Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
-§. Kredit monitoringi va uning amalga oshirilishi
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
9-§. Kredit monitoringi va uning amalga oshirilishi
Nazoratdan farqli kredit monitoringi kreditlar holatini doimiy ku- zatib borishini ko‗zda tutadi. Umuman, kreditlash operatsiyalari tijorat banklarining o‗z kredit siyosatlari asosida, Markaziy bankning kredit siyosatiga qo‗yilgan ta- lablaridan kelib chiqqan holda olib boriladi. Kredit monitoringi kredit siyosatining ajralmas tarkibiy qismi bo‗lib mijozlarga berilgan kredit- larning qaytarilishini, qolaversa, banklarning asosiy daromad manbalari- dan biri hamda eng riskli operatsiyasi bo‗lgan kreditlash bankning raqo- 386 batbardoshliligini, rentabelligini, qisqacha ifodalaganda, bankning ke- lajagini ta‘minlaydi. Kredit monitoringi berilgan kreditlarning qaytarilishi va uni ta‘minlash borasida qabul qilinadigan ishlovlar va chora-tadbirlar ti- zimidir. Kreditlar kredit qo‗mitasining qarori asosida, belgilangan me‘yoriy shartlar asosida, alohida ssuda hisob raqamini ochish va ushbu hisob raqamdan qarz oluvchining to‗lov topshiriqnomasi asosida moddiy tovar boyliklar uchun naqd pulsiz o‗tkazish yo‗li bilan qarz beriladi. Ti- jorat banklari tomonidan kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har tomonlama ko‗maklashishiga qaratilgan bo‗lishi lozim. Monitoring jarayonida kredit olgan mijozning xo‗jalik moliyaviy faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga muvofiq mahsulot yetkazib be- rish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‗qotishlar, muomala chiqimlari, foyda va daromad mutanosibligi, o‗z aylanma mablag‗lari mavjudligining dina- mikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari ahvoli, aylanma mablag‗larning aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kreditga layoqatliligi bo‗yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi va uning ko‗rsatkichlarini qarzdorning kredit paketiga tikib boradi. Bulardan tashqari bankka taqdim etilgan garovning holati va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanishi kredit shartnomasida kelishilgan shartlarga muvofiq garov obyekti faoliyat joyining o‗zida o‗rganiladi. Qurilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‗yicha bank monitoring jarayonida kreditlangan obyektda kredit shartnomasida qayd etilgan muddatlar va shartlar asosida bajarilgan ishlar hajmining nazorat o‗lchovini amalga oshiradi. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan muddatdan oldin undirib olish huquqiga ega. Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qay- tarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq mustaqil ravishda sudga murojaat etmasdan, garov predmetini tasarruf qilish huquqiga ega. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 22- fevralda tasdiqlangan, 432-sonli «O‗zbekiston Respublikasi banklarida 399 bajarilishi ustidan oldindan va keyingi nazorat qilish, kreditlash ja- rayonini takomillashtirish va boshqalar lozim bo‗ladi. Bozor iqtisodiyoti keng rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining kredit portfelini tashkil qilish va undan foydalanish jarayoniga katta e‘tibor beriladi. Chunki kredit portfelini to‗g‗ri tashkil qilish bankning samarali faoli- yatini amalga oshirishning, uning kredit investitsiya siyosatini olib bo- rishining asosi hisoblanadi. Sifatli va daromad keltiradigan qilib, mavjud resurslarni joylashtirish banklarning moliyaviy holatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Tijorat bankining kredit portfeli sifati to‗g‗risida quyidagi jadvaldan ko‗rishimiz mumkin. 51-jadval Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling