Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash. Xalqaro hisob-
kitoblarda zaxiradagi aktiv va kafolatli sug‗urta fondi vazifasini ado
etish Markaziy bankning pul-kredit siyosatida valyuta-mablag‗laridan 
sharoitga qarab foydalanish imkonini beribgina qolmay, balki dunyo 
moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‗li bilan mamla-
katimizning oltin valyuta zaxiralarining qiymatini saqlab turish imkoni-
yatini yaratadi. Boshqa moliya muassasalari, korxonalar va xususiy 
shaxslar ham xorijiy valyutaga ega bo‗lish va valyuta operatsiyalarini 
o‗tkazishga haqi borligiga qaramasdan, O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki valyuta zaxiralarini saqlovchi asosiy depozitariy bo‗lib 
qolishi mumkin. 
Hukumat maslahatchisi-xazina vakili vazifasi. Bu vazifa 
«O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‗g‗risida»gi qonunning 44-
moddasida 
mustahkamlab 
qo‗yilgan. 
O‗zbekiston Respublikasi 
45
Bankning boshqaruvini direktorlar kengashi amalga oshiradi. Unga 
qo‗shimcha tarzda bank boshqaruvini kuzatish va nazorat qilish 
mas‘uliyati ham yuklatilgan. Direktorlar kengashi a‘zolarining tarkibi va 
saylanish muddati tijorat bankining nizomi bilan belgilanadi. 
Bank kengashi bank faoliyatining asosiy yo‗nalishini, kredit siyosa-
ti va bankning boshqa rejalarini ko‗rib chiqish, daromad, xarajatlar, foy-
da rejalarini tasdiqlash, shu‘balarni ochish yoki yopish masalalarini 
ko‗rib chiqish kabi masalalar bilan shug‗ullanadi. 
Bank boshqaruvi bank faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. Bank 
boshqaruvi aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi va direktorlar kengashi 
oldida javobgardir. Bank boshqaruvi boshqaruv raisi, rais o‗rinbosari va 
boshqa xodimlardan tarkib topgan. U o‗z faoliyatini nizom va 
yo‗riqlarga asoslangan holda amalga oshiradi. 
Aksonerlarning umumiy yig‗ilishi, bank kengashi va boshqaruvi 
bankning boshqaruv organlari hisoblanadi. 
Bank kengashi omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish 
maqsadida bank faoliyatini yuritish, jumladan, kreditlash va mab-
lag‗larni investitsiyalash to‗g‗riligini nazorat qilish, bank rahbarlarini 
ishga tayinlash va ishdan bo‗shatish, bank kapitalining bir tekis o‗sib 
borishini ta‘minlab turish, bank siyosatini ishlab chiqish, qonun 
hujjatlariga rioya qilishni ta‘minlash va boshqa vazifalarni amalga 
oshiradi. 
Bank kengashi a‘zolari kamida besh kishidan iborat bo‗lishi lozim. 
Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham 
bank kengashi a‘zosi bo‗lishlari mumkin. 
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob 
beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. 
Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‗ilishi oldida 
hisobdordirlar. 
Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishini respublika aksiyadorlik 
tijorat banki misolida quyidagi rasmda ko‗rish mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasining aksariyat yetakchi aksioner tijorat 
banki bugungi kunda o‗z tarkibida viloyat boshqarmasi, tuman 
bo‗limlari va mini-banklar sifatida faoliyat yuritmoqda.
Keltirilgan bankning tashkiliy tuzilishi aksariyat banklar uchun 
o‗xshash bo‗lib tijorat banklarining joylashish o‗rni, xizmat 
ko‗rsatadigan mijozlarning faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib ba‘zi 
bir o‗zgarishlar bo‗lishi mumkin. 


44
qiladi, chunki ular moliya bozorida o‗z qarz majburiyatlarini 
chiqarmasdan faoliyat ko‗rsatadi. 
- ikkinchidan, banklar jismoniy va yuridik shaxslar oldida 
mijozlarning pul mablag‗larini hisob varaqlariga qo‗yish va 
jamg‗armaga o‗tkazish, depozit sertifikatlarini chiqarish va boshqalar 
orqali qat‘iy belgilangan qarz majburiyatlarini oladi. Qat‘iy belgilangan 
qarz majburiyatlar bilan faoliyat ko‗rsatish banklar uchun riskli 
hisoblanadi, 
chunki 
banklar 
o‗z 
kreditorlari 
oldida 
olgan 
majburiyatlarini to‗liq bajarishlari lozim. Investitsion fondlar esa o‗z 
aktivlari va passivlarining qiymati o‗zgarishi bilan bog‗liq risklarni o‗z 
aksiyadorlari zimmasiga yuklaydilar. 
―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunga asosan 
O‗zbekiston Respublikasida banklar universal faoliyatni amalga 
oshiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo‗lsak, turli xilda kreditlar berish, 
qimmatli qog‗ozlar va xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‗ullanish, 
bo‗sh turgan pul mablag‗larni jalb etish, hisob-kitoblarni amalga 
oshirish, kafolat va garantiyalar berish va hokazolar tijorat bankining 
asosiy faoliyat turlaridan hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasida xorijiy banklar va har qanday 
mulkchilik shakliga asoslangan banklar faoliyat ko‗rsatishi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasida faoliyat ko‗rsatayotgan tijorat banklari va 
ularning mulkchilik shakli to‗g‗risidagi ma‘lumotlar 3-ilovada 
keltirilgan bo‗lib, ular turli mulkchilikka asoslangandir. 
Odatda, O‗zbekistonda banklar aksionerlik jamiyat ko‗rinishida 
tashkil etiladi. Shu bois tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi aksioner 
jamiyat tuzilishiga o‗xshashdir. Aksionerlar bankning ustav fondiga 
qo‗shgan hissalariga qarab, bankning majburiyatlariga javobgardirlar. 
Aksionerlar bank faoliyatini boshlash bosqichida bankdan bank ta‘sis 
qilinganda qo‗shgan hissalarining qaytarilishini talab qilish huquqiga 
ega emas (ba‘zi hollar bundan mustasno). Bu holat bank barqarorligini, 
ishonchliligini tartibga solishda yordam beradi. 
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat organlarining 
mablag‗lari, jamoa, birlashmalar va fondlarning mablag‗lari, garov va 
kreditga olingan mablag‗lardan foydalanish mumkin emas.
Tijorat bankining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi 
hisoblanadi. Bu yig‗ilishlarda aksiyadorlarning vakillari va aksiyador 
korxonalarning rahbarlari ishtirok etadi. Aksiyadorlarning umumiy 
yig‗ilishi ko‗rib chiqishga qo‗yilgan masalalar bo‗yicha qaror qabul qi-
lish uchun aksiyadorlarning kamida 3/4 qismi ishtirok qilishi lozim. 
37
Markaziy banki hukumat banki sifatida davlat muassasalari va tash-
kilotlarining hisob varaqlarini yuritadi, ana shu hisob varaqlarda 
mablag‗larni jamg‗aradi va ulardan to‗lovlarni amalga oshiradi, davlat 
qimmatli qog‗ozlari bilan operatsiyalarni o‗tkazib turadi, davlatga 
bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini 
xarid qilish tarzida kredit beradi, hukumat idoralarining topshirig‗iga bi-
noan oltin bilan yoki xorijiy valyutada operatsiyalar bajaradi. 
45-moddada belgilab berilganidek, hukumat davlat sektoriga qarz 
ajratish masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan 
mablag‗ olish rejalari to‗g‗risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fiskal (xa-
zina) agenti vazifasiga muvofiq hukumat hisob varaqlarini yuritar ekan 
(47-modda), hukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda 
ko‗maklashadi, byudjet kirimlari va chiqimlari masalalari yuzasidan 
maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‗ozlarini joylashtirishda vakil si-
fatida ishlaydi, ular bo‗yicha hisob varaqlarni yuritadi, davlat qarz 
majburiyatlari bilan bog‗liq boshqa masalalarini hal etishda qatnashadi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling