Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
-§. Kredit siyosatining mezonlari va o„ziga xos xususiyatlari
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
2-§. Kredit siyosatining mezonlari va o„ziga xos xususiyatlari Har qanday tijorat banki kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo‗ladi: kredit qo‗yilmalari hajmining o‗sishi, risk yuqori bo‗lgan operatsiyalarning oqilona diversifikatsiyasi, qisqa va uzoq muddatli kredit qo‗yilmalari hajmini keskin ko‗paytirish va ularning samaradorligini ta‘minlashga yo‗naltirilishi. Shuningdek, kredit siyosati investitsion kreditlar salmog‗ini oshirish, ustun darajada iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, ishlab chiqarish korxonalarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash kabi asosiy yo‗nalishlarni ham o‗z ichiga qamrab olgan bo‗lishi lozim. Kredit siyosati bankning o‗ziga xos «kredit tili»ni yaratadi va u bank faoliyati yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va majburiyatlari o‗zgarganda huquqni saqlab qolish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Qat‘iy siyosat asosida berilgan kredit bank umumiy kreditlash faoliyatining rivojlanishi va kreditlarning samarali ishlatilishi uchun zamin yaratadi. Kredit siyosati qoidalariga rioya etish bankning asosiy maqsadlari, ya‘ni foyda olishni ta‘minlash, risklarni boshqarish, bank faoliyati me‘yorlariga rioya etishga erishish imkonini beradi. Kredit siyosatining mavjudligi, barcha darajalarda ishlab chiqilgan siyosatga rioya etish bank ssuda portfelini sifatli boshqarish uchun asos bo‗ladi. Bu esa, o‗z navbatida, uning mijozlari va aksiyadorlari foydasini ko‗paytiradi va farovonligini oshiradi. Tijorat bankining kredit siyosatida kredit portfelini boshqarishning asosiy yo‗nalishlari qilib quyidagilar belgilab olinishi mumkin: - kredit risklari darajasiga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarni aniqlash, ularni baholash va bartaraf etish; - qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy ahvolini aniqlash, kredit riskini bashorat qilish; - muammoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni so‗ndirish choralarini ishlab chiqish; - kredit qo‗yilmalarni diversifikatsiya qilish, ularning likvidliligi va daromadliligini ta‘minlash; - kredit olgan mijoz bilan doimiy aloqada bo‗lib turish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, dehqon va fermer xo‗jaliklarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash. 358 Bank tomonidan, xo‗jalik subyektlarining aylanma mablag‗lari ye- tishmasligi, mavjud mablag‗larning me‘yordan ortiqcha tayyor mahsulot qoldiqlariga jalb qilinishi, mablag‗larning tayyor mahsulot sifatida qoti- rib qo‗yish sabablarini o‗rganib borish, zararga ishlayotgan va bankrot- lik alomatlari ko‗zga tashlanayotgan xo‗jalik subyektlarining moliyaviy ahvolining doimiy monitoringini tashkil qilish bank kredit siyosatining ustuvor yo‗nalishlaridan biridir. Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lo- zim, kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma‘lum bo‗lgan salbiy o‗zgarishlar to‗g‗risida rahbariyatga xabar berishlari kerak. Qarz yoki garov ahvol yomonlashishini oldindan aniqlash, ehtimoliy yo‗qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir. Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‗yicha «to‗lovsizlik» tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o‗stirmaslik mezonlari, shuningdek, bank boshqaruvi va kengashining tegishli hisobotlariga nis- batan talablarni o‗z ichiga olishi lozim. Kredit siyosatida qarzlarni qay- tarishga doir izchil, bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko‗rilishini talab qilish, Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kredit- larni hisobdan chiqarish tadbirlari ishlab chiqilishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank kengashi va boshqaruvi a‘zolariga yuklatilgan. Odatda, tijorat bankning kredit siyosati yo‗nalishlari quyidagilardan tashkil topishi mumkin: - bank o‗rni va obro‗sini moliyaviy barqaror banklar singari yaxshi- lash; - O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki me‘yorlariga muvofiq darajada o‗z kapitalining yetarliligini ta‘minlash; - bankning samaradorligi va barqarorligini qo‗llab-quvvatlagan holda, uning daromadlarining maksimallashuvini ta‘minlovchi aniq kredit va investitsiya siyosatini o‗tkazish; - strategik jihatdan muhim bo‗lgan shahar va tumanlarda banklar tarmog‗ini kengaytirish. Tijorat banki foydaliligini hisobga olgan holda, xalqaro standartlar miqyosida, mijozlarga sifatli kredit xizmatini taqdim etishga intiladi. Shuning uchun bank-kredit siyosatining asosiy tamoyillariga quyidagilar kiritilgan: - kreditlash to‗g‗risida qarorlar qabul qilishning barcha darajalar bo‗yicha javobgarlikni taqsimlash; 363 - kredit uchun to‗lanishi mumkin bo‗lgan foiz hisob-kitobi va uning davriyligi; - oldingi davr (yil, chorak, oy)dagi moliyaviy xo‗jalik faoliyatining respektiv tahlili; - joriy davr uchun biznes-reja. Xo‗jalik subyekti kredit olish uchun tahliliy va xomcho‗t ma‘lumotlardan kelib chiqqan holda kredit olish uchun iltimosnomani tuzadi. Kredit olish uchun arizada kredit olish zaruriyati, uning samara- dorligi, qaytarilishi, to‗lovligi va ta‘minlanishi, shuningdek, o‗z kapitali tarkibi va uning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki batafsil bayon qi- linadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 1. Pul oqimi tahlili ko‗rsatilgan biznes-reja. 2. Oxirgi hisobot davri uchun buxgalterlik balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlari va to‗lov muddati 60 kundan oshgan qarzlarni qiyoslash dalolatnomalari talqini. 3. Foyda va zararlar to‗g‗risidagi hisobot. 4. Aylanma mablag‗larning aylanishi hisob-kitobi. 5. Boshqa kreditlar, qarz mablag‗lari mavjudligi va boshqa banklarda saqlanadigan bo‗sh mablag‗larning mavjudligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma. 6. Kapitali bilan ishtirok etganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma. Kredit xodimi yoki kredit paketini o‗rganuvchi shaxs yuqorida qayd etilgan hujjatlarni olgach, uch kunlik muddatda quyidagilarni aniqlaydi: - subyektlarning kreditga va to‗lovga qobiliyati, uning reyting bahosini, shuningdek, kredit maqsadlarining ustav faoliyatiga muvo- fiqligi, kreditning turini aniqlaydi, bunda u majburiy tartibda likvidlilik, qoplash, muxtoriyat, qarz mablag‗larini jalb qilish, foyda va aylanma mablag‗lari aylanishi koeffitsiyentilarini o‗rganib chiqishi lozim. Kredit paketini tahlil qilishda nafaqat kredit bitimlarining turli soha- lariga, balki rahbarning shaxsiy sifatlariga ham baho beriladi. Taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o‗rganib chiqqach, bank xodimi kredit bitimini tuzish uchun xulosani rasmiylashtiradi. Bunda quyidagilar ko‗rsatiladi: - kreditning maqsadi, muddati va miqdori; - kredit qaytarilishining ta‘minlanishi; 362 kasb etadi. Kredit siyosatidagi har qanday cheklash to‗liq hujjatlashtirilishi, asoslanishi va istisnolar ko‗rsatilishi kerak. Xulosa qilib aytganda, tijorat bankining kredit siyosati bankning kreditlashni amalga oshirishdagi maqsadi va strategiyasini, kredit berish jarayonida bank xodimlarining vakolat darajasi va mas‘uliyatini, tijorat banki tomonidan beriladigan kreditlarning turlari va toifasi, bank krediti yo‗naltiriladigan iqtisodiyot sohalarini belgilab olish, kreditlash usullari, kreditlash ko‗rsatkichlari, kreditlarni qaytarib to‗lash shartlari va qoidalari, kreditning muddati, qarzdorlikni undirib olish bo‗yicha chora- tadbirlar, yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy hisobotlariga qo‗yiladigan talablar, mijozning kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗zida ifoda qiluvchi qarzdorlarning faoliyatiga oid moliyaviy axborotlar, garov ta‘minotiga va kredit monitoringiga qo‗yiladigan talablar, foiz stavkalari bo‗yicha bajariladigan operatsiyalar, ko‗zda tutilmagan holatlar, kredit portfelini audit qilish bo‗yicha talablar bank boshqaruvi va kengashiga taqdim qilinadigan hisobotlar bo‗yicha talablarni o‗zida ifodalash lozim. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling