Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Kredit siyosatining mezonlari va o„ziga xos xususiyatlari


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
2-§. Kredit siyosatining mezonlari va o„ziga xos xususiyatlari 
 
Har qanday tijorat banki kredit siyosatining maqsadi odatda 
quyidagilardan iborat bo‗ladi: kredit qo‗yilmalari hajmining o‗sishi, risk 
yuqori bo‗lgan operatsiyalarning oqilona diversifikatsiyasi, qisqa va 
uzoq muddatli kredit qo‗yilmalari hajmini keskin ko‗paytirish va 
ularning samaradorligini ta‘minlashga yo‗naltirilishi. Shuningdek, kredit 
siyosati investitsion kreditlar salmog‗ini oshirish, ustun darajada 
iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, ishlab chiqarish korxonalarini 
moliyaviy qo‗llab-quvvatlash kabi asosiy yo‗nalishlarni ham o‗z ichiga 
qamrab olgan bo‗lishi lozim. 
Kredit siyosati bankning o‗ziga xos «kredit tili»ni yaratadi va u 
bank faoliyati yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va 
majburiyatlari o‗zgarganda huquqni saqlab qolish uchun katta ahamiyat 
kasb etadi. Qat‘iy siyosat asosida berilgan kredit bank umumiy 
kreditlash faoliyatining rivojlanishi va kreditlarning samarali ishlatilishi 
uchun zamin yaratadi. Kredit siyosati qoidalariga rioya etish bankning 
asosiy maqsadlari, ya‘ni foyda olishni ta‘minlash, risklarni boshqarish, 
bank faoliyati me‘yorlariga rioya etishga erishish imkonini beradi. 
Kredit siyosatining mavjudligi, barcha darajalarda ishlab chiqilgan 
siyosatga rioya etish bank ssuda portfelini sifatli boshqarish uchun asos 
bo‗ladi. Bu esa, o‗z navbatida, uning mijozlari va aksiyadorlari foydasini 
ko‗paytiradi va farovonligini oshiradi. 
Tijorat bankining kredit siyosatida kredit portfelini boshqarishning 
asosiy yo‗nalishlari qilib quyidagilar belgilab olinishi mumkin: 
- kredit risklari darajasiga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarni aniqlash, 
ularni baholash va bartaraf etish; 
- qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning 
moliyaviy ahvolini aniqlash, kredit riskini bashorat qilish; 
- muammoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni so‗ndirish 
choralarini ishlab chiqish; 
- kredit qo‗yilmalarni diversifikatsiya qilish, ularning likvidliligi va 
daromadliligini ta‘minlash; 
- kredit olgan mijoz bilan doimiy aloqada bo‗lib turish; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, dehqon va fermer 
xo‗jaliklarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash. 


358
Bank tomonidan, xo‗jalik subyektlarining aylanma mablag‗lari ye-
tishmasligi, mavjud mablag‗larning me‘yordan ortiqcha tayyor mahsulot 
qoldiqlariga jalb qilinishi, mablag‗larning tayyor mahsulot sifatida qoti-
rib qo‗yish sabablarini o‗rganib borish, zararga ishlayotgan va bankrot-
lik alomatlari ko‗zga tashlanayotgan xo‗jalik subyektlarining moliyaviy 
ahvolining doimiy monitoringini tashkil qilish bank kredit siyosatining 
ustuvor yo‗nalishlaridan biridir. 
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lo-
zim, kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma‘lum bo‗lgan salbiy 
o‗zgarishlar to‗g‗risida rahbariyatga xabar berishlari kerak. Qarz yoki 
garov ahvol yomonlashishini oldindan aniqlash, ehtimoliy yo‗qotishlarni 
kamaytirish uchun juda muhimdir. 
Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‗yicha «to‗lovsizlik» 
tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o‗stirmaslik mezonlari
shuningdek, bank boshqaruvi va kengashining tegishli hisobotlariga nis-
batan talablarni o‗z ichiga olishi lozim. Kredit siyosatida qarzlarni qay-
tarishga doir izchil, bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko‗rilishini talab 
qilish, Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kredit-
larni hisobdan chiqarish tadbirlari ishlab chiqilishi lozim. 
Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik 
bank kengashi va boshqaruvi a‘zolariga yuklatilgan. Odatda, tijorat 
bankning kredit siyosati yo‗nalishlari quyidagilardan tashkil topishi 
mumkin: 
- bank o‗rni va obro‗sini moliyaviy barqaror banklar singari yaxshi-
lash; 
- O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki me‘yorlariga muvofiq 
darajada o‗z kapitalining yetarliligini ta‘minlash; 
- bankning samaradorligi va barqarorligini qo‗llab-quvvatlagan 
holda, uning daromadlarining maksimallashuvini ta‘minlovchi aniq 
kredit va investitsiya siyosatini o‗tkazish; 
- strategik jihatdan muhim bo‗lgan shahar va tumanlarda banklar 
tarmog‗ini kengaytirish. 
Tijorat banki foydaliligini hisobga olgan holda, xalqaro standartlar 
miqyosida, mijozlarga sifatli kredit xizmatini taqdim etishga intiladi. 
Shuning uchun bank-kredit siyosatining asosiy tamoyillariga quyidagilar 
kiritilgan: 
- kreditlash to‗g‗risida qarorlar qabul qilishning barcha darajalar 
bo‗yicha javobgarlikni taqsimlash; 
363
- kredit uchun to‗lanishi mumkin bo‗lgan foiz hisob-kitobi va uning 
davriyligi; 
- oldingi davr (yil, chorak, oy)dagi moliyaviy xo‗jalik faoliyatining 
respektiv tahlili; 
- joriy davr uchun biznes-reja. 
Xo‗jalik subyekti kredit olish uchun tahliliy va xomcho‗t 
ma‘lumotlardan kelib chiqqan holda kredit olish uchun iltimosnomani 
tuzadi. 
Kredit olish uchun arizada kredit olish zaruriyati, uning samara-
dorligi, qaytarilishi, to‗lovligi va ta‘minlanishi, shuningdek, o‗z kapitali 
tarkibi va uning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki batafsil bayon qi-
linadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 
1. Pul oqimi tahlili ko‗rsatilgan biznes-reja. 
2. Oxirgi hisobot davri uchun buxgalterlik balansi, debitorlik va 
kreditorlik qarzlari va to‗lov muddati 60 kundan oshgan qarzlarni 
qiyoslash dalolatnomalari talqini. 
3. Foyda va zararlar to‗g‗risidagi hisobot. 
4. Aylanma mablag‗larning aylanishi hisob-kitobi. 
5. Boshqa kreditlar, qarz mablag‗lari mavjudligi va boshqa 
banklarda saqlanadigan bo‗sh mablag‗larning mavjudligi to‗g‗risidagi 
ma‘lumotnoma. 
6. Kapitali bilan ishtirok etganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma. 
Kredit xodimi yoki kredit paketini o‗rganuvchi shaxs yuqorida qayd 
etilgan hujjatlarni olgach, uch kunlik muddatda quyidagilarni aniqlaydi: 
- subyektlarning kreditga va to‗lovga qobiliyati, uning reyting 
bahosini, shuningdek, kredit maqsadlarining ustav faoliyatiga muvo-
fiqligi, kreditning turini aniqlaydi, bunda u majburiy tartibda likvidlilik, 
qoplash, muxtoriyat, qarz mablag‗larini jalb qilish, foyda va aylanma 
mablag‗lari aylanishi koeffitsiyentilarini o‗rganib chiqishi lozim. 
Kredit paketini tahlil qilishda nafaqat kredit bitimlarining turli soha-
lariga, balki rahbarning shaxsiy sifatlariga ham baho beriladi. 
Taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o‗rganib chiqqach, bank xodimi 
kredit bitimini tuzish uchun xulosani rasmiylashtiradi. Bunda 
quyidagilar ko‗rsatiladi: 
- kreditning maqsadi, muddati va miqdori; 
- kredit qaytarilishining ta‘minlanishi; 


362
kasb etadi. 
Kredit siyosatidagi har qanday cheklash 
to‗liq 
hujjatlashtirilishi, asoslanishi va istisnolar ko‗rsatilishi kerak. 
Xulosa qilib aytganda, tijorat bankining kredit siyosati bankning 
kreditlashni amalga oshirishdagi maqsadi va strategiyasini, kredit berish 
jarayonida bank xodimlarining vakolat darajasi va mas‘uliyatini, tijorat 
banki tomonidan beriladigan kreditlarning turlari va toifasi, bank krediti 
yo‗naltiriladigan iqtisodiyot sohalarini belgilab olish, kreditlash usullari, 
kreditlash ko‗rsatkichlari, kreditlarni qaytarib to‗lash shartlari va 
qoidalari, kreditning muddati, qarzdorlikni undirib olish bo‗yicha chora-
tadbirlar, yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy hisobotlariga 
qo‗yiladigan talablar, mijozning kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichlari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗zida ifoda qiluvchi qarzdorlarning 
faoliyatiga oid moliyaviy axborotlar, garov ta‘minotiga va kredit 
monitoringiga 
qo‗yiladigan 
talablar, 
foiz 
stavkalari 
bo‗yicha 
bajariladigan operatsiyalar, ko‗zda tutilmagan holatlar, kredit portfelini 
audit qilish bo‗yicha talablar bank boshqaruvi va kengashiga taqdim 
qilinadigan hisobotlar bo‗yicha talablarni o‗zida ifodalash lozim. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling