Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Riskni aniqlash – mavjud va qo‗shimcha ma‘lumotlarni olish 
orqali risk yuzaga kelgan joy-muhit, riskning salbiy ta‘sir zonalari 
aniqlanadi.
Risk darajasini baholash – bunda risk son va sifat jihatdan 
baholanadi. 
Riskni sifat jihatdan baholashda riskning manbalari, unga ta‘sir 
qiluvchi omillar aniqlanadi. Va riskni kamaytirish bo‗yicha chora-
tadbirlar ishlab chiqilganda aynan shu omillarga e‘tibor qaratiladi. 
Riskni sifat jihatdan tahlil qilish quyidagi yo‗nalishlarda olib boriladi. 
Bular: 
risk darajasini baholash mezonlarini aniqlash; 
bank faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan ba‘zi risklarning 
darajasini aniqlash; 
haqiqatda yuzaga kelgan risklarning turlari va ularning ko‗lamini 
turli usullarni qo‗llagan holda aniqlash; 
kelajakda risklar kamayishi yoki oshishi imkoniyatlarini baholash. 
Risklarni boshqarish usullarini 4 guruhga bo‗lish mumkin. Bular:
1. Risklarning oldini olish usullari. 
2. Risklarni o‗tkazib yuborish yoki yo‗nalishini o‗zgartirish usul-
lari. 
3. Risklarni taqsimlash usullari. 
4. Risklarni qabul qilish va undan keladigan yo‗qotishlarni 
minimallashtirish. 
 
 
Monitoring doimiy 
doimi 
doimiy 
monitoring
 
43-rasm. Riskni boshqarish strategisi yo„nalishlari 
 
RISKLAR 
BOSHQARISH 


620
• bir qarzdor yoki o‗zaro daxldor qarzdorlarga to‗g‗ri keluvchi 
riskning eng yuqori darajasi 1 darajali bank kapitalining 25 foizidan 
oshishiga yo‗l qo‗ymaslik. Hattoki, ishonchli kreditlar bo‗yicha ham 
riskning eng yuqori darajasi 1-bosqichli bank kapitalining 5 foizidan
bankning barcha yirik kreditlarining umumiy hajmi 1-bosqichli bank 
kapitalidan 8 martadan oshirmaslikka erishishi lozim. 
Yirik tijorat banklarida kredit risklarini boshqarishdagi asosiy 
qiyinchiliklar kreditlanadigan sohani chuqur tahlil qilinmasligi, mijozlar 
bilan aloqani to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilmaganligi, nazoratning to‗g‗ri tashkil 
qilinmasligi, kredit jarayonlarini nazorat va audit o‗tkazishdagi 
muammolarining to‗g‗ri hal qilinmasligida ko‗riladi. 
Kreditning risklarini boshqarishni vazifalarini amalga oshirishda 
bank boshqaruvchisi, kredit bo‗limi, operatsion bo‗lim boshliqlari, bosh 
iqtisodchi, buxgalterlarning faoliyati ahamiyatlidir. Chunki ular kreditni 
boshqarishning birinchi qo‗mitasi a‘zolari bo‗lib, kreditni boshqarish 
vazifalarini amalga oshiradilar. 
Tijorat banklarida kreditni boshqarishning ikkinchi qo‗mitasining 
faoliyati 
va 
uning 
yo‗nalishlari, 
vazifalari 
quyidagi 
rasmda 
ko‗rsatilgan:Birinchi 
va 
ikkinchi 
qo‗mitalar 
birgalikda 
o‗ziga 
biriktirilgan vazifalarni bajarib borish natijasida risklarning kamayishiga 
erishish mumkin. 
Bank faoliyatining ishonchliligi uning faoliyatida yuzaga kelgan 
risklarni mohirona boshqarishi bilan belgilanadi. Risklarni boshqarish 
– bu riskni minimallashtirish bo‗yicha qo‗llaniladigan usul va 
vositalarning majmuasidir. Bank risklarini boshqarishning elementlari 
sifatida: 
• riskni boshqarish subyektlarini; 
• riskni aniqlashni; 
• risk darajasini baholashni; 
riskni monitoring qilishni olish mumkin.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling