Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

xususiy bank va 5 chet el kapitali ishtirokidagi banklarni (1-ilovaga 
qarang) o‗z ichiga oluvchi bank tizimi yuqorida belgilangan vazifalarni 
amalga oshirib, bozor islohotlarining faol qatnashchilari sifatida faoliyat 
olib bormoqda. 
 


48
mablag‗lardan foydalangani uchun ma‘lum foiz hisobida daromad oladi-
lar. Bo‗sh pul mablag‗lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi 
va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi. 
Bo‗sh turgan mablag‗larni jalb etish va ularni kapitalga aylantirish 
funksiyasi tijorat bankining asosiy funksiyalardan hisoblanib, bu 
funksiya yordamida tijorat banklarining resurslari shakllantiriladi.Jalb 
etilgan mablag‗lardan olinadigan daromad qarz mablag‗lariga bo‗lgan 
talab va taklif asosida shakllanadi. 
Tijorat banklarining yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlash 
funksiyasi banklarning asosiy funksiyalaridan hisoblanadi va mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirish, yalpi ichki mahsulot hajmining o‗sib 
borishida muhim o‗rin tutadi. 
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti sharoitida 
subyektlar faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit 
yaratadi. Pul mablag‗lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz 
oluvchi orasida muomalada bo‗lishi mumkin, ammo buning natijasida 
mablag‗larni yo‗qotish bilan bog‗liq risk darajasi oshadi va mablag‗larni 
o‗z vaqtida qaytarib berishda muammolar yuzaga keladi. Buning sababi 
kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida yetarli darajada ma‘lumotga 
ega emasligi, mablag‗larga bo‗lgan talabning taklif bilan doimo 
miqdoran va vaqt miqyosida mos kelmasligididadir. Tijorat banklari 
vositachi sifatida mablag‗larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi 
mumkin. Bank o‗z aktivlarini keng diversifikatsiya qilish orqali 
omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.
Jamg‗arma mablag‗larni shakllantirishda tijorat banklari depozit 
siyosatining ta‘siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, 
bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni 
qo‗yishda mijoz bankning xavfsizligi bilan bir qatorda mijoz tijorat bank 
faoliyati yetarlicha ma‘lumotga ega bo‗lishi va bu bilan u bankning 
moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin. 
Mijozlarga kredit berish va o‗z zimmasiga olgan majburiyatlarni 
bajarish uchun mablag‗ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit 
resurslari olishda Markaziy bankka murojaat qilishi mumkin. 
Tijorat banklari operatsiyalari bo‗yicha foiz stavkalari ularning 
o‗zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-
kredit siyosatining bosh yo‗nalishlarida belgilab beriladigan foiz 
stavkalari siyosatiga asoslangan bo‗lishi lozim. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling