Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Banklarning keyingi funksiyasi mustaqil subyektlararo to„lov


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Banklarning keyingi funksiyasi mustaqil subyektlararo to„lov 
operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot 
33
Majburiy rezerv talablarining normativlari yoki tarkibi belgilangani 
yoki o‗zgartirilgani to‗g‗risidagi ko‗rsatmalarda kamida bir oylik 
muddat ko‗rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi 
normativlarni banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart. 
Markaziy bank majburiy zaxiralar bo‗yicha foizlarni to‗lash 
to‗g‗risida qaror qabul qiladi. Zaxira talablarini hisob-kitob qilishda chet 
el valyutasidagi mablag‗lar, jismoniy shaxslar depozitlari, depozit va 
jamg‗arma sertifikatlari, ipoteka obligatsiyalari chiqarish yo‗li bilan jalb 
etilgan 
mablag‗lar 
hisobga 
olinmaydi. 
Majburiy 
zaxiralarni 
deponentlash bank vakillik hisob varag‗idan pul mablag‗larini o‗tkazish 
yo‗li bilan amalga oshiriladi. Majburiy zaxiralarni turli foyda keltiruvchi 
aktivlar bilan qoplashga ruxsat etilmaydi. Bank majburiy zaxira 
talablarining eng kam miqdorini saqlab turish to‗g‗risidagi 28-modda 
qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat‘iy tartibda bu 
bankdan yetishmayotgan mablag‗ summasini, shuningdek, qayta 
moliyaviy ta‘minlashning ikki barobar foizidan oshmaydigan miqdorda 
jarima undirib oladi. 
Markaziy bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki, 
u tijorat banklaridan veksellarni sotib oladi. Markaziy bank qiymati 
to‗lanishini banklar kafolatlagan qisqa muddatli xazina veksellari, 
shuningdek, tijorat veksellari hisobini yuritishi mumkin. 
Hisob operatsiyalarini o‗tkazish shartlarini, shu jumladan hisob 
stavkasi miqdorlarini Markaziy bank belgilaydi. 
Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklari o‗rnatadigan 
hisob stavkasining eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda, tijorat 
banklarining hisob stavkasi Markaziy bankning hisob stavkasidan 
yuqori bo‗ladi. Markaziy bank o‗z operatsiyalari bo‗yicha foiz stavkala-
rini mustaqil belgilaydi. 
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish siyosati 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatli 
qog‗ozlarni garovga olgan holda kreditlar berish va kredit auksionlarini 
o‗tkazish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqqan holda 
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi quyidagi 
usullarda olib borilishi mumkin: 
- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‗li 
bilan kreditlash; 
- tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog‗ozlarni garovga olish 
yo‗li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar 
deyiladi; 


34
- to‗g‗ridan-to‗g‗ri kredit berish usuli. 
Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo‗lgan hol-
larda ular Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va 
Markaziy bank kreditidan foydalanishi mumkin. Qayta moliyalashtirish-
ning asosiy maqsadi, pul muomalasi va kredit munosabatlarining holati-
ga ta‘sir ko‗rsatishdan iborat. 
3-jadval 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling