Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Aksioner tijorat bankining mijozlar bo„yicha


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Aksioner tijorat bankining mijozlar bo„yicha 
depozit shakllari to„g„risida ma‟lumot 
 
Depozit turlari 
ming so„m 
foiz 
1. Talab qilib olinguncha depozitlar, jami
105022 
78.9 
Shu jumladan: 
a) hukumat 
b) jismoniy shaxslar 
d) davlat korxonalari 
e) qo‗shma korxonalar 
f) xususiy korxonalar, korporatsiya va jamoalar 
g) boshqa talab qilib olinguncha depozitlar 
16481 
5352 
22025 
111 
54692 
6361 
12,4 
4,0 
16,5 
0,1 
41,1 
4,8 
2. Jamg‗arma depozitlari, jami 
10957 
8.2 
Shu jumladan: 
139
Odatda, tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda resurslarning 
nodepozit manbalaridan ham foydalanishga katta e‘tibor beriladi. Ular 
bozorda raqobatchilik asosida vositachilar (brokerlar) orqali sotib 
olinadi. Nodepozit manbalardan asosan moliyaviy markazlarda 
joylashgan hamda moliya bozori mexanizmidan erkin foydalanish 
huquqiga ega bo‗lgan yirik banklar keng foydalanadilar. Nodepozit 
mablag‗lar yirik miqdorda sotib olinadi. 
Qo‗yilmalarga mablag‗larni jalb qilish uchun tijorat banklari 
qo‗shimcha ravishda chet el tajribasidan foydalanishi mumkin, xususan: 
- aholi mablag‗larini jalb qilish bo‗yicha turli dasturlarni ishlab 
chiqish; 
- mijozlar – pul qo‗yuvchilarga turli-tuman, jumladan, nobank 
xizmatlarni ham ko‗rsatish; 
- qo‗yilma muddati tugashi bilan mukofot berishda investitsion 
harakterdagi qo‗yilmalardan yuqori foiz stavkasini qo‗llash; 
- doimiy pul qo‗yuvchilarga ―bankka sadoqati‖ uchun mukofot 
to‗lash; 
- mijoz va bank iqtisodiy qiziqishlarini optimallashtiradigan, aralash 
xarakterda amal qiluvchi NAU va SAPS tipidagi hisob varaqlarni 
qo‗llashni amalga oshirishlari mumkin. 
2002-yil 
aprelda 
«Fuqarolarning banklardagi omonatlarini 
himoyalash kafolatlari to‗g‗risida»gi qonunini qabul qilinishi bilan 
aholining banklardagi omonatlarini himoyalash va kafolatlashning 
huquqiy asoslari yaratildi. Mazkur qonunda belgilangan vazifalarni 
amalga oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2002-yil 19-sentyabrdagi 326-sonli qarori bilan 
Fuqarolarning bankdagi omonotlarini kafolatlash fondi tashkil etildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat bankiga berilgan 
litsenziya chaqirib olinganda, mazkur fond bankdagi aholi omonatlari 
bo‗yicha haq to‗lashni kafolatlaydi. Barcha banklar, shu jumladan, chet 
el kapitali ishtirokidagi aholi omonotlarini jalb qiluvchi banklar fond 
bilan yozma bitim tizimini tuzishi majburiy qilib belgilab qo‗yilgan. 
Fond yuridik shaxs sifatida tuzilgan bitimlar asosida faoliyat olib boradi. 
Banklar fondga bir yo‗la va kalendar majburiy badallar to‗lashadi. 
Bankning fondga bir yo‗la to‗laydigan badali bankning amalda 
shakllangan ustav kapitalining 0,1 foizini tashkil etadi. 
Kalendar badallar har chorakda kafolatlanishi lozim bo‗lgan 
omonatlarning amaldagi umumiy summasining 0,5 foizidan ko‗p 


138
Tijorat banklarining umumiy kreditlash salohiyatiga quyidagi 
omillar obyektiv ta‘sir ko‗rsatadi: 
- bankda yig‗ilgan jami mablag‗larning umumiy hajmi; 
- kreditlash salohiyati manbalarining tarkibi va ularning 
barqarorligi; 
- Markaziy bank tomonidan o‗rnatilgan majburiy zaxiralar darajasi; 
- tijorat banklari joriy likvidligini ushlab turish uchun zaxiradan 
foydalanishga yo‗l qo‗yilgan hollarda undan foydalanish tartibi; 
- bank majburiyatlarining tuzilishi va umumiy summasi v.b. 
Quyidagi hollarda kreditlash salohiyatining samaradorligiga eri-
shish mumkin: 
- likvidlilikning minimal darajasi ta‘minlansa; 
- kreditlash uchun mavjud barcha mablag‗lardan foydalanilsa; 
- kredit resurslardan maksimal darajada yuqori foyda olinsa; 
- tijorat bankining kreditlash qudratini oshirishda: 
- bank mijozlarining sonini oshirishda; 
- bankning mavjud mijozlarining mablag‗larini ko‗paytirishda; 
- bankning tashkiliy tarmog‗ini kengaytirishda; 
- bank muassislari mablag‗larini biror maqsadda birlashtirish orqali 
ko‗paytirish va uning samaradorligini oshirishga zamin yaratishda; 
Bank aktivlariga yo‗naltirlgan kredit resurslari barqarorligini 
ta‘minlashda mablag‗lar manbalari muhim ahamiyat kasb etadi. Kredit 
resurslari ham an‘anaviy ravishda o‗z va qarz resurslar hisobidan tashkil 
topadi. Qarz mablag‗lari asosiy o‗rinni egallab, iqtisodiy belgisiga qarab 
depozit, jamg‗arma omonatlari va pul bozori mablag‗lari shaklida 
bo‗lishi mumkin. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling