Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Tijorat banki kredit portfelining sifat darajasi bo„yicha tasnifi
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «umidsiz» deb
Tijorat banki kredit portfelining sifat darajasi bo„yicha tasnifi
1/I 2010-y. 1/I 2013-y. 1/I 2014-y. 1/1 2015-y. Tijorat banklarining kredit qo‗yil-malari, jami: - % da shu jumladan: standart kreditlar substandart kreditlar qoniqarsiz kreditlar shubhali kreditlar umidsiz kreditlar 100 93.2 4,6 1,2 0,7 0,3 100 94,1 4,1 1,4 0,2 0,2 100 94,7 3,6 1,3 0,2 0,2 100 95,6 3,6 0,5 0,2 0,1 Jadvaldan ko‗rinib turibdiki, tijorat bankining iqtisodiyot tarmoqlariga bergan kreditlarining asosiy qismini sifat darajasi bo‗yicha standart kreditlar guruhiga kiritish mumkin. Agar 2010-yilda ularning salmog‗i o‗rtacha 93,2 foizni tashkil qilgan bo‗lsa, 2015-yilga kelib kredit portfelida ularning salmog‗i 95,6 foizni tashkil qilgan. Bankda kreditlarning sifati ijobiy tomonga o‗zgargan. Ikkinchi o‗rinda turuvchi kreditlar - substandart kreditlar bo‗lib, ular salmog‗i 2010-yilning boshida 4,6 foizni tashkil qilgan. Bankning substandart kreditlari pa- sayish tendensiyasiga ega. 2015-yilning boshiga kelib bu kreditlarning salmog‗i 3,6 foizgacha kamayganini ko‗rishimiz mumkin. Tijorat bankining kredit portfelida qoniqaril kreditlar, shuhbali va umidsiz kre- ditlar salmog‗i ham kamayib borgan. Bu hol bankda bank aktivlari bilan samarali ishlash evaziga standart kreditlar salmog‗ining oshishiga zamin yaratgan. Bankning bu boradagi faoliyatini ijobiy baholash mumkin. Tijorat banklari faoliyatida xavfli bo‗lgan kredit qo‗yilmalar - bu muammoli kreditlar shakliga kirgan qo‗yilmalardir. Tijorat bankining 398 Ta‘minlanmagan ssudalar guruhiga ta‘minotga ega bo‗lmagan yoki o‗rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmagan kreditlar kiradi. Tijorat banklarining kredit portfelini bo‗lib-bo‗lib tasniflash ham mumkin. Bu holda aktivlar bir va undan ortiq turkum bo‗yicha tasniflan- ishi mumkin. Muammoli kredit ta‘minotga ega bo‗lsa va ushbu ta‘minotning qiymati qaytarilmagan qarz miqdoridan kam bo‗lsa, bu holda ushbu kredit (agar ta‘minot uchun bozor mavjud bo‗lsa) ta‘minotning bozor narxiga teng bo‗lgan miqdordagi qaytarilmagan qarz, substandart qarz- ning qolgan qismi esa shuhbali yoki ishonchsiz deb tasniflanadi. Shuhbali yoki ishonchsiz deb tasniflangan muammoli kredit ta‘minotga ega bo‗lmasa, lekin ba‘zi bir aniq omillar asosida yaqin ke- lajakda qisman qoplanish ehtimoli bo‗lsa, u holda bunday ssuda yuqori- da aytib o‗tilgan qoplanish ehtimoli bo‗lgan qiymatga teng bo‗lgan to‗lanmagan qarz miqdorida shuhbali deb, qarzning qolgan qismi esa ishonchsiz deb tasniflanadi. Kredit portfelining sifat darajasini tahlil qilish quyidagi bosqichlar bo‗yicha, ya‘ni: 1-bosqich – ta‘minlanganlik darajasi bo‗yicha; 2-bosqich – kreditni haqiqiy to‗lash holati bo‗yicha; 3-bosqich – risk darajasi bo‗yicha; 4-bosqich – kredit portfelining turkumlangan kreditlar tarkibi bo‗yicha amalga oshirish mumkin. Bunda kreditlar yuqoridagi belgilariga qarab guruhlarga birlashtiri- ladi va bir guruh bo‗yicha barcha kreditlar yig‗ib chiqilib, har bir guruhning hajmi to‗g‗risida axborot yig‗iladi, ular tahlil qilinadi va ya- kunida butun kredit portfeli bo‗yicha ma‘lumotlarga ega bo‗linadi. 5-bosqichda kredit portfeli bo‗yicha umumiy risk aniqlanadi. Bunda har bir kredit summasi bo‗yicha risk darajasiga asoslaniladi. Oldingi davr bilan hozirgi kundagi bankning kredit portfeli holati taqqoslanadi va salbiy natijaga ega bo‗lingan bo‗lsa, uning sabablari aniqlanadi. 6-bosqich – kredit portfeli sifatiga qarab yetarli rezerv fondi tashkil qilinadi. 7-bosqich – kredit portfelining holati, tarkibi, unga ta‘sir qiluvchi omillarni hisobga olib bankning kelajakdagi kredit siyosati ishlab chiqi- ladi. Bu siyosatga: kredit resurslarini tashkil qilish va ularning qaysi maqsadga yo‗naltirilganligi, qo‗shimcha kafolotlar olish, kredit shartnomasining 387 kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‗g‗risida»gi nizomga asosan kredit monitoringi faoliyatida qo‗llaniladigan hujjatlar keltirilgan. Unga ko‗ra, tijorat banklari har bir berilayotgan yoki olinayotgan kreditlar bo‗yicha kredit paketiga quyidagi hujjatlarni ilova qilish lozim: - qarzdorning moliyaviy ahvoli va to‗lovlarni o‗z vaqtida amalga oshirishi imkoniyatlarini tekshirish maqsadida tegishli shartnomalar tuzilganidan so‗ng bank va qarzdor o‗rtasida yuz bergan muammolarni aks ettiruvchi yozishmalar va hujjatlar; - kredit ta‘minoti sifatida berilgan mulkni tekshirish hujjatlari; - qarzdor kafilining moliyaviy ahvolini aks ettirgan barcha hujjatlar; - kreditning o‗z vaqtida va to‗liq qaytarilishini ta‘minlovchi hu- jjatlar; - qarzdor to‗lovlarni amalga oshirmagan holda bank tomonidan ko‗rilgan chora-tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar. Kreditga doir xizmat ko‗rsatuvchi bank o‗tkazish to‗g‗risidagi shartnoma shartlariga muvofiq kreditning o‗z vaqtida va to‗liq to‗lanishini aks ettiruvchi hujjatlarni kredit paketida yuritishi shart. Kredit monitoringiga qo‗yiladigan talablar quyidagilarni tashkil etadi: - kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lo- zim; - kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma‘lum bo‗lgan salbiy o‗zgarishlar to‗g‗risida rahbariyatga xabar berishlari kerak; - qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy yo‗qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir. Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‗yicha «to‗lovsizlik» tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o‗stirmaslik mezonlari, shuningdek, bank boshqaruvi va kengashining tegishli hisobotlariga nis- batan talablarni o‗z ichiga olishi lozim. Hisobotlarda ahvolning yomonlashishi, yashirin sabablari va sog‗lomlashtirish rejalari batafsil bayon etiladi. Siyosat qarzlarini qaytarishga doir izchil, bosqichma- bosqich chora-tadbirlar ko‗rilishini talab qilishi kerak. Rahbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim. Kredit monitoringi faoliyatining asosiy tamoyili quyidagilarga asoslanishi kerak: - Turli xil ko‗rinishdagi kreditlarning davriy nazorati. Bu nazorat asosan kichik hajmdagi kreditlar yuzasidan bo‗lib, 30 kunlik, 60 kunlik, 90 kunlik nazoratlar shaklida bo‗ladi. 388 Kredit nazorati bosqichlarining diqqat bilan qayta ko‗rishni, ya‘ni: 1. Mavjud kredit bo‗yicha to‗lovlar hisobi ma‘lumotlarining ishonchliligi. 2. Kredit ta‘minotining holati va sifati. 3. Huquqiy jihatdan kredit qaytarilishining ishonchli ma‘lumot huj- jatlarining to‗liq bo‗lishi lozim. 4. Mijozning bank krediti bo‗yicha moliyaviy holatidagi o‗zgarishlar va natijada kredit miqdorining ortishi yoki qisqartirilish da- rajasi. 5. Berilgan kreditning bank kredit siyosatiga va standartlariga mos bo‗lishi. 6. Muammoli ssudalarning tez-tez tekshirilishi. 7. Iqtisodiy nobarqarorlik davrida kreditlarni tez-tez nazorat qilish v.b. Hozirgi kunda kreditlash sohasida eng asosiy muammolardan biri kreditning to‗liq qaytarilishidir. Bu o‗rinda kredit monitoringi juda katta ahamiyatga ega. Kreditlarning to‗liq qaytib kelmasligiga asosiy sabab, «kredit tanlovi»ning iqtisodiy tamoyilga mos tushmay qolishidir. Bu yo‗qotishlar, xatolar bevosita kredit oluvchi subyekt haqida ma‘lumotlarning yetarli emasligi yoki obyektiv emasligidan yuzaga keladi. Buning uchun xorij amaliyotida keng qo‗llaniladigan va hozirda O‗zbekistonda ham amaliyotga tatbiq qilinib borilayotgan kredit byurosi faoliyatini takomillashtirish, unda markazlashgan holda, mijozlar haqida to‗liq ma‘lumotlar bera oladigan axborotlar bazasini yaratish va uning ishonchli va obyektiv ishlashini shakllantirish banklar uchun, iqtisodiyot uchun, bir bank infrastrukturasi uchun katta foyda keltiradi. Tezkor ma‘lumotlar asosida banklar hamda mijozlar vaqtdan yutadilar. Bu tezkor ma‘lumotlar kredit xarajatlarini uchinchidan, bank faoliyati operativligini, barqarorligini, salohiyatini oshiradi va, albatta, kredit monitoringi ishlari ham qisman yengillashadi, xususan, muammoli kreditlarning kamayishi hisobiga. Kredit monitoringi ishlarini yengillashtiradigan yana biror xususiy yechim kreditlarni berishda mijozning biznes loyihasidan kelib chiqqan holda, loyihaning marketing tadqiqotining haqqoniyligi, hayotga yaqinligi bo‗lishi kerak, chunki yangi ishlab chiqariladigan tovarga talab qanchalik yuqori bo‗lsa, loyihaning moliyaviy natijasi ham samarali bo‗ladi. Bu esa kreditlarning to‗liq qaytarilishini ta‘minlaydi. Zotan, kredit monitoringining asosiy vazifasi mijozga kreditni qaytarishiga ko‗maklashishdir. 397 ikki yil mobaynida foydalanilmagan hamda bank faoliyati uchun ortiq foydalanilmay qo‗yilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida sotilmagan bo‗lsa; aktivlarning to‗lash muddati uzaytirilgan bo‗lsa; asosiy qarz va foizlar bo‗yicha 180 kundan ortiq kunga muddati o‗tgan qarzdorlik mavjud bo‗lsa. Tijorat banki sifati «umidsiz» deb Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling