Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
 
 
20-rasm. Tijorat banki foiz siyosatini shakllantirish bosqichlari 
Banklarning foiz siyosati bankka jalb qilingan resurslar va ularni 
aktivlarga joylashtirish davomida ularning miqdori, muddati va 
foizlarida muvofiqlik bo‗lishini ta‘minlashga yo‗naltiriladi. Jalb qilingan 
Tijorat bankining foiz siyosati
Foizlar bo‗yicha maqsadni belgilab olish
Bank boshqaruvi va bo‗linmalari, rahbarlarining vakolatlarini 
belgilash 
Bank aktiv va passiv operatsiyalari foiz stavkalarini belgilash 
va ko‗rib chiqish tartibi bo‗yicha qaror qabul qilish
Bank operatsiyalari bo‗yicha maksimal, minimal, imtiyozli 
foizlar o‗rnatish, ularni differensiatsiyalash tamoyillari va 
mezonlarini belgilash
Foiz riski uchun mas‘ul bo‗lim va xodimlarni belgilash 
Foiz riskini baholash usullarini, foizlar hisobini yuritish, 
hisobot berish muddatini tasdiqlash
Foiz riskini cheklash va oldini olish vositalarini tanlash
Foiz riskini monitoring qilish 
413
G‗arb mamlakatlarining pul-kredit munosabatlarida turli xil foiz 
stavkalari qo‗llaniladi. 1-darajali foiz stavkasi Markaziy bankning qayta 
moliyalash foiz stavkasi hisoblanadi. Bu muhim ahamiyatga ega. 
Stavkaning Markaziy bank tomonidan pasaytirilishi bozorda kredit 
resurslari taklifining ko‗payishiga va arzonlashishiga olib keladi. Foiz 
stavkasini pasaytirishdan maqsad - investitsiya harakatini tezlashtirish, 
mamlakatning iqtisodiy o‗sishiga turtki berishdan iborat. 
Qayta moliyalash foiz stavkasining oshishi kreditlar bo‗yicha foiz 
stavkalarining ham oshishiga, ya‘ni kreditning qimmatlashuviga, shu 
bilan birga, iqtisodiyotda investitsiyalar hajmining qisqarishiga olib 
kelishi mumkin. Demak, Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati 
inflyatsiya darajasi hamda iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini hisobga olgan 
holda, mamlakatning pul-kredit tizimining holatiga qarab olib borilishi 
kerak.
Tijorat banklarining foiz siyosati ikki asosiy yo‗nalishni o‗z ichiga 
oladi. Birinchisi, bu bank resurslarini yaratishda mablag‗larni jalb qilish 
jarayonida olib boriladigan foiz siyosati, ikkinchisi, banklar tomonidan 
resurslarni joylashtirish sohasida olib boriladigan foiz siyosatidir.
O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklarining foiz siyosati bank 
tizimiga taalluqli qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlar asosida ishlab 
chiqilgan. 
1998-yilning 
2-dekabrida 
qabul 
qilingan 
558-sonli 
―Banklarning kredit va depozitlari bo‗yicha foizlar hisoblash tartibi 
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankning nizomiga 
asosan olib boriladi. 
Tijorat banklari foiz siyosatini o‗zlari mustaqil ishlab chiqadilar va 
ular amalga oshiradigan operatsiyalariga foizlar o‗rnatishda erkindirlar 
(ammo foizlar o‗rnatish chegarasi Markaziy bank talablari doirasida 
bo‗lishi lozim). 
Qoidaga asosan kreditlar va depozitlar bo‗yicha foizlar to‗lash 
vaqtida emas, balki foyda ko‗rish davrida hisoblanib, moliyaviy 
hisobotlarda davriylikka mos aks ettirilib borilishi lozim. Depozit va 
kreditlar bo‗yicha hisoblangan foizlarni ifodalash uchun har bir depozit 
turi va kredit bo‗yicha alohida hisob varaqlari ochiladi.
Depozitlar va kreditlar bo‗yicha foiz stavkalari, ularning summasi, 
ularni to‗lash vaqti, davri, to‗lash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank 
o‗rtasida kelishib olinadi va tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. 
Kreditlar bo‗yicha foiz stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi 
tomonidan tavsiya qilingan garov holati va qiymati, uning likvidliligiga, 
kredit resurslari bahosiga, kredit riskning darajasiga qarab tijorat banki 


412

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling