Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

ratsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarin-
ing 90 foizdan ortiq passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit ope-
ratsiyalarini tijorat banklari o‗zlarining depozit siyosatlari asosida olib 
boradilar. 2017-yilning 1-yanvar holatiga banklardagi depazitlar miqdori 
44,6 trln. so‗mni tashkil etdi. Tijorat bankining depozit siyosati uning 
kredit siyosati, foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan cham-
barchars bog‗liq bo‗lib, banklarning resurs bazasini mustahkamlash va 
uning barqarorligini ta‘minlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini 
amalga oshirishda bu operatsiya turining obyekt va subyektini aniqlash 
lozim. 
Depozit operatsiyalarning subyektlari bo‗lib bir tomondan tijorat 
banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan: 
- davlat korxona va tashkilotlari; 
- moliya, sug‗urta, investitsion va trast kompaniyalar; 
- xususiy korxona va tashkilotlar; 
- aksioner kompaniyalar; 
- banklar va boshqa kredit muassasalari; 
- qo‗shma korxonalar, kooperativlar; 
- jamoa tashkilotlari va fondlar; 
- alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadi-
lar. 
Depozit operatsiyalarining obyekti ehtiyojdan ortiqcha pul 
mablag‗lari (qo‗yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil 
qilishning asosi bo‗lib, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ah-
volining barqarorligidir. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining 
depozit siyosatini amalga oshirish orqali: 
- bank daromadining oshishga yoki kelajakda daromad olishga sha-
roit yaratishi; 
- bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit 
siyosatini amalga oshirish; 
- depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo‗yilmalarga 
e‘tibor qaratish; 
- depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan 
bog‗liq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko‗rish va boshqalar 
uchun amalga oshiriladi. 
Pul qo‗yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling