Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Muddatli depozitlar – bu banklar tomonidan ma‘lum muddatga 
jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlar qo‗yilgan muddatda 
o‗zgarmas bo‗lishi lozim va ular joriy to‗lovlar uchun ishlatilmaydi. 
Muddatli qo‗yilmalar mablag‗larni shartnoma bo‗yicha muddat va 
shartlarda to‗liq bank ixtiyoriga berishni anglatadi, bu muddat tugashi 
bilan muddatli qo‗yilma xohlagan paytda egasi tomonidan qaytarib
olinishi mumkin. Muddatli qo‗yilma bo‗yicha to‗lanadigan foiz miqdori 
depozit muddati, summasi va shartnomani pul qo‗yuvchi tomonidan ba-
jarilishiga bog‗liq. Qo‗yilmaning muddati va summasi qanchalik katta 
bo‗lsa, 
foizi 
ham 
shunchalik 
yuqori 
bo‗ladi. 
Yuqorida 
ta‘kidlaganimizdek, amaliyotda asosan 1, 3, 6, 9, 12 oy yoki yanada 
uzoqroq muddatga qo‗yilmalar rasmiylashtiriladi. Bunday aniq chega-
ralar pul qo‗yuvchilarni o‗zlarining mablag‗larini ratsional tashkil qilish 
va ularni qo‗yilmalar qo‗yishga rag‗batlantiradi, shuningdek, banklarga 
o‗zlarining likvidliklarini boshqarish uchun sharoit yaratadi. Pul 
qo‗yuvchi tomonidan qo‗yilma bo‗yicha mablag‗larni muddatidan oldin 
olinganda, u shartnomada ko‗rsatilgan foizlardan to‗liq yoki qisman 
mahrum bo‗lishi mumkin. Odatda, bunday hollarda foizlar talab 


134
qilgungacha, qo‗yilmalarga to‗lanadigan foizlar hajmigacha pasaytiri-
ladi. 
Muddatli depozitlar depozitlarning boshqa turlariga nisbatan bank-
ka barqaror resurs bazasini ta‘minlaydi. Shu bois tijorat banklari 
muddatli depozitlar salmog‗ini ko‗paytirishga harakat qilishlari lozim. 
Muddatli depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega
- aniq muddatga ega va ular bo‗yicha o‗zgarmas (depozit siyosatida 
ko‗rsatilgan) foiz to‗lanadi; 
- joriy hisob-kitoblar uchun foydalanilmaydi; 
- mijoz tomonidan muddatidan oldin olinmasligi lozim, aks holda 
foiz to‗lash bo‗yicha shartnoma shartlari bekor qilinadi va talab qilib 
olinguncha depozit miqdorida foiz to‗lanishi mumkin; 
- mablag‗lar 
sekin 
aylanadi, 
uzoq 
muddatli 
ssudalarga 
yo‗naltiriladi; 
- majburiy zaxira normasi nisbatan past bo‗lishi mumkin va h.k. 
Jamg‗arma depozitlari aholi pul jamg‗armalarining to‗planishi 
uchun xizmat qiladi. Jamg‗arma depozitlarga pul mablag‗larini 
jamg‗arish yoki saqlash maqsadida shakllantirilgan qo‗yilmalar kiradi. 
Ularning maxsus xususiyatli tomonlari – saqlashning rag‗batlantirilishi 
va yuqori daromadlilik darajasi, ma‘lum davr ichida jamg‗arila borishi 
kabilar hisoblanadi. 
Banklarimiz amaliyotda jamg‗arma depozitlari deganda, faqatgina 
aholi mablag‗larini muddatli qo‗yilmalar yoki talab qilgungacha hisob 
varaqalarida jamg‗arilishi bilan bog‗liq har qanday operatsiyalar 
tushuniladi.
12-jadval 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling