Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
-rasm. Bank siyosatining asosiy elementlari
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
17-rasm. Bank siyosatining asosiy elementlari Kredit siyosati bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, qanday shaklda, kimga, qaysi shartlar va muddatlarda berilishini belgilab beradi. Bankning kredit siyosati uning faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan xavfli holatlarning oldini olishga, buning uchun depozitlar va kreditlar o‗rtasidagi nisbatning, bank majburiyatlari bilan kapitali o‗rtasidagi va boshqa ko‗rsatkichlarning me‘yorda bo‗lishini taqozo qiladi. Oqilona kredit siyosati beriladigan kreditlarning sifatini oshiradi. Shuning uchun kredit siyosatining asosiy maqsadi boshqaruv jarayoni, fondlarning yetarliligi, risklarning sifat darajasi bo‗yicha turkumlari, kredit portfelining sifati, majburiyatlarning tarkibiy qismlarini ajratish kabi elementlarini o‗z ichiga olishi lozim. Bank siyosati - bankning depozit siyosati, kredit siyosati, foiz siyosati, valyuta siyosati, mijozlarga kassa-hisob xizmatini ko‗rsatish siyosati va boshqa bank xizmatlarini ko‗rsatish bo‗yicha siyosati, banklarning likvidliligini ta‘minlash siyosati, kadrlar siyosati majmuasidan iborat. Kredit siyosati Bank siyosati Depozit siyosati Kredit siyosati Foiz siyosati Likvidlikni boshqarish Valyuta siyosati Mijozlarga kassa-hisob xizmatini tashkil qilish siyosati Banklarning risklarni boshqarish so- hasidagi siyosati Banklarning foyda va rentabelligini boshqarish sohasidagi siyosati Kadrlarni boshqarish siyosati v.b. Investitsiya siyosati 356 bank siyosatining asosiy yo‗nalishlaridan hisoblanadi. Buni biz yuqori- dagi sxemadan ko‗rishimiz mumkin. Kredit siyosatining mazmunini chuqurroq o‗rganish maqsadida uning nimalardan tashkil topganini ko‗rib chiqamiz. Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat: - bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, berilish va qaytarilish shartlari, qoplash muddatlari, miqdori va sifati) bilan bog‗liq masalalar; - bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o‗rinbosari, kredit qo‗mitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro‗yxati (eng ko‗p kredit summalari va turlari); - bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish bo‗yicha jami majburiyatlar; - kredit arizalari bo‗yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni; - kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida saqlanadigan hujjatlar ro‗yxati (qarzdorning moliyaviy hisoboti, kredit shartnomasi, garov, kafolat bo‗yicha shartnoma va h.k.); - mijozning moliyaviy ahvoli va kreditga layoqatlik ko‗rsatkichlari tahlili; - kredit hujjatlari saqlanishi va tekshirilishi uchun javobgarlik, kim va qanday holatda ularni olish huquqiga egaligi to‗g‗risida batafsil ma‘lumotlar; - kreditning ta‘minlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishning asosiy qoidalari; - barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me‘yorlar bayoni; - eng yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va ko‗rsatish (ya‘ni kredit summalari va bank yalpi aktivlarining eng yuqori nisbati); - bank xizmat ko‗rsatadigan mintaqa, kredit qo‗yilmalarining asosiy qismi joriy etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori; - muammoli kreditlar tarkibi va tahlili, bunda muammolarning qanday hal etilishi ehtimollari ko‗rsatiladi va h.k. Kredit siyosati malakali tuzilib, barcha darajalarda me‘yorda sifatli amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga to‗g‗ri qarorlar chiqarish, ortiqcha risklardan xalos bo‗lish, bank kreditlarini to‗g‗ri baholash 365 Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling