisoblanadi va unga yangi talablar bildirilishiga yo‗l 
qo‗yilmaydi. Bunday qarz oluvchining barcha turdagi qarzlariga penya 
va foizlar qo‗yish to‗xtatiladi. Uning mulkini sotib, pul undirish bo-
rasidagi barcha cheklashlar bekor qilinadi. Mulkiy yoki moliyaviy 
tusdagi hamma talablar faqat tugatish jarayoni doirasida hal qilinadi. 
Bunda bank talablari ikkinchi navbatda qanoatlantiriladi. 
Mulk yetarli bo‗lmagani tufayli qondirilmagan qarz majburiyatlari 
qanoatlantirilgan hisoblanadi va belgilangan tartibda hisobdan chiqari-
ladi. Kreditdan ko‗zlanmagan maqsadlarda foydalanganlik uchun qarz 
oluvchi bankka kredit shartnomasida belgilangan hajmda jarima 
to‗laydi. 
Bank esa, o‗z navbatida, tuzilgan shartnomaga muvofiq qarz 
oluvchini kredit resurslari bilan ta‘minlashi shart.
Bank o‗z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda qarz oluvchiga 
shartnomada ko‗zda tutilgan miqdorda jarima to‗laydi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling