Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Hisob-kitoblarni
va o„tkazish operatsiyalarini bajarish. O‗zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblar naqd pulli va naqd pulsiz tarzda amalga oshiriladi. Jami pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz to‗lovlarga to‗g‗ri keladi. Bunda pulning harakati kredit muas- sasalaridagi hisob varaqlarga pul o‗tkazish va o‗zaro talablarni hisobga olish jarayonida sodir bo‗ladi. Mahsulot sotish ishlarini bajarish, xizmat ko‗rsatish yo‗li bilan mablag‗ topish, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash, bankdan qarz olish va uni qaytarish, aholiga pul daro- madlarini to‗lash va ulardan foydalanish kabi xo‗jalik munosabatlarining sohalari vositasida naqd pulsiz pul oboroti xo‗jalik yurituvchi subyektlarning hisob varaqlari amal qilayotgan bank muassasalari orqali o‗tadi. O‗zaro hisob-kitoblar O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan va hamma bank hamda mijozlar uchun majburiy 36 bo‗lgan qoidalar asosida olib boriladi. Ushbu qoidalarning bir tarzda qo‗llanishi butun respublika hududida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta‘minlaydi. Banklar faoliyatini tartibga solish va ularni nazorat qilishdan asosiy maqsad «O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida»gi qonunning 50-moddasiga muvofiq bank tizimining barqarorligini ta‘minlash, omonatchi va kreditorlar manfaatlarini himoya qilishdan ibo- rat. Ushbu maqsadni amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri bank faoliyatiga ruxsatnoma (litsenziya) berishdir. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus komissiyasi bu faoliyat bilan shug‗ullanishga da‘vogarlarning birlamchi hujjatlarini ko‗rib chiqadi, pul bozorida ularning muomalaga tayyorligini, O‗zbekiston Respu- blikasi Markaziy banki talablariga javob berishini tahlil qiladi va qaror ijobiy bo‗lgan taqdirda bank faoliyatini amalga oshirish uchun rux- satnoma beradi. Bundan tashqari, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank muassasalarining rivojlanishini har tomonlama hisobga olib, kuzatib bo- radi. Kapitalning aynan bir xilligi, likvidlikka doir talablarni o‗z ichiga oluvchi iqtisodiy me‘yorlarni, shuningdek, kreditlash hajmi va li- mitlarini belgilaydi. Qonunda kredit tashkilotlarning hamma turlari uchun yagona mazmunga ega bo‗lgan iqtisodiy me‘yorlar guruhining bajarilishi nazarda tutiladi. Kapitalning yyetarliligi, aktivlarning sifati, foydaliligi va likvidligiga qarab tijorat banklarining moliyaviy ahvoli baholanadi, nochor banklar aniqlanadi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling