Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

bankning 
qayta 
moliyalashtirish 
operatsiyasi 
quyidagi usullarda olib borilishi mumkin: 
- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‗li 
bilan kreditlash; 
- tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog‗ozlarni garovga olish 
yo‗li bilan kreditlar berish, ya‘ni lombard krediti; 
- to‗g‗ridan-to‗g‗ri kredit berish usuli. 
Markaziy bank «O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to‗g‗risida»gi qonuniga asosan oltin, chet el valyutasi, xalqaro zaxiralar 
toifasiga kiruvchi valyuta va boshqa boyliklar, davlat qarz majburiyatlari 
va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda 
depozitga o‗tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‗lgan, 
xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan qonun doirasida operatsiya-
lar o‗tkazilishi mumkin bo‗lgan aktivlar, to‗lanishiga banklar kafolat 
bergan tijorat veksellari, shuningdek, Moliya vazirligining kafolatiga 
asoslangan holda banklarga qayta moliyalash kreditlarini beradi. 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan kreditlarning 
asosiy maqsadi banklarning likvidliligini qo‗llab-quvvatlashdan iborat. 
Qayta moliyalash kreditlarini berayotganda Markaziy bank tijorat 
banklarining kredit potensialining joriy holatini doimiy kuzatib turadi. 
133
va ular qoldig‗ining nomuntazamligi bilan xarakterlanadi. Yuridik 
shaxslarga ochilgan, talab qilinguncha hisob varaqalaridagi mablag‗lar 
qoldig‗i bo‗yicha foizlar umuman to‗lanmasligi mumkin. Bunday foyda, 
odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari uchun to‗lov mablag‗larini 
talab qilinguncha hisob varaqalarda mablag‗larni minimallashtirish va 
ortiqcha summalarni qo‗yilmalarning daromadliroq shakllariga joy-
lashtirishga undaydi. 
Tijorat banklarida jalb qilingan mablag‗lar tarkibida talab qilib 
olinguncha depozitlar turlicha hajmga ega. Bu, odatda, bank resurslarini 
shakllantirishning eng arzon manbayidir. Mablag‗larning yuqori hara-
katchanligi tufayli talab qiluvchi hisob varaqalaridagi qoldiq doimiy 
emas, ba‘zida juda o‗zgaruvchan bo‗ladi. Hisob varag‗i egasi istagan 
paytda mablag‗larni olish ehtimoli bank oborotida yuqori likvid aktiv-
larning hissasi ko‗proq bo‗lishini talab qiladi. Bu esa kamroq likvidlikka 
ega bo‗lgan, biroq yuqori daromad keltiruvchi aktivlar hissasining qis-
qarishi evaziga yuz beradi. Shu sababli banklar talab qilgungacha hisob 
varag‗i egalariga past foiz to‗laydilar yoki umuman to‗lamaydilar. Biroq 
talab qilguncha hisob varaqalardagi mablag‗larning yuqori darajadagi 
harakatchanligiga qaramasdan, ularning minimal, doimiy qoldig‗ini 
aniqlash va ulardan barqaror kredit resursi sifatida foydalanish imkoni-
yatiga banklar ega bo‗lishi lozim. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling