Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Talab qilib olinguncha depozitlar –
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Talab qilib olinguncha depozitlar – bu bankni oldindan
ogohlantirmay mijoz tomonidan xohlagan vaqtda talab qilib olinadigan mablag‗lardir. Ularga joriy, hisob-kitob, byudjet va hisob-kitoblarni amalga oshiri- shi yoki mablag‗lardan maqsadli foydalanish bilan bog‗liq hisob- varaqalardagi mablag‗larni, boshqa banklarning vakillik hisobva- rag‗idagi qoldiqlarni kiritish mumkin. Talab qilinguncha depozitlar joriy hisob-kitoblar uchun mo‗jallangan. Bu hisob varaqdagi mablag‗lar hara- kati naqd pul, pul o‗tkazish, boshqa hisob-kitob hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bank likvidligini boshqarish nuqtayi nazari- 132 dan qaraganda, joriy va byudjet hisob varaqlari, kapital qo‗yilmalarni moliyalashtirish bo‗yicha hisob varaqlar, maxsus hisob varaqlar banklar uchun foydaliroq hisoblanadi. Chunki bu mablag‗lar yuqori likvidlilikka ega. Bu depozit turining mijoz uchun asosiy kamchiligi – ular bo‗yicha juda kam miqdorda foizlarning to‗lanishi yoki umuman to‗lanmasligidir. Bank uchun esa bunday depozitlar uzoq muddatga kredit berish uchun foydalanishi mumkin bo‗lgan bank resurslari sifatida ishlatila olmas- liklaridir. Bundan tashqari, joriy va byudjet hisob varaqa egalari aksari- yat hollarda kredit olmaydilar, bu esa banklarga mablag‗larni o‗z rejalari asosida ishlatishga imkon beradi. Talab qilib olguncha bo‗lgan depozitlarga banklarning korrespon- dent banklarda ochilgan vakillik hisob varaqalaridagi mablag‗larini ham kiritish mumkin. Bu hisob varaqalar ular hisob-kitoblarni va to‗lovlarni bir tomonlama tartibda yoki bir birlarining topshiriqlari bo‗yicha amalga oshirish maqsadida ochilgan. Mazkur bankning boshqa bankda ochilgan vakillik hisob varag‗i «Nostro» schyoti, mazkur bankning boshqa bank uchun ochgan vakillik hisob varag‗i «Loro» schyoti deb yuritiladi va bunday hisob varaqalarini ochish banklararo imzolangan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Bu hisob varaqalardan to‗lovlar, qoidaga ko‗ra, ulardagi mablag‗lar hajmi chegarasida amalga oshirilishi kerak. Ular bo‗yicha mavjud mablag‗lardan ko‗proq operatsiyalar o‗tkazish za- ruriyati tug‗ilganda, vakilga alohida balans hisob varag‗idan overdraft krediti berilishi mumkin. Talab qilib olinguncha bo‗lgan depozitlarga kontokorrent hisob varag‗i mablag‗larini ham kiritish mumkin. Xalqaro bank amaliyotida talab qilib olinguncha depozitlardan tashqari nau-hisob varaqalar (uchinchi shaxs foydasiga hisob hujjatlarini yozib berish), bank tomonidan belgilanadigan hisob cheklari ham kiri- tiladi. Talab qilib olingungacha bo‗lgan depozitlar Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling