Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

uchta 
asosiy 
funksiyalarini 
ajratib 
ko‗rsatishimiz mumkin. Bular: himoya, operativlik va tartibga solish 
funksiyalari. 
Bank omonatchilari manfaatlarini himoya qilish bank kapitalining 
asosiy funksiyasi hisoblanadi. Chunki bank aktivlarining asosiy qismi 
omonatchilar hisobiga tashkil topadi. 
Himoya funksiyasi zarar ko‗rish xavfi tug‗ilganda aktiv zaxiralar 
shakllantirish orqali bankning to‗lov qobiliyatini saqlab qolish, mabodo 
bank tugatiladigan bo‗lsa, omonatchilarga kompensatsiya to‗lash im-
koniyatini beradi. Bu esa, o‗z navbatida, bankning keyingi faoliyat 
ko‗rsatishiga keng yo‗l ochib beradi. Lekin shuni e‘tiborga olishimiz 
kerakki, tijorat banklari ko‗pgina korxonalardan farqli o‗laroq 
o‗zlarining to‗lovga qobiliyatligini joriy bank daromadi hisobiga 
ta‘minlaydilar va faqatgina zararning bir qismi kapital hisobiga 
qoplanishi mumkin. 
Kapital o‗ziga xos himoya yostig‗i rolini o‗ynab, yirik, ko‗zda 
tutilmagan xarajatlar sharoitida bankka o‗z operatsiyalarini davom et-
tirish imkoniyatini beradi. Shu kabi chiqimlarni moliyalashtirish uchun 
bankning o‗z kapitali ichiga kiruvchi turli xil zaxira fondlar mavjud. Le-
kin mijozlarning ssudalarni ommaviy qaytarilmasligi yuz berganda
zararni qoplash uchun aksionerlik kapitali bir qisminigina ishlatish 
maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bank o‗z kapitalining mavjudligi uning 
ishonchligi va likvidliligining birinchi shartidir. 
Bank kapitalining himoya funksiyasiga qaraganda, operativlik 
funksiyasi ikkinchi darajali bo‗lib hisoblanadi. U bankning o‗z 
mablag‗larini yer, bino, inshoot jihozlarni qoplash uchun moliyaviy 
zaxiralarni shakllantirishga ajratishni o‗z ichiga oladi. Bu moliyaviy 
resurslar manbayi bank ishi faoliyatining birinchi bosqichlarida
ta‘sischilarning birinchi navbatdagi xarajatlarni amalga oshirishlarida 
juda keraklidir. Bank rivojlanishining keyingi bosqichlarida bank 
kapitalining roli muhim bo‗lib, bu mablag‗larning bir qismi to‗g‗ri 
zaxiralarni tashkil qilish uchun uzoq muddatli aktivlarga sarflanadi. 
Garchi zararni qoplashning asosiy manbayi foyda jamg‗arish bo‗lsa 
ham zararni qoplash uchun yangi aksiyalar chiqarish yoki uzoq muddatli 
qarz olish mumkin. 
Bank kapitali tartibga soluvchi funksiyani ham bajaradi. Bank ka-
pitali ko‗rsatkichi yordamida bank faoliyatiga baho berish va nazorat 
qilish mumkin. Odatda, bank kapitaliga uning minimal miqdori, aktivlar 
me‘yori va boshqa bank aktivlarini sotib olish shartlari bo‗yicha talablar 
121
qo‗yiladi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
o‗rnatilgan iqtisodiy me‘yorlar, asosan, bankning o‗z kapitali hajmidan 
kelib chiqadi. Tartibga soluvchi funksiyaga kapitalni ssuda va investitsi-
on operatsiyalarni chegaralash maqsadida ishlatish ham kiradi. 
 
9-jadval 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling